FAN: MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI MAVZU: TA’LIM JARAYONIDA MODULLI O’QITISH TEXNOLOGIYASI REJA: - Modul texnologiyasining mohiyati, ta’lim jarayonini modullar (o’quv predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish.
- Modul texnologiyasi asosida o’qitish ketma-ketligi.
- Modulli ta’lim texnologiya tamoyillari
Modul texnologiyasining mohiyati, ta’lim jarayonini modullar (o’quv predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish Modul lotincha so’z bo’lib - qism yoki -bo’lak (-blok) degan ma’noni bildiradi. Demak, modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo’laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo’laklar, ya’ni modullar eng kichik bo’laklardan hamda ularning turli miqdordagi to’plamlaridan iborat bo’ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo’lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o’z ichiga qancha modulni olishiga qarab tegishlicha darajadagi modullar deyiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng kichik modullari asosiy tushuncha bo’lib, ular go’yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi -g’ishtchalar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega. Bunda kichik modul, modul to’plami, birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi. Modulli o‘qitish – bu pedagogik texnologiyalardan biri. U bir vaqtda o‘quv jarayonini jadallashtirish, o‘qitish maqsadlarini qo‘llashda yaxlitligini ta’minlash, o‘quvchilarning bilish va shaxsiy sohalarini rivojlantirishga imkon beradi. Mazkur texnologiya o‘qitish natijasida o‘quv, ilmiy-ommabop adabiyotlar va ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallanishiga asoslanadi. Modulli texnologiya mustaqil boshqarish uchun keng imkoniyatlarga ega o‘quvchining bilish faoliyatini qat’iy boshqarishga imkon beradi. Modulli texnologiya modulli dars loyihasi asosida o’qitishni tashkil etish demakdir. Modul, kurs mazmunini uch bo’lakda yoki satxida qamrab oladi: to’la qisqartirilgan chuqurlashtirilgan dastur materiali (o’quv dasturini) bir vaqtning o’zida barcha ehtimol ko’rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so’z bilan berilishi mumkin. Modellashtirish turlari: tafakkurni modellash; immitatsion rollarga bo’lib modellash; tutashtiriluvchi chiziqlar usulida modellash. Modulli texnologiyaning mohiyati ta`lim jarayonini modullar asosida loyihalashtirish, ya`ni o’quv predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish. Ta`limning muayyan bosqichidan boshlab bo’linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajratishdan iboratdir. E’TIBOR UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |