Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga
aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini
moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini
samarali boshqarishni ham bildiradi.
Bankning o’z kapitali
- bank vaqtinga jalb qilgan qarz mablag’laridan
farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir.
Bankrot
– qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o’z qarz majburiyatlari
bo’yicha mablag’i bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |