Educational materials


-rasm. Loyihaning umumiy tasnifi



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

14.3-rasm. Loyihaning umumiy tasnifi
9
 
9
Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A. Investitsiya loyihalarini boshqarish. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2019. – 302 
b. 


14.4-rasm. Investitsiya loyihasining umumiy tasnifi
10
 
Har bir loyihaviy faoliyat quyidagi 3 ta chegaralanishga ega:
1. Vaqt bo’yicha chegaralanishi; 
2. Pul resurslari bilan chegaralanishi; 
10
Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A. Investitsiya loyihalarini boshqarish. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2019. – 302 
b. 


3. Texnik vazifalar bilan chegaralanishi (ishlar va operatsiyalarning turlari 
va sifatiga bo’lgan talab, investitsiya faoliyati obyektining texnik iqtisodiy 
ko’rsatkichlari). 
Loyiha boshqa chegaralanishlarga ham ega bo’lib, ular orasida loyihani 
amalga oshirishning tashqi shart-sharoitlari alohida ahamiyat kasb etadi 
(institutsional, iqtisodiy, huquqiy va boshqalar). 
Yuqorida aytib o’tilgan loyiha faoliyatining asosiy hususiyatlari va 
chegaralanishlarini hisobga olgan holda loyihaga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. 
Loyiha – bu o’zaro bog’liq tadbirlar yig’indisi bo’lib, bu tadbirlarni amalga 
oshirish orqali ma’lum bir vaqt davomida chegaralangan pul resurslari va boshqa 
resurslardan foydalanib belgilangan maqsadlarga erishish demakdir. 
“Loyiha” tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatiladi. Loyiha deganda 
ba’zida texnik materiallar (chizmalar, binolarning, inshootlarning, mashinalar va 
uskunalarning maketi va h.k.). Shuningdek, qandaydir hujjatning (shartnomaning) 
matni, amalga oshirilmoqchi bo’lgan reja yoki g’oya tushuniladi.
Loyihalarda 
yuqoridagi 
xayotiylik 
davri 
muddatlari 
loyiha 
ishtirokchilarining optimal foyda olish bo’yicha maqsadlari va rejalaridan kelib 
chiqib belgilanadi. 
Yuqorida keltirilganidek, loyihalarni turlicha tavsiflash mumkin. Biroq, bu 
tavsiflar uning ma’lum tasnifiy jithatini namoyon etadi. Shunga ko’ra, 
loyihalarning mumuiy tasnifini quyidagi 3 va 4-rasmlar orqali ifodalash o’rinlidir. 
Har bir loyiha asosan ikki turdagi kapital hisobiga moliyalashgtiriladi:
1) loyiha tashabbuskorining o’z kapitali hisobiga; 
2) jalb etilgan qarz kapital hisobiga.
Qarz kapitali o’ziga xos xususiyatlarga ega, bu uning printsiplari bilan 
ifodalanadi: qaytarishning zarurligi, muddatliligi berilgani, to’lovlilik, maqsadlilik 
va ta’minlanganlik. Bundan tashqari uning ma’lum foizga berilishi va loyiha 
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz amalga oshirilishidan qat’iy nazar, ularni 
qaytarish zarurligi bilan xam ifodalanadi. Bu turdagi kapitaldan foydalanish uchun 
initsiator uchun puxta, mukammal tuzilgan biznes reja yoki texnik iqtisodiy 
asoslash zarur bo’ladi, biznes rejaning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligi, 
risklardan ximoyalanganligidan kelib chiqib, bu ikki turdagi mablag’lardan 
foydalanish mumkin bo’ladi.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, 
moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan holda yagona 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat: 
- loyihani uning butun hayot tsikli davomida ko’rib chiqish; 
- pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan 
bog’liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish 
ehtimolligini hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi; 
- ishonchlilik va maksimum samara. 
Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi 
uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo’lishi, ikkinchidan, alternativ 
loyihalarni solishtirish chog’ida yuqoriroq samaraga ega bo’lgan loyihani ma’qul 


qo’rish lozim. 
- vaqt omili hisobi; 
- loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan harajatlar va tushumlar hisobi; 
- baholashning ko’p bosqichligi; 
- inflyatsiya ta’siri va loyihani amalga oshirishdagi bir nechta valyutalarni 
qo’llash ehtimolini hisobga olish; 
- noaniqlik va risklar ta’sirining hisobi; 
- loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish. 
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, 
moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan holda yagona 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat: 
- loyihani uning butun hayot tsikli davomida ko’rib chiqish; 
- pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan 
bog’liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish 
ehtimolligini hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi; 
- ishonchlilik va maksimum samara. 
Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik, 
tashkiliy, muddati va boshqalar) harakterlash mumkin. Bularning har biri 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko’p hollarda 
investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Sanoat investitsiyalari bo’yicha qabul qilinadigan har qanday qarorlar 
investitsiya loyihalarining umumiy amalga oshishi bilan bog’liq bo’lgan quyidagi 
mezonlarga asoslanadi: 
Ijtimoiy-iqtisodiy muhitga taalluqli loyihaning asosiy (korporativ) maqsadi 
bilan rivojlantirish maqsadlari o’rtasida hozirgi va keyingi davr mobaynida 
qandaydir bo’lishi mumkin bo’lgan qarama-qarshilik mavjudmi? 
Loyihaning maqsadiga erishish uchun taklif qilingan loyiha va marketing 
strategiyalari qanchalik muhimligi, nima uchun taklif qilingan strategiya tanlandi, 
muqobil strategiyalar ham e’tiborga olinganmi? 
Loyihaning tarkibi, ya’ni loyiha andozasi marketing kontseptsiyasi, 
shuningdek korxona tanlagan joylashish joyi qanchalik loyiha strategiyasiga va 
talab qilingan resurslarning mavjudligiga mos keladi? 
Loyiha iqtisodiy resurslarni samarali ishlata oladimi, loyiha uchun talab 
qilinadigan asosiy resurslarni ishlatishning eng yaxshi variantlari bormi? 
Loyihalashtirilayotgan barcha investitsion ishlab chiqarish va marketing 
harajatlari ishonchlilik darajasidami va muvofiq keladigan chegaraga egami? 
Loyiha hayotiyligining har qanday davrida to’lanadigan moliyaviy 
majburiyatlarni bajarish uchun milliy va xorijiy valyuta bilan etarlicha 
ta’minlanganmi - barcha investitsiya harajatlari kapitalning mavjudligi bilan 
aniqlanuvchi moliyaviy chegaralarda yotadimi? 
Jamg’arilgan har yillik va diskontlashtirilgan foyda gorizont rejalashtirishga 
loyiha tarkibi va ma’lumotlarni baholashdagi xatolarga, inflyatsiyaga, narxlarning 
nisbiy o’zgarishiga, shuningdek ishga aloqador muhitning o’zgarishiga 
(raqobatchilar, iste’molchilar, bozor, mol etkazib beruvchilar va jamoat siyosatiga) 
qanchalik sezgir, real pul kirim-chiqimlari va tegishli sof foyda tarkibi investorlar 


va moliyachilarning ko’zlagan maqsadlari minimal talablariga mos keladimi? 
Risklar mavjud sharoitda ularni nazorat qilish yoki boshqarish uchun qanday 
strategiya amal qiladi? 
Risklarning moliyaviy natijalari qanday, ya’ni ular o’zi bilan birga 
investitsion, marketing, ishlab chiqarish va moliyaviy harajatlarga qo’shimcha 
harajatlar olib keladimi yoki yo’qmi, yo bo’lmasa, kutilayotgan ishlab chiqarish, 
sotish hajmini, sotish narxlarini pasaytiradimi? 
Shunday qilib, investitsion qarorlar qabul qilishning asosiy mezonlari 
nimalardan iborat ekanligini ko’rib chiqdik. 
Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiyalash haqida qarorlar qabul 
qilayotganda loyihalarning riskliligini, manbalarning joriy qiymatini, muqobil 
imkoniyatlarga ko’ra loyihaning jozibadorligini e’tiborga olishi lozim. U bunday 
qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida 
keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan, asosiy 
e’tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola bilishga 
qaratilishi zarur. 
Moliyaviy tahlil harajatlar va daromadlar, aktivlar va passivlar bo’yicha 
tegishli tijorat ma’lumotlarni (shuningdek tegishli moliyaviy resurslar, xizmatlar va 
tovarlar oqimi haqidagi ma’lumotlarni) tizimli tasavvur etish va qayta ishlashga 
asoslanadi. Xo’jalik faoliyati tahlili tizimi har doim korxonaning moliyaviy 
holatini, ya’ni balans hisobotlaridagi aktiv va passivlari, harajatlar, majburiyatlar 
(hisobot davridagi) va sof daromad bo’yicha hisobotda ko’rsatilgan daromadlarni 
aks ettiradi. Bundan tashqari, bu hisob tizimi ishlab chiqarish va marketing 
harajatlarini aniqlash uchun ham muhimdir, ya’ni sof daromad bo’yicha hisobot 
tuzishda, shuningdek samarali moliyaviy rejalashtirish, mahsulotga bo’lgan narx 
kalkulyatsiyasi va harajatlarni nazorat qilish uchun zarur. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish