O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK” FAKULTETI
“OLIY MATEMATIKA, STATISTIKA VA EKANOMERTIKA” KAFEDRASI
EKANOMETRIKA FANIDAN
ORALIQ NAZORAT-1
TEKSHIRDI: O`TANOV BUNYOD
BAJARDI: JAMOLOVA TURSUNOY
TOSHKENT – 2020 YIL
10-BILET
1. Ekonometrika modellashtirish bosqichlari
2.Sanoat korxonalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan
1.y bilan x orasidagi bog‘lanishni tavsiflash uchun darajali funksiya parametrlarini hisoblang.
2. Modelning approksimatsiyaning o‘rtacha xatoligi - . Modelning ma’nodorligini Fisher Fkriteriyasi hamda parametrlarini Styudentning t-kriteriyasi yordamida baholang.
JAVOBLAR.
1.Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik. Iqtisodiy muammoning qo’yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini bog`lovchi asosiy bog`lanishlarni o’rganishni; ob’ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni formallashtirish, uni tayinli matematik boѓlanishlar va munosabatlar (funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko’rinishida ifodalash bosqichidir. Odatda avval matematik modelning asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so’ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o’zgaruvchilar va parametrlarning konkret ro’yxati, boѓlanishlar shakli) aniqlashtiriladi.
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu erda tadqiqotning sof matematik usullari qo’llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida echimning mavjudligi, yagonaligi, echimga qaysi o’zgaruvchilar (noma’lumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi munosabatlar, bu o’zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga boѓliq ravishda o’zgarishi, ularning o’zgarishining yo’nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar model tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchini saqlaydi.
Sonli echish. Bu bosqich masalani sonli echish uchun algoritmlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’tkazishni o’z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiy masalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlash zaruriyatidan kelib chiqadi. Sonli usullar bilan o’tkaziladigan tadqiqot analitik tadqiqot natijalarini jiddiy to’ldirishi mumkin, ko’pgina modellar uchun esa u amalga oshiriladigan birdan-bir tadqiqot bo’ladi. Sonli usullar bilan echish mumkin bo’lgan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqot qilish mumkin bo’lgan masalalar sinfidan ancha kengroq. Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Tsiklning bu yakunlovchi bosqichida modellashtirish natijalarining to’ѓriligi va to’laligi, ularning amalda qo’llanish darajasi haqida muammo ko’tariladi. Tekshirishning matematik usullari modellarning noto’ѓri tuzilishini aniqlashi va shu bilan to’g’ri bo’lishi mumkin bo’lgan modellar sinfini toraytiradi. Model vositasida olinadigan nazariy xulosalar va sonli natijalarning formal bo’lmagan tahlili, ularni mavjud bilimlar va haqiqatdagi faktlar bilan solishtirish iqtisodiy masala qo’yilishining, qurilgan matematik modelning, uni axborot bilan va matematik ta’minlashning kamchiliklarini payqashga imkon beradi.
2. Darajali funksiya: yx=a0+a1*x+a2*x2
Biz modelni ishchi jadval tuzishdan boshlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |