Egamov ilyosning analizning xromatografik usullari fanidan yupqa qatlam xromatografiyasi mavzusi yuzasidan bajargan



Download 256,98 Kb.
bet1/5
Sana30.08.2021
Hajmi256,98 Kb.
#160011
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XROMATOGRAFIYA mustaqil ish 04564


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

1-KURS MAGISTIRI

EGAMOV ILYOSNING

ANALIZNING XROMATOGRAFIK USULLARI FANIDAN



YUPQA QATLAM XROMATOGRAFIYASI MAVZUSI YUZASIDAN BAJARGAN


MUSTAQIL ISHI


SAMARQAND-2021

Mavzu: Yupqa qatlam xromatografiyasi



REJA

  1. Kirish



  1. Asosiy qism

  1. Xromatografik usullar



  1. Yupqa qatlam xromatografiyasi xususiyatlari



  1. Yupqa qatlam xromatografiyasini sifat va miqdoriy analizda qo’llanilishi



  1. Xulosa



  1. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Ma'lumki, fan va texnika jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda

ko'plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu

bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo'limlarining taraqqiy etishi tufayli

uning differensiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar

orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.

Biror kimyoviy birikma sintez qilinayotganda reaksion aralashmada

reaksiyaga kirishmay qolgan moddalar, asosiy moddaga qo'shimcha moddalar

bo'ladi. Bundan tashqari reaksiya uchun olinayotgan har bir modda avval yaxshilab

tozalanishi zarur. Tabiiy manbalardan kerakli birik malarni ajratib olish davomida

ham ko'pincha aralashmalar hosil bo'ladi. Aralashmalardan alohida moddalarni

ajratib olish va tozalash mahsus usullar bilan amalga oshiriladi, ana shunday

tozalash usullaridan biri xromatografiya usulidir.

Moddalarni ajratish va analiz qilishning xromatografik usulini rus olimi

M.S.Svet asoslagan. M.S.Svet 1903-1904-yillarda o’simlik pigmentlarini ajratishda xromatografiyani qo’lladi. Keyinroq R.Kun, A.Vittershteyn va Ye.Dederer karotin xomashyosidan α- va β-karotinlarni kristall shaklida ajratib olib, usulning moddalarni preparativ (toza holda) ajratishda ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatishdi.

Xromatografiya -xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga

oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi

moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida-alohida bo'lib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob - detektor yordamida

uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, ya'ni egri chiziq holida yozib olinadi.

Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga

yuborilgandan to chiqgungacha bo'lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy turda bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz uchun esa

xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli)

balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan

holda o'lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda xromatografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy

va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Moddalarni xromatografik ajratish yoki tozalash aralashmadagi moddalarning adsorbent yuzasida turlicha adsorbilanishi va erituvchilardagi eruvchanligining har xilligiga

asoslangan.

Xromatografiya usullari ajratish mexanizmi bo’yicha adsorbsion, taqsimlanish, ion-almashinish, cho’ktirish va boshqa usullarga, ajratish texnikasi

Bo’yicha kolonkali, kapilyar va yuzaviy, fazalarning agregat holati bo’yicha gaz,

suyuqlik va gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo’linadi.

Xromatografik tahlil - aralashmadagi moddalarni qattiq yoki suyuq

adsorbеntga (shimuvchi modda) tanlab shimilishiga - adsorbtsiyalanishiga

asoslangan. Moddani adsorbеntga shimilish darajasi shimiluvchi-sorbatni shimib oluvchi adsorbеntga bo`lgan moyilligiga bog’liq.

Xromatografiya – komponentlarning qo‘zg‘almas faza qavatidan harakatdagi faza oqimi orqali o‘tganda taqsimlanishi hisobiga amalga oshadigan ajralishga asoslangan moddalar va ular aralashmalarining analiz va tadqiq etishning fizika-kimyoviy usulidir

Umuman olganda barcha fanlar kabi xromatografiya ham o‘zining ma’lum

tarixiga ega. Xromatografiya tarixining xronologiyasi:

1938 yilda. N.A. Izmaylov va M.S.Shrayberlar (Harkov kimyofarmatsevtika instituti) tomonidan yupqa qavat xromatografiyasining yaratilishi xromatografiyaning rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. 1940 yilda Martin va

Singlar tomonidan suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasining ochilishi xromatografiyaning rivojlanishida muhim o‘rinni egalladi. Ular o‘z ishlarida

aminokislotalarning atsetilli hosilalarini suv bilan to‘yintirilgan silikagel bilan

to‘ldirilgan kolonkada erituvchi sifatida xloroformdan foydalanib, ajratishgan. Ular

harakatdagi faza sifatida nafaqat suyuqlikdan, balki gazdan ham foydalanish

mumkinligini qayd etishgan. Keyinchalik ular aminokislotalar hosilalarini suv

bilan namlangan qog‘ozda harakatdagi faza sifatida butanoldan foydalanib,

ajratishni amalga oshirishni taklif etishgan va birinchi bo‘lib ikki o‘lchamli

ajratishni amalga oshirishgan. 1952 yilda Martin va Singlar taqsimlanish

xromatografiyasini ochganliklari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishdi.


Download 256,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish