Eftaliylar davlati va turk xoqonligi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.12.2019
Hajmi0,71 Mb.
#28540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5274140154959758511


 

Bu  davr  madaniy  hayotida  ham  bir  qator  o‟zgarishlar  yuz  berdi. 

Shu  davrga  oid  Varaxsha  shahri  obidalari,  Termiz  yaqinidagi 

Bolaliktepadan  topilgan  saroy,  uning  devorlariga  ishlangan  betakror 

tasvirlar,  o‟ymakorlik  va  ganjkorlik  namunalari  –  ajdodlarimiz  yuksak 

badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. Bu davrning moddiy madaniyatiga 

oid  yodgorlik  sifatida Xorazmdagi  Tuproqqal‟ani  misol  qilish  mumkin. 

Uning tuzilishi to‟g‟ri burchakli bo‟lib, gumbazsimon yo‟lakli va burjli 

mudofaa devori bilan o‟ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan 

ibodatxona  tomon  asosiy  ko‟cha  o‟tgan.  Ko‟ndalang  tushgan  ko‟chalar 

shaharni  10  ta  mavzega  bo‟lgan.  Tuproqqal‟aning  shimoliy-g‟arbiy 

qismida  maxsus  ko‟tarma  supa  ustiga  xom  g‟ishtdan  saroy  qurilgan. 

Unga  yonma-yon  ark  binosi  joylashgan.  Bundan  tashqari  100  ga  yaqin 


 

21 


turarjoy,  xo‟jalik  binolari va  8  ta  saroy  zali  mavjud bo‟lgan.  Qal‟aning 

janubiy-sharqiy  burchagidagi  4  ta  xonada  teri  va  yog‟ochga  yozilgan 

qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq xujjatlar topildi.  

 

Eftaliylar davrida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. 

Pul muomalasi 

 

Ilk  o‟rta  asrlardayoq  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotda  muhim  o‟zga-

rishlar  yuz  berdi.  Vohalarda  yirik  sug‟orish  inshootlari  barpo  etilib, 

yangi  yerlar  o‟zlashtirish  ishlari  kengayib  bordi.  Yangi  yerlarni 

o‟zlashtirish  ishlariga  urug‟  boshliqlari,  qishloq  oqsoqollari  boshchilik 

qiladi.  Shu  bois  ular  o‟zlashtirilgan  yerlarni  katta  qismini,  sug‟orish 

inshootlari  yonidagi  yerlarni  egallaydilar.  Shu  tariqa katta  yer  egaligiga 

asoslangan  mulkdorlar  tabaqasi  shakllanadi,  ular  bora-bora  ziroatkor 

aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. O‟sha zamonda ular dehqon-

lar  deb  atalgan.  Dehqonlarning  shaharlarda  hashamatli  uylari,  qishloq-

larda  esa  qo‟rg‟onlari  bo‟lib,  xizmatkor-cho‟rilarga,  qo‟riqlovchi 

choparlarga ega bo‟lgan. V asrlarda obikor yerlarning asosiy qismi hali 

qishloq jamoalarining qaramog‟ida edi. Qishloq jamoalarida yashab, yer 

va  suvdan  iborat  umumiy  mulkda  o‟ziga  tegishli  yerlari  bo‟lgan  erkin 

ziroatchilar  kashovarzlar  deyilar  edi.  Ularning  bir  qismi  o‟ziga  tegishli 

yerlaridan  mahrum  bo‟lib,  bora-bora  kadivarlarga  aylanib  borganlar. 

Kadivarlar  dehqonlar  yerini  ijaraga  olib  ishlashga  majbur  bo‟ladi  va 

dehqonlarga  qaram  tabaqaga  aylanadilar.  Shu  tariqa,  qishloq  ahli  uch 

tabaqaga bo‟linadi. 

Eftaliylar  davlatiga  birlashgan  aholining  etnik  tarkibi  xilma-xil 

bo‟lgan.Ularning  ijtimoiy  iqtisodiy  hayoti  esa  bir-biridan  tubdan  farq 

qilgan.  Eftaliylar  kelib  chiqishiga  ko‟ra  ko‟chmanchi  qabilalarga 

mansubligi  tufayli  chorvachilik  bilan  shug‟ullanib,  yaylovlarda  kigiz 

o‟tovlarda  yashaganlar.  Ular  zabt  etgan  yerlarida  obod  dehqonchilik 

vohalariga  hamda  savdosi  rivojlangan  shaharlarga  ega  bo‟ldilar.  Yillar 

o‟tishi  bilan  ular  mahalliy  aholi  bilan  qorishib  ketadilar.  Tohariston  va 

So‟g‟d rivojlangan dehqonchilik va bog‟dorchilik markazi hisoblanardi. 

Qashqadaryo  va  Zarafshon  vohalarida  g‟alladan  tashqari  sholi  ham 

yetishtirilar  edi.  Xitoy  manbalarida  qayd  etilishicha,  V-VI  asrlarda 

Sharqiy  Turkiston  va  O‟rta  Osiyo  yerlarida  paxta  ekilar  edi.  Uning 

tolasidan  oppoq  va  nihoyatda  mayin  mato  to‟qilgan.  Xitoy  bozorlarida 

bunday matoga talab katta bo‟lgan. Chunki o‟sha davrlarda Xitoyda hali 

paxta  ekilmas  edi.  Aholining  dashtlarda  yashovchi  yarim  ko‟chmanchi 


 

22 


qismi esa chorvachilik, hususan mayda va yirik shohli hayvonlar boqish, 

tuyachilik,  tog‟li  va  tog‟  oldi  mintaqalarida  esa  yilqichilik  bilan 

shug‟ullanganlar. Farg‟ona vodiysi hamon o‟zining zotdor arg‟umoqlari 

bilan mashhur bo‟lganlar. 

Ziroatkor  yerlarning  kattagina  qismi  hali  ham  qishloq  jamoalari 

tasarrufida  bo‟lsa-da,  ammo  mamlakatdagi  yer  maydonlarining  ma‟lum 

bir  qismi  dehqonlar  qo‟lida  to‟plana  borgan.  Buning  natijasida  qishloq 

jamoasining  kashovarz  (erkin  qo‟shchi)lari  ma‟lum  darajada  dehqonlar 

asoratiga  tushib  ularga  qaram  kadivarlarga  aylana  borgan.  Yirik 

mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari 

huquqining  poymol  etilishi,  ularning  ayovsiz  ekspluatatsiya  qilinishi 

pirovardida  ijtimoiy  adolat  va  haqqoniyat  yo‟lidagi  xalq  harakatlari, 

g‟alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo‟ldi. VI asr birinchi choragida 

Eronda  boshlanib,  O‟rta  Osiyo  hududida  ham  keng  tarqalgan  Mazdak 



qo’zg’oloni  buning  yaqqol  namunasidir.  Mazdakchilar  “Z”  harfi  bilan 

boshlanadigan 4 narsaning aholi o‟rtasida teng baham ko‟rilishini yoqlab 

chiqqandilar.  Zamin  (yer),  Zar  (oltin),  Zo’rlik  (kuch,  hokimiyat)  va 

Zan (xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g‟oyalardan shini anglash 

mumkinki,  ular  ijtimoiy  adolat  tushunchasini  birinchi  o‟ringa  qo‟yib, 

bunda  yer-mulk,  boyliklarni  aholi  o‟rtasida  barobar  taqsimlashni  talab 

qilganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning dahlsizligi va 

qonuniy  huquqlarini  himoya  qilinishini,  ayollar  tengligini  yoqlaganlar. 

Biroq  o‟sha  davrda,  sinfiy  tabaqalanish  tobora  kuchayib,  mulkiy 

tengsizlik  avj  olayotgan  bir  paytda  mazdakchilik  g‟oyalarining  tantana 

qilishi yohud hayiotga tadbiq qilinishi mumkin emas edi. Shu bois ham, 

Mazdak  qo‟zg‟oloni  tez  orada  hukmron  tuzum  kuchlari  tomonidan 

bostirildi. Mazdak va uning ko‟plab tarafdorlari qo‟lga olinib qatl etildi. 

Shunga  qaramay  Eron  va  Turon  aholisining  keng  qatlamlari  orasida 

Mazdak  g‟oyalari  saqlanib,  ularning  haq,  adolat  yo‟lidagi  kurashlariga 

xizmat qildi. 

 


 

23 


 

Ijtimoiy 

– 

iqtisodiy 

hayotdagi 

o’zgarishlar 

 

 Eng  asosiy  o‟zgarish  –  yerga  egalik  qilish 



munosabatlarining vujudga kelishi 

 Yirik  mulkdorlar  –  dehqon  xo‟jaliklari  salmog‟ining 

kuchayishi 

 Ularga  qaram  ijarador  –  kadivarlar  tabaqasining  ortib 

borishi 

 O‟ziga  tegishli  yerlarda  erkin  xo‟jalik  yurituvchi 

kashovarzlar tabaqasining mavjudligi 

 

Eftaliylar  davriga  kelib  Buyuk  ipak  yo’li  ustidan  ularning 



nazorati  o‟rnatilgach,  xalqaro  savdoda  faol  ishtirok  eta  boshlaydilar. 

Ayniqsa  ularga  tobe  bo‟lgan  so‟g‟d  savdogarlari  Xitoy  va  Vizantiya 

o‟rtasidagi savdoda vositachilik qilganlar. Qadimda Xitoy, Hindiston va 

Baqtriya  bilan  So‟g‟d  orasida  to‟g‟lar  orqali  so‟qmoqlar  o‟tkazilib, 

daralar ustidan yengil osma ko‟priklar tashlangan. Shunday so‟qmoqlar 

o‟tgan  Qorququmda  bir  necha  o‟n  ming  tog‟  tasvirlari  va  17  tilda  1,5 

mingdan  ortiq  yozuvlar  topilib,  ularning  salmoqli  qismini  so‟g‟d 

yozuvlari  va  tasvirlari  tashkil  etadi.  So‟g‟dliklarning  ismlari  orasida 

“Anaxit  izdoshi”,  “oy  ilohasi  xodimi”  yozuvlari  uchrab,  yonida 

Samarqand  tangalaridagi  ramzlarni  takrorlovchi  ramz  va  tamg‟alar 

chizilgan. Shunga ko‟ra olimlar quyidagicha xulosa qiladilar: eramizning 

boshidanoq  so‟g‟dliklar  bu  yerda  savdo  rabotlarini  barpo  etganlar.  Shu 

bilan birga so‟g‟dliklar bu so‟qmoqlar orqali nafaqat mahsulotlar, balki 

madaniy  va  diniy  dunyoqarashlarini  ham  tarqatganlar.  Chilas  ko‟prigi 

yonidagi  tog‟dagi  rasmlardan  birida  bayramona  kiyingan  so‟g‟dlikning 

tasviri Afrosiyob va Panjikent devor tasvirlariga o‟xshab, qo‟lida ushlab 

turgan  isiriqdon  ustida  afsonaviy  qanotli  mavjudot  parvoz  etmoqda, 

yonida  esa  buddaviylik  stupasi  turibdi.  Shuningdek,  rasmlardaV-VI 

asrlarga  mansub  So‟g‟d  matolari,  muhrlari  va  tangalaridan  yaxshi 

ma‟lum  bo‟lgan  ot,  tasmalar  bilan  o‟ralgan  qanotli  echkilar,  hamla 

qilayotgan sherlar ifodalangan. So‟g‟dlar eftalitlar imperiyasiga kumush 

kirimining  ko‟payishidan  foydalanib,  Choch  va  Semirechyega 

savdogarlar  yubo-radilar  va  yangi  koloniyalar  tashkil  etadilar. 

So‟g‟dning  Semirechye  va  Sintszyan  sari  yo‟naltirilgan  kolonizatsiyasi 

III  asrda  boshlanib,  mazkur  harakat  VI-VIII  asrlarda  avjiga  chiqadi. 

Natijada,  Buyuk  ipak  yo‟li  rivojlanib,  so‟g‟dliklar  Xitoyga  kirib 



 

24 


keladilar. Ular ipak yo‟lining ham janubiy, ham shimoliy tarmoqlaridan 

foydalanib  u  yerlarda  deyarli  hamma  katta  vohalarni  egallab  yuqori 

darajada rivojlangan tizimli jamoa barpo etishadi.Uning tarkibiga o‟sha 

paytda mavjud bo‟lgan barcha hunar egalari, kohinlar, rohiblar, askarlar 

va  boshqalar  kirgan.  Natijada,  so‟g‟dliklar  o‟z  yurtlaridan  1500  km 

uzoqlikda  bo‟lgan  Shimoliy  Xitoyda  ham  savdo  sohasida  yakka 

hukmronga aylanadilar va o‟z ta‟sirlarini hatto Tibetga ham tarqatadilar. 

Albatta,  bunday  keng  qamrovli  kolonizatsiya  o‟lkamiz  madaniyati  va 

diniy e‟tiqodlarini ham o‟zga xalqlarga singdirmasdan iloji yo‟q edi.  

Fransuz  olimlarining  fikricha,  bunday  muvaffaqiyatga  turkiy-

so‟g‟diy muhit asos yaratadi. Yozma manbalar asosida Buyuk ipak yo‟li 

rivojining  cho‟qqisiga  turkiy-so‟g‟diy  madaniyat  namoyondalari 

vositasida  erishiladi.  Qurama  oilalar  ilk  So‟g‟d  koloniyalari  Semi-

rechyega  chiqishi  va  turkiy  xoqonlik  o‟rnatilishidan  oldinroq  vujudga 

keladi  va  Ipak  yo‟lining  avji  turkiy  va  o‟zga  qabilalar  quramasi 

rivojining mahsuli sifatida yuzaga keladi

.

 

Eftaliylar  davlatining  Xitoyning  Vey  imperiyasi  bilan  elchilik 



aloqalari  o‟rnatilgani  manbalardan  ma‟lum.  Sung  Yun  va  Xuey  Sheng 

bir necha rohiblar hamrohligida Ida (eftaliylar) davlatining xoni qabulida 

bo‟lib,  unga  o‟zlari  bilan  olib  kelgan  yorliqni  topshirganlar.  Shundan 

so‟ng Ida davlati bilan Vey davlati o‟rtasida rasmiy aloqalar o‟rnatilgan. 

Umuman  olganda  so‟g‟d  tili  o‟sha  paytdagi  savdo  yo‟llarida 

xalaqaro muomala tili bo‟lgan. Vizantiya, Suriya va Xitoy manbalarida 

savdodagi  muhim  ashyo  bu  –  ipak,  shisha,  shirinliklar,  qimmatbaho 

toshlar hamda bo‟yoqlar bo‟lgan. 

Yaylovlarning  asosiy  qismi  esa  qabila  va  urug‟  jamoalari  hamda 

ularning  oqsoqollari  –  xvabulari  tasarrufida  edi.  Hozirgi  vaqtda  ham 

Toshkent  vohasi  va  Janubiy  Qozog‟iston  yerlarining  bir  qismini  suv 

bilan ta‟minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy 

tumanlarining asosiy suv manbai Darg’om kanali V asrda barpo etilgan 

eng  yirik  sug‟orish  tarmoqlaridan  hisoblanadi.  Bu  davrda  tog‟  oldi 

mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chiqarib obod etishda o‟q va 

o‟z  davri  uchun  ancha-muncha  murakkab  bo‟lgan  suv  inshootlari-

charxpalak, chig‟ir va boshqalardan foydalaniladi. 

Yangitdan  o‟zlashtirilgan  yerlarda  mulkdor  dehqonlarning  yirik 

qo‟rg‟onlari  hashamatli  qasrlari,  mehnatkash  qo‟shchilarning  ko‟plab 

qishloqlari  mayda  turar  joylari  qad  ko‟taradi.  Huddi  shu  davrda 

Chag‟oniyon  (Surxondaryo),  Samarqand,  Buxoro,  Kesh  (Shaxrisabz), 


 

25 


Naxshab(Qarshi)  va  Toshkent  atroflari  to‟la  o‟zlashtirilib,  alohida-

alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi.  

Bu  davrda  yangi  tipdagi  ko‟rkam  va  gavjum  shahar  –  qal‟a 

ko‟rinishidagi  aholi  manzilgohlari  vujudga  keladi.  Xorazmdagi  Berkut-

qal‟a,  Toshkentdagi  oqtepa  mavzelari  shular  jumlasidandir.  Bir  necha 

oilalardan  tashkil  topgan  mazkur  manzilgohlar  qo‟rg‟onlar,  qalin  paxsa 

devorlar  bilan  o‟ralgan.  Ularda  hukmron  tabaqa  kishilariga  xos 

hashamatli,  bezak  ark-qasrlar,  ko‟p  xonali  binolar  bilan  birga  oddiy 

fuqarolarga mos qilib qurilgan sodda ko‟rinishdagi turar joylar ham o‟rin 

olgan.  Eftaliylar  poytaxti  Poykand  o‟z  davrining  eng  ko‟rkam,  obod 

shaharlaridan sanalgan. Bu yerda hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish 

ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk Ipak yo‟lida joylashganligidan, 

unda  turli  mamlakatlarning  savdo  karvonlarni  xilma-xil  mollari  bilan 

kelib  savdo  qilganlar.  Buning  uchun  shaharda  ko‟plab  bozoru  rastalar, 

karvonsaroylar mavjud bo‟lgan.  

Eftaliylar  davlati iqtisodiy  hayotida  pul  muomalasi  alohida  o‟rin 

tutadi.  Mamlakatning  savdo-sotiq  ishlarida  Eronning  tanga  pullari  bilan 

bir  qatorda  buxorxudotlar  tangasi,  So‟g‟diy  va  Xorazm  tangalari  keng 

muomalada yurgan. Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan har bir hudud o‟z 

tangalarini zarb etgan. Bu holat esa eftaliylar davlatining siyosiy jihatdan 

tarqoqligini ko‟rsatadi.  

Mutaxassislar tomonidan eftaliylar davriga oid tangalarning tadqiq 

etilishi  shuni  ko‟rsatadiki,  tangalar  asosan  Eronda  eftaliylarga  o‟lpon 

to‟lash  maqsadida  zarb  etilgan  va  ularga  eftaliycha  yozuvlar  bosilgan. 

O‟rta  Osiyo  ikki  daryo  oralig‟idagi  yodgorliklardan  topilgan  qimmati 

past bo‟lgan bu tangalar eftaliylar davrida keng muomalada bo‟lganligini 

ko‟rsatadi.  Bu  tangalarning  aversida  (old  tomoni),  toj  kiygan  shohning 

boshi, reversida (orqa tomoni) esa otashdon hamda uning ikki tomonida 

esa uni qo‟riqlovchi kohinlar tasvirlangan.Tanganing  diametri – 30 mm

og‟irligi esa 2,81 g

Eftaliylar  davriga  oid  bo‟lgan  Xorazmning  Qora  tepa  yodgorli-

gidan  topilgan  tangadagi  tasvir  mutaxassislarda  juda  katta  qiziqish 

uyg‟otgan.  Tanganing  old  qismidagi  uch  to‟pbargning  yurakcha  tasviri 

ichida  joylashtirib  tasvirlanishi,  hamda  shoh  tasviridagi  ba‟zi  bir 

elementlar,  ya‟ni  boshining  shaklan  buzilgan  holda  tasvirlanishi 

eftaliylarning  kelib  chiqishi  mahalliy  aholiga  tegishli  ekanligi  yoki, 

ularning Xorazm bilan aloqasi bo‟lganligini ko‟rsatadi. 


 

26 


Eftaliylarning  Chog’aniyonda  zarb  etilgan  tangalaridagi  baqtriy-

cha  yozuv  “xono”,  “xiono”,  va  “alxon”  E.V.  Rtveladzening  fikricha 

eftaliylarning  o‟zlarining  nomidir.  Eftaliylar  qo‟l  ostidagi  hududlar 

uchun  yagona  pul  namunasi  bo‟lmaganligi  sababli  ular  turlicha  zarb 

etilgan.  Jumladan,  bu  davrda  So’g’dda  tangalar  xitoycha  usulda  – 

yumaloq  o‟rtasida  esa  kvadrat  shaklida  teshik  bilan  zarb  etilgan. 



Buxoroda  esa  sosoniy  podsho  Varaxran  V  tangalariga  taqlidan, 

Chog‟aniyonda  esa  Pero‟z  tangalari  kabi,  ba‟zida  Vizantiya  tangalari 

kabi  shoh  va  malikaning  bosh  qismi  tasvirlangan.  Buxoroda  yana  mis 

tangalar ham uchrab uning bir tomonida zardushtiylikdagi urush xudosi 

Veretragnaning  zoomorfik  tasviri  bo‟lgan  ikki  o‟rkachli  tuya  tasviri 

mavjud. Shu bilan birga Buxoro vohasida bu davrda muomalada yurgan 

va  “Turon”  seriyasi  nomi  bilan  tanilgantangalarda  otashgoh  tasviri 

yonida  “kavi”  so‟zi  yozilgan.  Bu  davrga  mansub  Buxorxudotlarning 

tangalatida mavjud “pwe‟r xwb k‟w” yozuvini, odatda olimlar  “Buxoro 

hukmroni-shoh”,  deb  tarjima  qiladilar.  Bu  yozuvda  “k‟w”  –  shoh, 

degani.  E.V.  Rtveladze  xulosasiga  binoan,  “kavi”  unvoni  –  mahalliy, 

O‟rta  Osiyo  zaminida  vujudga  kelib,  ayrim  mintaqalarda  salkam  bir 

yarim ming yil davomida xalq orasida muomalada bo‟lgan. 

O‟lkamiz  afsonalarida  qahramonlik  ko‟rsatgan  ajdodlarimiz  shoh 

deb  nomlanib,  Shahristoniy  ma‟lumotlariga  binoan  Samarqand 

qurilishini  Kovus  o‟g‟li  Siyovush  nihoyasioga  yetkazgan.  Uning  o‟g‟li 

Kayxusrav  samarqandda  tug‟ilib,  o‟sha  yerda  Varaxran  sha‟niga  atab 

Olov  uyi  bunyod  etgan.  Samarqandning  VI-VIII  asrlarga  mansub  sopol 

haykalchalari va buyumlarida ilohlardan keyin tojdor shohlarning tasviri 

ikkinchi o‟rinda turadi. Tojida qush qanotlari va boshi tepasida sayyora 

ramzi ifodalangan.  

Shu  davrga  oid  eftaliy-turk  hukmdorlaridan  Badgis  Nizak 

Tarxonning  tangalari  ham  ma‟lum.  Eftaliy  hukmdorlar  Toraman  va 

Mihirakullar  esa  asosan  kumush  va  mis  tangalar  zarb  etganlar. 

Toramanning  kumush  tangalari  uch  variantda  zarb  etilgan.  Ularning 

birida  brahmi  tilida  “Shri  Toraman  Deva  –  yengilmas  fotih”  degan 

yozuv  bitilgan.  Mis  tangalari  esa  ikki  variantda  bo‟lib  ular  kushon  va 

sosoniy  tangalari  kabi  bo‟lgan.  Mixirakul  tangalaridagi  yozuvlarda  esa 

“Shahi  Mihirakul”  yoki  “Jaytu  Mihirakul”  bitiklarini  uchratish 

mumkin.  Mihirakuldan  so‟ng  tahtga  Pravarasen  II  o‟tirgach  uning 

tangalariga brahmi tilida aversda “Shri Pravarasen”, reversda “Kidar” 

yozuvi uchraydi. 



 

27 


Eftaliylarning moddiy va ma’naviy madaniyati 

 

a) Til va yozuv. 

Eftaliylarning ma‟naviy madaniyatiga doir ma‟lumotlar juda kam. 

Shu  bilan  birga  ularning  qaysi  tilda  muloqot  qilganliklari  ham  olimlar 

tomonidan  juda  kam  o‟rganilgan.  Shu  davrga  oid  saqlanib  qolgan 

manbalarga  ko‟ra  eftaliylar  tili  turk,  eron  tillaridan  yoki  qandaydir 

noma‟lum  bir  tildan  shakllanganligi  olimlar  tomonidan  e‟tirof  etilgan. 

Eftaliylar  davlati  tarkibiga  kirgan  turli  hududlarda  eftaliy  tili  bilan 

birgalikda,  yana  turli  tillarda  so‟zlashganlar.  Jumladan  so’g’d  tili  keng 

muomalada  bo‟lib,  unga  oid  xujjatlar  Sharqiy  Turkistondan  ham 

topilgan.  So‟g‟d  tilidan  tashqari  xorazm  yozuvi  keng  qo‟llanilgan. 

Tohariston  va  shimoliy-g‟arbiy  Hindistonda  kxaroshti,  sosoniylarga 

chegaradosh  bo‟lgan  hududlarda  esa  pahlaviy  yozuvi  ishlatilgan. 

Baqtriycha  alfavit  mutahassislarning  fikricha  IV  asrda  eftaliylar 

tomonidan  qabul  qilingan  bo‟lib,  aslida  yunon  yozuvi  asosida 

rivojlangan  va  Yunon-Baqtriya  davlati  davrida  butun  Baqtriya  hamda 

unga  yondosh  hududlarda  keng  qo‟llanilgan.  Keyinchalik  bu  yozuv 

Kushon  davlatining  rasmiy  yozuvi  bo‟lib,  undan  eftaliylarga  o‟tgan. 

Lekin  eftaliy  yozuvlari  kushon  va  baqtriy  yozuviga  ko‟ra  o‟zining 

kursivligi  jihatidan  farqlanib  turadi,  bu  esa  mutaxassislar  uchun  uni 

o‟qishda  qiyinchilik  tug‟diradi.  Shuni  ta‟kidlab  o‟tish  joizki  baqtriya 

yozuvida 25 ta harf bo‟lib, 24 tasi yunon belgilari va bittasi eramizning 

I asrida qo‟shilgan.  

Eftaliylar  yozuvining  kushon  yozuvi  bilan  aloqadorligi  Avreliy 

Steynning  Lou-Landa  (Sharqiy  Turkiston)  topgan  qo‟lyozma  parcha-

larini  kushon  va  eftaliy  tangalarining  bir-biriga  solishtirib  ko‟rishi 

natijasida  isbotlandi.  Bu  esa  yozuvning  eftaliylar  davrida  Sharqiy 

Turkistonda keng qo‟llanilganligidan dalolat beradi.  

Eftaliylar  yozuvi  haqida  VII  asrda  Markaziy  Osiyoda  bo‟lgan 

Syuan  Szyan  ham  ma‟lumot  berib,  bu  yozuv  25  harfdan  iborat 

bo‟lganligi  va  gorizontal  holda  chapdan  o‟ngga  qarab  o‟qilishini  aytib 

o‟tgan. 

Eftaliylar  davriga  oid  qo‟lyozma  parchalari  hamda  tangalardagi 

bitiklardan  tashqari  yana  o‟sha  davrga  oid  sopol  parchalari  hamda 

devoriy  suratlardagi  qisman  saqlanib  qolgan  yozuvlarni  ham  keltirish 

mumkin.  Jumladan,  Zangtepadan  (Termiz)  topilgan  sopol  parchasidagi 

oltita harfdan iborat yozuv, Qora-tepadan (Eski Termiz) topilgan sopol 

parchasidagi  yozuv,  Afrosiobdagi  (Samarqand)  ikki  qator  kursiv 


 

28 


yozuvidagi hujjat parchasi kabi bir qator ashyoviy dallillar bunga misol 

bo‟ladi.  Hozirgi  kunda  olib  borilayotgan  arxeologik  tafqiqotlar  va 

keyingi  izlanishlar  eftaliylar  davriga  oid  yozma  ma‟lumotlarni  yanada 

to‟ldirish imkonini berishi shubhasiz. 

Yangi  ma‟lumotlar  sirasiga  Shimoliy  Afg‟onistondan  topilgan 

baqtriy  tilida  bitilgan  qo‟lyozma  hujjatlarini  kiritish  mumkin.  Unda 

kushon davridan boshlab to VIII asrgacha bo‟lgan “Hukmdor Robning 

arhivi” deb nomlangan hujjatlar saqlangan. 

Bu arxiv asosan yuridik hujjatlardan tashkil topib N.Smis Uilyams 

tomonidan  tarjima  qilingan  va  nashr  ettirilgan.  Bu  hujjatlar  qatorida 

uchtasi o‟ziga hosdir. Ularning birida eftaliy hukmdorlarga to‟lanadigan 

soliqlar  haqida  ma‟lumotlar  bitilgan  hamda  492-527  yillar  bilan 

belgilangan.  Yana  birida  esa  mazmuni  jihatidan  qiziqarli,  o‟ziga  hos 

ma‟lumotlar keltirilgan. Jumladan,  “Sartga, Hvade-band o’g’li, taraq-

qiy  etayotgan  eftaliy  halqi  yabg’usi  xar  Robaga,  eftaliy  hukmdori 

kotibi, Tohariston va Gurchiston sudyasiga” degan bitiklardir. 

Eftaliylar  tilining  kelib  chiqishi  haqida  turlicha  fikrlar  mavjud 

bo‟lib,  bir  guruh  olimlar  uni  sharqiy  eron  tillariga  mansub  desalar,  bir 

qator  olimlar  turkiy  til  oilasiga  mansub  degan  fikrni  ilgari  suradilar. 

Umuman  olganda,  eftaliylar  davlati  o‟z  tarkibiga  turli  qabilalarni,  turli 

tilda so‟zlashuvchi xalqlarni kiritgan bo‟lsada hukmdor sulolalar ma‟lum 

bir qabiladan kelib chiqqan, bu esa eftaliylarning tili va o‟zlarining etnik 

jihatdan  kelib  chiqishiga  ko‟ra  mutaxassislar  o‟rtasida  turli  munoza-

ralarga sabab bo‟lmoqda. 

 

b) Diniy e’tiqod 

Yuqorida  ta‟kidlab  o‟tilgandek  eftaliylar  o‟zining  madaniyati  va 

diniy  dunyoqarashi  nuqtai  nazaridan  turlicha  bo‟lgan  xalqlarni 

birlashtirgan. Natijada bu davrda turli diniy e‟tiqodlar va diniy tizimlar 

vujudga  kelgan.  O‟rta  Osiyoda  Erondagidan  o‟zgacha  shaklda  mavjud 

bo‟lgan  zardushtiylik  bilan  bir  qatorda,  moniylik  diniy  oqimi  ham 

mavjud bo‟lgan. 

Markaziy  Osiyoda  zardushtiylik  mahalliy  boshqa  dinlar  bilan 

uyg‟unlashgan  holda  mavjud  edi.  Jumladan,  Siyovush  va  Anahita 

e‟tiqodi  zardushtiylik  diniy  marosimlari  bilan  birikib  ketgan.  Shu  bilan 

birga  eramizning  IV  asrida  zardushtiylar  Navro‟z  kuni  erta  tongda 

Buxoroda Siyovush qabri ustida xo‟rozni qurbonlikka keltirganlar. 

  

Arxeologik  tadqiqotlar  orqali  qo‟lga  kiritilgan  terrakota  topilma-



lari  hamda  tangalardagi  tasvirlar  bu  davrda  hali  ham  Vaxsh,  Mitra

 

29 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish