Egamberdiyev oybekning xorazm viloyatida ichki turizm bozorini rivojlantirish imkoniyatlari



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/40
Sana02.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#479298
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
xorazm viloyatida ichki turizm bozorini rivojlantirish imkoniyatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 


86 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Ma„lumki, turizm dunyo mamlakatlarida milliy iqtisodiyotga salmoqli 
daromad keltiruvchi sohalardan biri hisoblanadi. Butunjahon Sayyohlik 
tashkilotining ma„lumotlariga ko‟ra mazkur soha daromadi yiliga 1,5 trillion 
AQSH dollarini tashkil etadi. 
Keyingi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin 
o‟zgarmoqda. Ular turizmda milliy iqtisodiyotning inqirozdan chiqishi, bozor 
hududini shakllantirish, davlat byudjetiga katta mablag‟lar tushishining amaliy 
usuli, bo‟sh vaqtdan oqilona foydalanish, dam olish vaqtini mazmunli o‟tkazish 
shakli va xalqni mamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usulini 
ko‟rmoqdalar. Xorijiy mutaxassislar respublikamizning uning nodir tabiiy 
resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistik jihatdan istiqboli porloq 
malakatlar jumlasiga kiritadilar. 
Shu boisdan ham, turizm o‟zida jahon iqtisodiyotining murakkab va 
majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu iqtisodiyot tarmoqlariga sezilarli ta„sir 
o‟tkazadi. Chunki, turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. 
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush 
farovonligi qo‟llab-quvvatlanib turiladi. 
Xorazm viloyatida turizm hamda turistik xizmatlarning tobora rivojlanib 
borishi natijasida so‟nggi yillarda uning noan„anaviy turlari - ekoturizm, 
agroturizm, arxeologik, etnografik, diniy turizm, ekstremal sharoitlar turizmi va 
boshqalar shakllana boshladiki, bugungi kunda mazkur yo‟nalishlar mutaxassislar 
tomonidan tez taraqqiy qilayotgan sohalar sifatida baholanmoqda. Ayniqsa, bugun 
ko‟pchilikning diqqat-e„tiborida bo‟layotgan va turizmning eng istiqbolli turlaridan 
biri ekoturizm jadal rivojlanmoqda. 
Shuningdek, turizm yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatimiz 
byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Hamda ushbu sohada ko‟pchilik turistik 
xizmatlar ko‟rsatish bilan bog‟liq jismoniy va yuridik shaxslarga yordam korsatadi. 
Turizm faqat eng yirik va iqtisodiyotning eng dinamik holatda rivojlanayotgan 


87 
sektorlaridan biridir. Uning tez sur„atlarda o‟sishi bilan yuz yillikning 
iqtisodiyfenomeni sifatida tan olingan. 
Darhaqiqat, viloyatda turistik xizmatlarga o‟sib borayotgan talab, eng avvalo 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi. Bularning jumlasiga transport 
taraqqiyotidagi o‟sish va uning arzonlashishi, valyuta cheklovlarining 
kamaytirilishi yoki bekor qilinishi va viza rejimining liberallashtirilishi kabilarni 
kiritish mumkin. 
Bu borada birinchi Prezidentimizning ―2013-2015 yillarda Xorazm 
viloyatida turizmni rivojlantirish dasturi to‟g‟risida‖gi qarori vohaning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan ushbu qaror ijrosi yuzasidan qabul qilingan dastur bo‟yicha viloyatda 
keng ko‟lamli ishlar olib borilmoqda. Sayyohlikni jahon talablari darajasiga to‟liq 
olib chiqilishini ta„minlay oladigan mazkur chora-tadbirlar xalqaro turizm bozorida 
mamlakat salohiyatini namoyish etishdan tortib, malakali mutaxassislar 
tayyorlashgacha bo‟lgan keng ko‟lamli vazifalarni qamrab olgan. 
Ana 
shulardan 
kelib 
chiqib, 
Xorazm 
viloyati 
turizm 
sohasini 
rivojlantirishning 
mintaqaviy 
xususiyatlarini 
yoritishda 
turizm 
sohasini 
rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslariga to‟xtalib o‟tish joiz. Ishda ushbu 
jihatlarni o‟rganish turizm tushunchasi va uning mohiyati, turizm turlari va uning 
asosiy xususiyatlari hamda turizm sohasini rivojlantirishda turistik tashkilotlarning 
o‟rnini ochib berish kabilar orqali amalga oshirildi. 
Shuningdek, Xorazm viloyati turizmini rivojlantirishning yo‟nalishlari va 
xususiyatlari o‟z navbatida Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning 
hozirgi holati tahlili, turizmini rivojlantirishda infratuzilma tarmoqlarining tutgan 
o‟rni hamda turizmni rivojlantirish yo‟nalishlari va istiqbollariga ajratilib tadqiq 
qilindi. 
Biroq, Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hozirgi holati 
tahlili turizm bilan bog‟liq o‟zgarishlar va rivojlanish jarayonlarini ko‟rsatadi. Shu 
boisdan ham, bugungi kunda Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish bilan 
bog‟liq bo‟lgan masalalarga katta e„tibor berilib, uning turistik salohiyatidan 


88 
samarali foydalanish yo‟llari shakllanmoqda. Buni yanada takomillashtirish 
maqsadida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining bir qancha 
farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta„minlashga bag‟ishlangan 
qarorlari qabul qilindi. 
Xususan, O‟zbekiston Respublikasida turizm sohasini o‟rta muddatli 
istiqbolda rivojlantirishni konsepsiyasini amalga oshirish bo‟yicha Xorazm 
viloyatining 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab 
chiqilib, ushbu dasturning tarkibi va maqsadi manfatdor vazirlik va idora 
tashkilotlar bilan kelishish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‟mitasiga taqdim 
qilindi. 
Umuman olganda, Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishda 
infratuzilma tarmoqlari ham alohida o‟rinni egallaydi hamda bu turistik 
mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi umumiy shartlarining birlashgan majmuasi 
hisoblanadi. Natijada, ushbu o‟zgarishlar mintaqada turizmni rivojlantirish 
yo‟nalishlarini belgilash va istiqbollarini aniqlashga olib keladi. 
Yuqoridagilardan kеlib chiqib, Xorazm viloyatida turizm sohasini 
rivojlantirishni takomillashtirish maqsadida quyidagi yo„nalishlardagi takliflarni 
amaliyotga joriy qilish lozim: 
- viloyatdagi turistik ob'еktlarni aniqlash, ulardan samarali foydalanishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 
- turizm infratuzilmasiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ijobiy 
ta'sirini izlab topish; 
- turistik tashkilotlar o„rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni uyg„unlashtirib 
borish va yanada yaxshilash; 
- turistik biznеsni barqaror rivojlantirish. 


89 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish