Riskni ushlab qolish
– investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor
o’z kapitalini riskli tadbirlarga yo’naltirayotganda, risklardan ko’riladigan
zararlarni qoplash uchun mablagi bo’lishi kerak.
Selektiv risklar
–
kapital qo’yilmasi, qimmatli qog’ozlar va shu kabilar
turini to’g’ri tanlamaganligi bilan bog’liq risklar.
Sinditsiyalashtirilgan kredit
- bir necha banklar tomonidan yirik
investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash.
Soliq imtiyozi –
soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli.
Soliq stavkasi –
soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi
hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi.
Soliq yuki –
soliq to’lovchining muayyan davrda byudjetga to’langan
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |