O’QUV MATERIALLARI
316
TALABA PORTFOLISINING TARKIBI
Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil
ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu “portfolio” orqali anjumanlarda
chiqish qilib, o’zining
mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy
amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan xolda, o’z-o’ziga
ushbu bilim
doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan
bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni
o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi.
Bunday
“portfolio” tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin:
■
titul;
■
mazmuni;
■
har bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;
■
nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;
■
portfolio o’qituvchi va talabaning o’zi tomonidan qanday baholanganligi;
■
fan bo’yicha yutuqlari tarixi;
■
“portfolio”ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.
Muallifga “portfolio”ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.Talabaning
dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi,
nutq va bayon etish madaniyati, o’z
fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy
mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o’qituvchi “portfolio”
tarkibiga o’z talablarini qo’yishi ham mumkin. Portfolio tarkibi quyidagi
materiallardan iborat bulishi mumkin:
Titul varaqa - “portfolio”ni nomi, talaba f.i.sh.,
fanning nomi, “portfolio”ni
yuritish davri, boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh.
“Portfolio” tarkibi:
-
fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili,
nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechmoqda, ushbu
kiyinchiliklar mohiyati
nimada va b);
-
yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha
kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati,
fikrlarning
originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq
yechimining turli hil yo’llarini ko’rsatishi zarur;
-
nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish);
-
testlar;
-
axborot
texnologiyalaridan
foydalanish
(axborot
texnologiyalari
foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);
-
guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi);
-
talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi).
Portfolio bo’yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan “Portfolio”
materiallari puxta uylangan, “portfolio”da keltirilgan barcha materiallar bo’yicha
O’QUV MATERIALLARI
317
muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo’lishi zarur.
U talabaning ushbu fan
bo’yicha olgan bilimlari, bo’sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to’liq
mazmunini ko’rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: