Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231
Bog'liq
Educational materials

26.1-jadval. 
Uy-joy sotib olish maqsadida beriladigan ipoteka kreditlarini turkumlash 
tartibi 
O’tgan yildagi bank faoliyatida mamlakat hududlari, ayniqsa qishloqlar 
rivojlanishi, avvalambor ular qiyofasini tubdan o’zgartirish, qishloq joylarda 
istiqomat qiladigan aholi uchun zamonaviy, shinam uy-joylar qurilishi tizimini 
shakllantirish bilan bog’liq tadbirlarni moliyalashtirish, bu jarayonlarni bank 
kreditlari asosida moliyaviy qo’llash masalalari muhim o’rin egalladi.
Davlatimiz rahbarining 2010 yil 17 iyundagi “Qishloq joylarda namunaviy 
loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha 
choratadbirlar to’qrisida”gi qaroriga muvofiq uy-joylarning namunaviy 
loyihalariga o’zgartish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir 
imorat quruvchiga ajratib berilayotgan er maydoni 4 sotixdan 6 sotixga 


o’zgartirildi. Yurtboshimizning amaliy fikr-mulohazalari hamda tavsiyalaridan 
kelib chiqqan holda “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti tomonidan 
namunaviy loyihalarni yanada mukammallashtirish maqsadida tahliliy ishlar 
qilindi. Jumladan, e’tibordan chetda qolgan omillar — shamol yo’nalishi, yoruqlik 
tushishi loyihada inobatga olindi. Uylarning keng bo’lishi, devorlarning 
balandligiga e’tibor berildi. Shuningdek, hovlidagi darvozaxona yonida 
avtomashina uchun joy nazarda tutildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan qozonxona 
hovli chetiga ko’chirildi.
Loyihalarda hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti, ijtimoiy-demografik 
xususiyatlari hisobga olingan. Eng muhimi, qurilishda mahalliy qurilish 
materiallaridan foydalanilmoqda. Loyihalarning konstruktiv elementlarida uyning 
poydevori betondan, devorlari pishiq g’ishtdan, tomi metall cherepitsadan ekanligi 
uning nafaqat ko’rkam va shinam bo’lishini, balki uzoq yillar xizmat qilishini ham 
ta’minlaydi. Shuningdek, xonalarning joylashishida avvalgilarga nisbatan ancha 5 
Jadval muallif tomonidan ipotekali kreditlash amaliyotining nazariy asoslarini 
tadqiq qilish natijalariga asoslangan holda shakllantirildi. qulayliklar mavjud, 
oshxonalar keng, oshxona va ayvonlar mehmonxona bilan bog’langan, bolalar 
uchun alohida yotoqxona ko’zda tutilgan.
2010 yil 17 iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar 
asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi Prezident qaroriga muvofiq uy-joylarning mavjud namunaviy 
loyihalariga o’zgartish va tuzatishlar kiritildi. “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-
qidiruv instituti tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida barpo etishga 
mo’ljallangan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uylarning namunaviy loyihalari yaratildi. 
Yangi qishloqlarni barpo etishda aholi uchun barcha shart-sharoitlarni, 
qulayliklarni yaratish bosh mezon etib belgilangan. Shu ma’noda ularni 
muhandislik-kommunal tarmoqlar – elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, 
issiqlik, kanalizatsiya bilan ta’minlash, yo’llar, ko’priklar qurishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha xususiy uy-joy qurishni 
muhandislik-kommunal infratuzilmaga ulanish mumkin bo’lgan maydonlarda 
amalga oshirilmoqda.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha yaratilgan yangi tizim qulayliklari 
va yangi uy-joyli bo’lishni istagan qishloq aholisi, ayniqsa, yosh oilalar uy 
qurilishida o’z mablag’lari bilan ham ishtirok etayotganligi, qurilish 
sarfxarajatlarining aksariyat qismi aholiga “Qishloq qurilish bank” tomonidan 
berilayotgan uzoq muddatli, imtiyozli kreditlari hisobidan Markaziy bankning 
qayta moliyalash stavkasi 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi bilan eng kam oylik 
ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda berilishi, eng muhimi, bu uylar uchun 
to’lovlarni birdaniga emas, balki 15 yil davomida asta-sekin to’lab borish tartibi 
orqali xalqimizga imtiyoz va yengilliklar berilayotgani bilan muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish