Spekulyativ risklar – ham ijobiy, ham salbiy natijalarni olish imkoniyatida
namoyon bo’ladi, ,ularga moliyaviy risklar kiradi.
Tanlov savdolari - tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan mezonlar va
shartlarga muvofiq tovarning maqbul etkazib beruvchisini, ishlarni bajaruvchini va
xizmatlar ko’rsatuvchini tanlash usuli;
Tanlov savdolari tashkilotchisi - buyurtmachi yoki tanlov savdolarini
tashkil etish va o’tkazish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan yuridik
shaxs;
Tanlov hujjatlari - tanlov savdolarining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy
tavsiflari va boshqa tavsiflari to’g’risidagi hamda tanlov savdolarini tashkil etish
va o’tkazish shartlari, tartib-qoidalari to’g’risidagi dastlabki axborot mavjud
bo’lgan hujjatlar turkumi;