Educational materials


 Loyihani tayyorlash qurilishni amalga oshirish bo’g’ini sifatida



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   231
Bog'liq
Educational materials

15.2. Loyihani tayyorlash qurilishni amalga oshirish bo’g’ini sifatida. 
Tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda loyihalashtirish vazifalari. 
Har qanday obyektni qurish, hoh u ishlab chiqarish yoki noishlab 
chiqarishga mo’ljallangan bo’lishidan qa’tiy nazar tegishli loyiha asosida amalga 


oshirilishi kerak. Qurilishni loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki sifatli 
loyiha asosida qurilgan korxona kelgusida samarali ishlashi mumkin.
Qurilish bo’yicha loyihalashtirish ishlarini shu yo’nalishda ish olib borish 
uchun tegishli litsenziyaga ega bo’lgan loyiha tashkilotlari olib boradi. Ba’zi bir 
muhim 
tarmoqlarda 
(metalurgiya, 
mashinasozlik, 
energetika 
va 
h.k.) 
ixtisoslashtirilgan tarmoq loyiha tashkilotlari tashkil etilgan. Ular ichidan eng 
kattasi va yuqori malakali kadrlarga ega bo’lgan tashkilot bosh loyihalashtiruvchi 
tashkilot sifatida faoliyat ko’rsatadi. U yoki bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi bosh 
loyihachi tashkilotlarga (institutlarga) qolgan barcha loyihachi tashkilotlarning 
ishini muvofiqlashtirish vazifasi topshiriladi. Bosh loyihachi tashkilot rahbarligida 
va uning bevosita qatnashuvi asosida loyihalarning texnik iqtisodiy asoslanishi 
amalga oshiriladi. Shu maqsadda bosh loyihachi tashkilotlar korxonalarni 
loyihalashtirish, ularni qurish va ekspluatatsiyaga topshirish ishlari bo’yicha 
mahalliy va xorijiy tajribalarni o’rganish va ularni amalga tatbiq etish bo’yicha 
izlanishlar olib boradi. Bundan tashqari loyihalashtirish bosh institutlari shu 
tarmoq yo’nalishidagi institutlarga loyihalashtirish ishlari bo’ymcha yordam beradi 
va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihani ekspertiza qiladi. 
Tarmoq loyiha tashkilotlaridan tashqari ixtisoslashtirilgan tarmoqlararo 
loyiha tashkilotlari ham mavjud bo’lib, ular qisqa ixtisoslashtirilgan yo’nalish 
bo’yicha loyihalash ishlarini olib boradi. Masalan: fundament, kanalizatsiya, elektr 
tarmoqlari va h.k. 
Yirik va murakkab sanoat ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini 
loyihalashtirish bir qancha turli ixtisoslikdagi loyihachi tashkilotlar tomonidan 
amalga 
oshiriladi 
(subloyihalashtiruvchilar). 
Loyihalashtirish 
ishlari 
boshlanmasdan 
oldin 
bosh 
loyihalashtiruvchi 
tashkilot 
buyurtmachidan 
(quruvchidan) loyihalashtirish bo’yicha topshiriq oladi va korxonani 
loyihalashtirishning butun muddatiga bosh shartnoma tuzadi.
Bosh loyihalashtiruvchi tashkilot bilan kompleks loyihalashtirishda ishtirok 
etayotgan loyihachi tashkilotlar o’rtasida loyihalashtirish ishining hajmi va uning 
muddati kelishilgan holda shartnoma tuziladi. Loyiha-qidiruv ishlarini 
moliyalashtirish buyurtmachining mablag’lari hisobiga amalga oshriladi. 
Buyurtmachi bo’lib, davlat, mahalliy davlat organlari va tijorat tashkilotlari 
bo’lishi mumkin. 
Bosh loyihachi tashkilot buyurtmachi (quruvchi)ga loyiha ishlari sifati va 
uni o’z vaqtida bajarilishi bo’yicha javobgardir. Subloyihachi tashkilotlar esa bosh 
loyihachi tashkilot oldida o’zlariga yuklatilgan loyihalash ishlari bo’yicha 
javobgardir. Loyihalashtirish ishlari yakunlanadigan keyin bosh loyihachi tashkilot 
loyiha xujjatlarini ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun buyurtmachiga (quruvchiga) 
beradi. Buyurtmachilar (quruvchilar) loyiha xujjatlarini o’zlari, davlatdan tashqari 
va davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazadi. 
Qurilish loyihasi kerakli texnik va iqtisodiy xujjatlar to’plamidan iborat 
buladi. Sanoat korxonasi qurilishi loyihasida ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan 
mahsulot nomenklaturasi, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qurilish joyi, 
xom-ashyo, yoqilg’i, energetik baza, xo’jalik aloqalari o’rganiladi. Bundan 
tashqari loyihalashtirilayotgan tashkilotning ishlab chiqarish texnologiyasi texnik 


ta’minlanishi aniqlanadi va obyektni qurish va ekspluatatsiyaga topshirish bo’yicha 
iqtisodiy ko’rsatkichlar hisob-kitob qilinadi. Loyihaning texnik va iqtisodiy qismi 
bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bitta texnik-iqtisodiy xujjatni tashkil etadi.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish