Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231
Bog'liq
Educational materials

27.3.
 
Loyihaviy tahlilning tarkibiy tuzilishi: moliyaviy-iqtisodiy, texnik, 
ekologik, institutsional, xuquqiy va boshqalar. 
Loyihaviy tahlil tuzilmasi 
Loyiha tahlilida daromadlar va xarajatlar quyidagi 7 nuqtai nazardan turib 
baholanadi va ular loyihaviy tahlilning 7 bo’limini tashkil etadi. 
1. 
Texnik tahlil: loyiha texnik jihatdan asoslanganmi? 
2. 
Tijorat tahlili: loyiha maxsulotiga bozorda talab bormi?
3. 
Moliya: moliyaviy jihatdan loyiha yaroqlimi?
4. 
Loyihaga qilingan xarajatlar undan foydalanuvchi (iste’molchi)lar 
xisobiga qoplanadimi ? 
5. 
Ekologiya: loyiha atrof-muhitga kanday ta’sir ko’rsatadi? 
6. 
Institutsional rivojlanish: loyiha uchun mas’ul bo’lgan tashkilotlar uni 
amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga qodirmilar? 
7. 
Loyihaning ijtimoiy va madaniy talablarga mosligi: Loyiha maxalliy 
sharoitlarga moslanganmi? Loyiha aholining ayrim guruhlariga ta’sir ko’rsatadimi 

8. 
Iqtisod: loyihaning ijobiy natijalari uni amalga oshirish va ekspluatatsiya 
qilish xarajatlaridan ortiqmi ? Loyihada tavakkalchilik darajasi qanday ? 
Loyiha tahlilining har bir bo’limi o’z uslubiga ega hamda ko’rilayotgan 
xarajat, daromad yoki boshqa omillar harakteriga ko’ra miqdor yoki sifat 
ko’rsatkichlari to’g’risidagi foydalaniladigan axborot xajmi o’zgarib turadi. Xatto 
tahlilning miqdoriy jihatlariga tegishli bo’lgan moliyaviy loyihalar ham 
prognozlashga xos bo’lgan noaniqlik omillaridan kelib chiquvchi sifat 
elementlariga ega. Ya’ni loyiha tahlili loyihaning kelajak holatlar to’g’risidagi 
fikrlarning o’zgarishiga ta’sirchanligini xisobga ola bilishi kerak. 
 
Loyihalarni texnik tahlil qilishning vazifalari va tarkibi 
Loyihaning marketing nuqtai nazardan ijobiy xulosasi olingach, uning texnik 
tahlili amalga oshiriladi. Texnik tahlilda loyiha texnologiyasini ishlab 
chiqaruvchilardan shu loyihani amalga oshrish uchun zarur bo’lgan tijorat taklifi 
olinadi. Tijorat taklifi loyiha texnologiyasining har bir mashina va asbob-uskunasi, 
ularning 
bahosi, 
texnik 
spetsfikatsiyasi, 
texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Loyihani amalga oshirishda eng 
samarali bo’lgan texnologiya tanlanadi. Agar loyiha chet el valyutasi xisobiga 
texnologiya bilan ta’minlanadigan bo’lsa, unda xalqaro ko’lamda shu 
texnologiyani ishlab chiqaruvchilar o’rtasida tanlov e’lon qilinadi. Mutaxassislar 
tilida bunday tanlov tender deb ataladi.


Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning vazifasi loyiha maqsadi nuqtai 
nazaridan eng qulay bo’lgan texnologiyalar, loyihadan manfaat ko’rishi mumkin 
bo’lgan aholi kontingenti, maxalliy sharoitlar, kapital, xom ashyo va ishchi 
kuchidan foydalanish imkoniyatlari va ularning bahosi, bozor xajmi, shuningdek, 
loyihani rejalashtirish hamda amalga oshirishning mavjud va potentsial 
imkoniyatlarini aniqlash xisoblanadi. 
Investitsiya loyihalari ustida ishlash jarayonida texnik tahlil birinchi navbatda 
o’tkaziladi. 
Texnik tahlilga quyidagilarni ko’rib chiqish va belgilash kiradi: 
1) 
Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar. 
2) 
Loyihani joylashtirish o’rni bo’yicha muqobil variantlar. 
3) 
Loyiha xajmi. 
4) 
Loyihani amalga oshirish muddatlari. 
5) 
Xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish 
imkoniyatlari va ularning etarliligini. 
6) 
Loyiha maxsuloti uchun bozor sig’imi (xajmi). 
7) 
Ko’zda tutilmagan omillarni xisobga olgan holda loyiha xarajatlari. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish