B B e^ en n e B KBairroByio T e o p m o B epojrraocT ew * (Toshkent, «Fan», 307 b.) monografiyasi yaratildi. O'zbekistonda «I Eht imolliklar nazariyasi va matematik statistika* maktabining yuzaga kelishida akademik Sa’di Hasanovich Sirojid-dinovning faoliyati bcqiyos hisoblanadi. S.H.Sirojiddinov 1920-yil 10 may kuni Qo'qon shahrida tug'ilgan. 1942-yilda O'rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Mir/.o Ulug bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti)ni a’lo baholar bilan bitirgandan so'ng, 1945-yilgacha harbiy injencr-sinoptik vazifasida ishlagan. 1947-yilda V.l.Romanovskiy rahbnrligida «MuoroMcpm.ie nojiHHOMH 3pMHTa» nomli kandidatlik disscrtatsiyasini himoya qilgan. Bu dissertatsiyada Ermit ko'phadlarining matemtik statistikadagi tad-biqlariga bogiiq masalalar yechilgan. 1948-yilda Toshkentda akademiklar A.A Kolmogorov, V.I.Romanovskiylarning tashab-
199
busi bilan ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika bo'yicha xalqaro anjuman o'tkazilgan. Bu anjuman paytida yosh olim S.H.Sirojiddinov mashhur matematik A.N.Kolmogorov diqqatiga sazovor ilmiy ma’ruza qilgan. Anjuman oxirida A.N.Kolmogorov unga doktorantura bo'yicha ilmiy rahbar bo'lishga rozilik bergan. Shunday qilib, S.H.Sirojiddinov 1949-1952 yillar davomida Mosk-vadagi matematika bo'yicha dunyoga mashhur ilmiy markaz — V.ASteklov nomidagi Matematika Institutida akademik A.N.Kol mogorov rahbarligida doktorant bo'lgan. 1953-yilda shu instituting Ilmiy Kengashida «npe,aeJibHbie TeopeMbijuia oujnoponHbix ueneii MapicoBa» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu himoyaning juda muvafaqqiyatli o'tganini mazkur dissertatsiya bo'yicha akademiklar Yu.V.Linnik, B.V.Gnedenko, M.V. Smimov-lar opponentiik vazifasini bajarganliklarida ham ko'rish mumkin. Haqiqatdan ham, bu dissertatsiyaning birinchi bo'lib bog'liqsiz tasodifiy miqdorlar uchun markaziy limit teoremasidagi qoldiq hadning nolga intilishi tartibi birjinsli Markov zanjirlari uchun ham bir xil bo'lishligi isbot etilgan. Bundan tashqari, oddiy Markov zanjirlari A. N. Kolmogorov tomonidan isbotlangan ko'p o'Ichovli lokal teoremaning qoldiq hadining asimptotik yoyilmasi topildi. Bu natijalami olish jarayon-ida S.H.Sirojiddinov stoxastik matritsalarning spektral nazariya sini kashf etdi va uni analitik metod-xarakteristik funksiyalar me-todi bilan moslashtirdi. 1953—1957-yillar davomida S.H.Sirojiddinov ustozi A.N.Kol-mogorovning tavsiyasi bilan Moskva Davlat Universitetida pro-fessorlik lavozimida ishladi. Bu davrda u tayyor sanoat mahsulot sifatini statistik usullar bilan nazorat qilish, diskret taqsimotlar-ning o'rta qiymatlari uchun «siljimaydigan» statistik baholar topish masalalari bilan shug'ullandi. Ayniqsa, uzluksiz (vaqt bo'yicha) Markov zanjirlari sxemasi bo'yicha bog'liq bo'lgan miqdorlar yig'indilarining taqsimotlari absolut uzluksiz komponentaga ega bo'lishi haqidagi S.H.Sirojiddinov tomonidan isbotlangan teore ma mutaxassislarda katta qiziqish uyg'otdi. (Bu teorema 1958-yil Edenburg shahrida bo'lib o'tgan matematiklaming xalqaro kon-gressida S.H.Sirojiddinovning ma’ruzasida keltirilgan). Moskva
200
Davlat Universitetida ishlagan paytlarida S.H.Sirojiddinov ehti molliklar nazariyasi va matematik statistika bo'yicha yosh mu-taxassislar tayyorlashga juda katta e’tibor bergan. O'zlarining il miy ishlari bilan shuhrat qozongan professorlar S.A.Ayvazyan, M.L.Meshalkinlar uning shogirdlari bo'lganlar. S.H.Sirojiddinovning Toshkcntga qaytib kelgandan keyingi il miy va jamoatchilik faoliyati O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika instituti, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Mir-zo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti) bilan bog'liqdir. Shaxsan uning tashabbusi bilan O'zbekistonda ehti mollik nazariyasi va matematik statistikaning eng zamonaviy yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari boshlandi. Bular qa-torida, birinchi navbatda, o'zaro bog'liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo'shish na/ariyasi, tasodifiy jarayonlar (xususan, tarmoqlanuv-chi jarayonlar, ommaviy xizmat ko'rsatish sxemalari, statsionar jarayonlaruing ekstremal masalalari), statistik baholaming asimpto tik xossalari kabi yo'nalishlami sanab o'tish kerak bo'ladi. Akademik S.H.Sirojiddinov O'zbekistonda ehtimolliklar naza riyasi va matematik statistika bo'yicha yetuk mutaxassislar tay-yorlash sohasida ham jonbozlik ko'rsatgan. Uning bevosita rah-barligida 60 tadan ko'p nomzodlik, 10 tadan ko'p doktorlik dis-sertatsiyalari himoya qilingan. Bulardan tashqari, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika bo'yicha mutaxassislarning Xalqaro Bernulli jamiyatining 1 kongressi Toshkentda (1986-y.) o'tkazilganligi va bu anjumanda S.H.Sirojiddinov tashkiliy qo'mita raisi bo'lganligi avlodlar tarixida o'chmas xotira bo'lib qoladi.