14.10-rasm. 2005 – 2019 yillarda investitsiyaning o‘sish sur’ati va
investitsiya hajmining YaIM dagi ulushi, foizda
17
4. Geografik va geosiyosiy joylashuvi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning
chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy hamkorlik aloqalarini
17
www.stat.uz
sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
o‘rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda ishtirok etish uchun qulay transport
yo‘llariga ega mamlakatdir.
5. Rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi. Mamlakatimizda transport
infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish temir yo‘llar, avtomobil yo‘llar
hamda havo yo‘llari yaxshi rivojlangan.
6. Qulay soliq va bojxona siyosati. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan
xorijiy investitsiyalar uchun investorlarga qator imtiyoz va preferensiyalar
yaratilgan va ularning kafolati qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
7. Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi. O‘zbekiston yuqori
salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarga ega bo‘lib, yurtimizda aholi
savodxonligi darajasi 100 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda har to‘rt kishidan
biri oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga egadir. Aholining turmush sharoitini
oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash,
ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini
yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi
va hokazo.
O’zbekiston jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir
sharoitda ham ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar
guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib borilayotgan va uzoq
strategik maqsadlarni ko’zlagan investitsiya dasturlari hamda qulay investitsiya
muhiti yaratilgani asosiy omil bo’lmoqda.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, investitsiya loyihalari ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish va buning uchun iqtisodiyotning ustuvor sohalari bo’yicha investitsiya
loyihalarini moliyalashtirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush
darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta’minlaydi;
- to’rtinchidan,
korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini,
moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
- beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga
ko’maklashadi;
- oltinchidan, mamlakatdagi infratuzilmani rivojlantirishda katta rol
o’ynaydi;
- yettinchidan, iqtisodiyotga xorijning ilg’or tashkilotchilik va boshqaruv
tajribalarini qo’llash imkoniyati tug’iladi;
- sakkizinchidan,ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi
va h.k.
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya
sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga,
qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga
qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |