Ehtimoliy dushman Ommaviy qirg’in qurollaridan va yuazbq dan himoyalanish turlari va bo’linmalarning kimyoviy ta’minoti



Download 246,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi246,98 Kb.
#708353
1   2   3   4
1–uquv savoli: 
Ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish - dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik 
(biologik) qurollaridan zararlanish kuchini maksimal susaytirish, qo`shinning jangovorlik 
qobiliyatini saqlash va jangovor vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajarishni ta’minlashga qaratilgan 
maqsadli taktik va maxsus tadbirlar majmuasidan iborat. 
Ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish qo`shinlar jangovor faoliyatining turli ko`rinishlarida 
barcha darajadagi komandirlar tomonidan ommaviy qirg`in qurollari qo’llanilish yoki 
qo’llanilmasligidan qat’iy nazar tashkil etiladi.
Ko’p hollarda himoyalanish maqsadlarining muvaffakiyati dushmanning ommaviy qirg`in 
qurollarini o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish vositalariga bog’liq. 
Ommaviy qirg`in qurollaridan qo`shinlarni himoya etish tadbirlariga quyidagilar kiradi: 
- qo’shinni rayonlar bo`yicha joylashish navbatining muntazamliligi; 
-qo’shin egallab turgan rayonlardagi muxandislik inshootlari, ularning xolatlari; 
- manevrlar uchun yo’llar tayyorlash; 
- xududning himoyaviy va niqoblovchi xususiyatidan foydalanish; 
- qo’shinlarning ommaviy qirg`in qurollarini qo`llash xavfi va qo’llanilganligi, shuningdek, 
yadroviy nurlanish, radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik zararlanganlik, epidemiyaga qarshi 
sanitar-gigienik va maxsus profilaktik tadbirlar bilan o`z vaqtida xabardor etilganligi; 
- dushmanning ommaviy qirg`in qurollar qo`llashi okibatlarining aniqlanganligi; 
- yongin va suv toshqinidan zararlanish xududlaridagi harakatlarda shaxsiy tarkibning xavfsizligi
va himoyani ta’minlash; 
- dushmanning ommaviy qirg`in qurollar qo`llaganligi oqibatlarini bartaraf etish. 
Bo’linmalarni joylashtirish bajariladigan vazifalar, joyning himoya va maskirovka qilish 
xususiyatlari, hamda jangovor va boshqa texnikalarning himoyalanish xususiyatlarini hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi. Ular Bo’linmaning yo`qotishlarini maksimal kamaytirishi, 
boshqarishda, hamkorlik qilishda, jangovar tartibning saf tortishi va jang olib borishda 
qiyinchiliklar tug’dirmasligi kerak.


Egallanayotgan joy (tayanch punkti) ning holatini muxandislik jixatidan tayyorlash okoplar 
qazish, transheyalar barpo etish, xabarchi yo’llar, ochiq bir yo’ldan ikkinchisiga o`tish joylarini, 
blindaj va shaxsiy tarkib uchun himoyalanish boshpanasi, Harbiy va boshqa texnikalar uchun 
okoplar va yashirinish joylari tayyorlashdan iborat bo’ladi. 
Muxandislik inshootlarini yaratish tartibini vzvod (guruh) komandiri belgilaydi. Bu ishlar vzvod 
(guruh) ko’rsatilgan rayonga yetib kelishi bilan darxol boshlanishi kerak.
Joyning himoyalanish va yashirinish xususiyatlaridan foydalanish dushmanning OKK bilan 
shaxsiy tarkib, qurollar va jangovor texnikaga nishona urush faktorlari ta’sirini kamaytiradi. 
Vzvod (guruh) jangda, yurishda va joylashishda o’rmondan, jarliklar, yerning baland-pastliklari, 
gorlar va BMP (BTR) tanklarni yaratishda boshqa fortirikatsiya inshootlaridan yaxshi, moxirona 
foydalanishi zarba kuchi ta’sirini, tarqaluvchi radiatsiyani va radiatsion nurlanishni ancha 
kamaytiradi, shaxsiy tarkibni yorug’lik nurlanishidan va zaharlovchi suyuqlik tomchilaridan 
ishonchli saqlaydi. 
Ommaviy himoya vositalari bilan ta’minlashlarni esa – radioaktiv moddalar, parlar va zaharlovchi 
moddalar aerozollari va bakterial (biologik) vositalardan ham zararlanishdan saqlaydi. 
Dushman tomonidan OKK qo’llanilishi xavfi va qo’llanishi haqida xabar beruvchi signal olinishi 
bilan shaxsiy tarkib qo’yilgan vazifalarini bajarishni davom ettiradi va himoya vositalarini 
"tayyor" holatga keltiradi. Dushman yadro quroli zarbasini berganda shaxsiy tarkib bo`lganida 
quyidagi himoyalanish choralarini ko’radi: 
a
) Mashinalarda bo'lgan vaziyatda

- eshiklar, lyo`qlar, darchalarni yopadi; 
- OKK dan himoyalanish sistemasini ishga soladi. 
b) Ochiq mashinalar (BTR) da bo’lgan vaziyatda: 
- shaxsiy tarkib engashib olishi kerak. 
v) mashinadan tashqarida bo’lgan vaziyatda: 
- yaqin joydagi yashirinish joyini tezda egallab olishi, yoki portlash tomoniga qarama-qarshi 
tomonga boshini qilib yerga yotib olishi kerak. 
Zarba to’lqini o`tib bo’lgandan keyin shaxsiy tarkib vazifasini davom ettiradi. Radioaktiv
kimyoviy va bakteriologik (biologik) zararlanish haqidagi xabar signali tarqatilganda piyoda 
tartibda yoki ochiq mashinalarda harakat qiluvchi shaxsiy tarkib o`zining Harbiy vazifasini 
bajarishni to’xtatmagan holda individual himoya vositasini kiyib oladi, yopiq BTR da borganlar 
esa faqatgina respiratorlar (protivogazlar) ni kiyadilar. BMP va tanklarda, lyo`qlar, eshiklar, o`t 
ochish darchalari, jalyuzalarni yopadilar va OKK dan himoyalanish sistemalari (himoya 
inshootlarida – ommaviy himoya sistemasini) ishga soladilar. 
"Radiatsion hujum" signali bo`yicha shaxsiy tarkib respiratorlarini (protivogazlarni), "Kimyoviy 
hujum" signali bo`yicha – protivogazlarni kiyadilar. Shaxsiy himoya vositalari faqatgina katta 
komandir ruxsati bilangina kiyiladi. 
Harbiy yetkazish signallari shunday beriladi: 
- ovoz bilan; 
- telefon orqali; 
- radio orqali; 
- signal raketalari orqali
- bayroqchalar bilan; 
- fonar yordamida. 
Epidemiyalarga qarshi, sanitar-gigienik va maxsus profilaktik chora tadbirlarni o`tkazishga 
shaxsiy tarkibni joylashtirishda va ovqatlantirishda belgilangan gigienik talablarni bajarish, hamda 
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish va shaxsiy tibbiyot yordam vositalaridan o`z vaqtida 
foydalanish bilan erishiladi. Radioaktiv zararlangan joylarda ko`proq havoda piyoda tartibda yoki 
ochiq mashinalarda xavrakatlangan shaxsiy tarkib raspiratorlarni, himoya plashlari, paypoq va 
qo’lqoplarni kimyoviy va bakteriologik (biologik) zararlanish zonalarida – protivogazlar, himoya 
plashlari, paypoq va qo’lqoplarni kiyadilar. BTRlarda bo’lgan shaxsiy tarkib faqatgina respirator 


(protivogaz) kiyadi, BMP va tanklarda bo’lganlar esa – lyo`qlar, eshiklar, darcha va jalyuzalarni 
yopadilar va OKKdan himoyalanish sistemasini ishga soladilar. 
Radioaktiv zararlanish zonasida yog’ingarchilik ob-havosida piyoda tartibda harakatlanayotganlar 
faqatgina terini himoyalash vositalarinigina kiyadilar. Dushman OKK qo`llashi oqibatlarini 
bartaraf qilishda qutqaruv ishlari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, zararlanish zonasidan olib 
chiqib ketish ishlari olib boriladi. 
Vzvod (guruhni) kimyoviy himoya bilan ta’minlash quyidagilardan iborat: 
- radiatsion, kimyoviy va o`ziga xos bakteriologik (biologik) razvedka; 
- shaxsiy va ommaviy himoya vositalaridan o`z vaqtida va to’g’ri foydalanish; 
- dozimetrik va kimyoviy nazorat; 
- Bo’linmalar, qurollar, jangovor va boshqa texnikalarni maxsus zararlantirishdan o`tkazish; 
- tutun va aerozollar, hamda o`t oldiruvchi qurollardan foydalanish. 

Download 246,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish