Darsning turi : yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: aqliy hujum, suhbat, savol-javob, ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi, ko‘rsatmail va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash:
Savol va topshiriqlar:
She`rni ifodali o`qing. 2. Siz Vataningizni qanday ta`riflaysiz?
Vatan deganda nimalar ko`z oldingizga keladi?
O`quvchilar chizgan rasmlar asosida sinf doskasida ko`rgazma tashkil etish.
O`quvchilar, hozirgi darsimiz nima?
-O`qish darsi, uqish darsi, erkin fikrlash darsi.
O`qish kitobimizning mualliflari kim?
- (darslik mualliflari keltiriladi)
Bizning shiorimiz nima?
-Ko`p o`qish kerak, o`qiganni uqish kerak.
O`qish darsida nimalarni o`rganamiz?
-Ifodali o`qishni, qayta hikoyalashni, hikoyalar tuzishni, she`rlarni yod olishni, mustaqil fikrlashni o`rganamiz.
O`tgan mavzuda qanday mavzuni o`tgan edik?
-O`quvchilar javoblari tinglanadi
-1-sentyabr qanday kun? Bu kun haqida qanday ma’lumotga egasiz?
- «Mustaqillik» so’zining ma’nosi nima?
-Mustaqillikka qachon erishdik?
Bu kunni hozir qanday nishonlaymiz?
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash: Savol va topshiriqlar:
III.Yangi mavzuning bayoni: Mavzu e’lon qilinadi. Hikoyani o’qituvchi ifodali o’qiydi o’quvchilarni diqqatini o’ziga jalb qilib hikoyani qiziqarli qismida o’qishni to’xtatadi. Hikoya qanday davom etishini o’quvchilar mustaqil o’qib so’zlab berishlari lozimligini tushuntiradi.
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili Xudoyberdi To‘xtaboev 1933 yilda Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida tug‘ildi. Uning bolalik va o‘smirlik yillari urush davriga to‘g‘ri keddi, ota-onadan erta yetim qoldi. Yozuvchi o‘rta maktabni tugatib, ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo‘limiga o‘qishga kiradi. Talabalik yillaridanoq badiiy ijodga qiziqadi.
Xudoyberdi To‘xtaboev oliy o‘quv yurtini tugatgach, «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston», «Gulxan», «Sharq yulduzi», «Yosh kuch» oynomalarida, «Kamalak» nashriyotida ishladi, «Oltin meros» respublika jamg‘armasiga rahbarlik qiddi.
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so`z aytish bahsini o`tkazmoqchi bo`libdi. O`sha kundan boshlab chiroyli so`z go`zal so`z degan gaplar odamlarning og`zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o`tkazilibdi….
Matn davomini o`quvchilar mustaqil o`qiydilar. Berilgan topshiriqqa o`z fuikrlarini bildiradilar.
Topshiriq; Podshohga nima uchun dehon yigitning so`zi yoqdi?
Taqdimot: Oquvchilar o`z fikrlarini bildiradilar. O`quvchilar javoblarini tinglash va atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo`lish kerakligini tushuntirish.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Musobaqa nima masadda tashkil etildi?
To`g`ri, chiroyli so`zni yoqimli qilib aytish deganda nimani tushunasiz?
Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo`lish uchun nima qilish kerak?
V. Baholash. O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. “O`zbekiston mening Vatanim” mavzusida rasm chizish.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _______________________
Do'stlaringiz bilan baham: |