5.
Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar.
Sodda gaplar bo'laklarga ajiralish ajiralmasliklarga ko'ra ikkiga bo'linadi.
1.Bo'laklarga ajiraladigan gaplar.
2.
Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar.
Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplarning barchasi bo'laklarga ajiraladigan
gaplardir. Masalan :
1.
Ish boshlandi.
2.
Mashg'ulot qiziqarli o'tdi.
3.
Darsdan so'ng oyimga yordamlashyapman.
Nutqimizda
sodda
gaplarning
yana
shunday
turi
xam
uchraydiki,ular ega va kesim sostaviga ajiralmaydi. Shuning uchun xam
bunday gaplar bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar deb yuritiladi.
Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar bir so'z bilan yoki bo'laklarga
ajiralmaydigan xamda boshqa so'zlar bilan kengaymaydigan so'z
birikmasi bilan ifodalanib,tasdiq,inkor,so'roq,xis-xayajon kabilarni ifoda
qiladi. Bular xamma vaqt kontekist bilan bog'liq bo'lib,o'zi ishtirok etgan
dialog va monologdagi mustaqil gaplar sostaviga kiradi.
Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar turli mazmunini ifoda qiladi. Ularning
xarakteri quydagilar:
1.
Tasdiq yoki inkorni ifodalaydi.
-Xa... - deb javob berdi Yo'lchi . (O)Dodxox (kulib)- bularni ozod
qiling demoqchisiz-da-a?
Muqumiy- shunday, janob dodxox.(S.Abd)
2.
Suroqni ifodalaydi. Bular so'roq intonasiyasiga ega bo'ladi. Bu vazifada
rosdanmi,naxotki, rostmi, shundaymi, bo'libdimi, rost bilan-a kabi so'zlar
keladi. Masalan:Salim(xovliqib)- rostdanmi?(U)- Rostmi? - dedi yelkasini
ushladi chol.(O)
3.
Rasm-odat va tabrikni ifodalaydi. Bunday vazifada salom,xayr, tasanno,
ofarin, qulluq,qoyil, raxmat, balli,xayr kabi so'zlar keladi. Masalan:
Ashurboy: Qulluq, salomat bo'ling.Barakalla, oppoq qizim. (O)
4.
Xis-xayajonni ifodalaydi. Bu vazifada emosional undovlar keladi.
Masalan: - Ux... badanim yonib borardi.(O) Voy- deb o'zimni yerga
tashladim.(O) Ox,ox,ox,otangizga raxmat,kamol toping do'stim.
5.
Buyruqni ifodalaydi. Bunday vazifada asosan, buyruq, xitob ifoda qiluvchi
so'zlar keladi. Misol: Muqimiy-Bas,janob dodxox (S. Abd), jim! - mushtini
ko'tardi Ermat.
6.
Undalma shaklida bo'lib,chaqirish, achinish, ta'na,gina, g'azab, kabilarni
ifodalaydi. Bunday gaplar voqativ gaplar deyiladi. Misollar: - San-sang
nima ?Ablax! (O)—Soxiba . - Oyijon, oyijonginam... (Tuyg'un)Gulnora !
deb qichqirdi. Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplar quydagi xususyatlar bilan
bir sostavli gaplardan ajiralib turadi.
1.Bir tarkibli gaplarning ko'pchiligi uchun fikriy to'liqlik, semantiq
mustaqillik xos. Bulaklarga ajiralmaydigan gaplar uchun bunday xususiyat
xos emas. Ularning mazmuni kontekst, situasiya bilan bog'liq bo'ladi.
2.
Bir sostavli gaplarning bo'lagi mustaqil so'zlar bilan ifodalanadi.
Bo'laklarga ajiralmaydigan gaplarning ko'pchiligi mustaqil bo'lmagan
so'z turkumlari (yuklama modal so'zlar, undov)bilan ifodalanadi.
3.
Bir sostavli gaplar ikkinchi darajali bo'laklar bilan kengayib kela oladi.
Bo'laklarga ajiralmaydigan esa bu xususyatga ega emas.
4.
Bir
tarkibli
gaplarning
ko'pchiligi
xabar
intonasiyasi
bilan
aytiladi.Bularda intonasiya yetakchi rol o'ynamaydi. Bo'laklarga
ajiralmaydigan gaplarda esa intonasiya yetakchi rol o'ynaydi.
5.
Bir tarkibli gap qo'shma gap kompanetlari bo'lib kela oladi. Bo'laklarga
ajiralmaydigan gaplar esa qo'shma gap kompaneti bo'lib kela olmaydi.
6.
Bir tarkibli gaplar asosan monolog nutq uchun xos bo'lsa, bo'laklarga
ajiralmaydigan gaplar esa dialog nutqga xosdir.
7.
To'liqsiz gaplarga uxshab ketishi bir sostavli gaplarga nisbatan
bo'laklarga ajiralmaydigan gaplarda kuchli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |