Education and innovative research


http://interscience.uz BOSHLANG‘ICH TA‘LIM O‘QUVCHILARINING O‘QISH



Download 7,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/212
Sana22.04.2022
Hajmi7,86 Mb.
#575197
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212
Bog'liq
2021-Белорус-Жиззах-махсус-сон

225
http://interscience.uz
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM O‘QUVCHILARINING O‘QISH 
SAVODXONLIGINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH 
DASTURLARINING AHAMIYATI
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.97.91.031
Doniyarov Mavlonbek Arabovich.,
Jizzax davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” fakulteti 
o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilarining o‘qish 
savodxonligini baholashda xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati haqida 
bayon qilingan.
Kalit so’zlar: PIRLS, boshlang‘ich ta’lim, o‘qish savodxonligi, xalqaro 
tadqiqiot, badiiy tajriba, diqqatni jamlash.
ВАЖНОСТЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОЦЕНОЧНЫХ ПРОГРАММ 
ДЛЯ ОЦЕНКИ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ 
КЛАССОВ
Донияров Мавлонбек Арабович.,
преподаватель факультета “Начальное образование” Джизакского 
государственного педагогического института
Аннотация: В этой статье обсуждается роль международных 
программ оценивания в оценке грамотности чтения учащихся начальной 
школы.
Ключевое слово: PIRLS, начальное образование, грамотность чтения, 
международные исследования, художественный опыт, фокус.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni 
o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga 
ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga 
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning 
tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi 
yutuqlarni baho¬lash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association 
for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik 
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
O‘qish savodxonligining rivojlanishi har bir o‘quvchining o‘sib-ulg‘ayishi, 
ta’lim olishi va kundalik hayotida muhim ahamiyat kasb etgani bois, o‘qish 
savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro 
assotsiatsiyasining (IEA) qariyb 60 yil mobaynida o‘quvchilarning o‘qib 
tushunish ko‘nikmalarini muntazam ravishda xalqaro miqyosda baholab, ularning 
o‘qib o‘rganishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda.
O‘qish savodxonligi qamrov doirasi o‘quvchilarning o‘qib tushunishlaridan 
ko‘zlangan ikki asosiy maqsad, badiiy tajriba orttirish va axborotni olish va undan 
foydalanish, hamda to‘rtta tushunish jarayonidan (topish, xulosalar chiqarish, 
uyg‘unlashtirish va baholash) kelib chiqib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
matnni o‘qib tushunish darajasini baholash uchun xizmat qiladi.
O‘qish savodxonligi tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki 
jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish 
qobiliyatidir. O‘quvchi turli shakldagi matnlardan mazmun hosil qiladi. Ular 
o‘rganish, maktab va kundalik hayotda o‘zlari kabi boshqa o‘quvchilar jamoasiga 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил Махсус 
сон)
ISSN 2181-1709 (P)
226
Education and innovative research 2021 y. Sp.I.
qo‘shilish va vaqtini samarali o‘tkazish uchun o‘qiydilar.
O‘qish savodxonligiga nisbatan bildirilgan bunday yondashuv konstruktiv 
va interfaol jarayon sifatida o‘qish savodxonligiga oid turli nazariyalarni aks. 
Matn mazmuni muayyan o‘qish tarzi asosida o‘quvchi va matn o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik orqali hosil qilinadi. O‘quvchi matndan anglashilgan ma’noni tez ilg‘ab 
oladigan, matn ustida mulohaza yuritadigan, samarali o‘qish strategiyasidan 
xabardor va o‘qish ustida tafakkur qiladigan shaxs sifatida gavdalanadi.
O‘qish jarayonining boshlanishi, o‘rtasi va oxirida o‘quvchi til 
ko‘nikmalarining, kognitiv va metakognitiv strategiyalar hamda mazmun 
shakllantirishda birlamchi bilim va ko‘nikmalar majmuasidan foydalanadi. 
Bundan tashqari, o‘qish muhitini yuzaga keltiradigan sharoit o‘quvchini 
o‘qishga rag‘batlantirish va qiziqtirish orqali matn mazmunini shakllantirishga 
yordamlashadi, ammo sharoit matn mazmunini tushunish imkonini bermaydigan 
muayyan talablarni yuzaga keltirishi ham mumkin.
O‘quvchi o‘zini o‘rab turgan dunyo va o‘zi haqida tasavvurga ega bo‘lishi 
uchun u turli matnlarni o‘qib o‘rganishi mumkin. Har bir turdagi matn 
o‘quvchiga matnni talqin qilishiga imkon beruvchi sodda shakllar va qoidalardan 
iboratdir. Har qanday berilgan matn turi ko‘plab shakllar va shakllar jamlanmasi 
(kombinatsiyasi)ga ega bo‘lishi mumkin. Ular orasida an’anaviy yozma shakllar, 
masalan, kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, internet va veb 
sahifalari orqali aloqa qilishning ko‘plab usullarini o‘z ichiga olgan raqamli 
shakllar mavjud bo‘lib, bunda matn ko‘pincha turli multimedia formatlari bilan 
birlashtirilgan. 
4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash ya’ni PIRLS qamrov 
doirasi ham maktabda ham maktabdan tashqarida o‘quvchilarning matnni o‘qib 
tushunishlaridan ko‘zlangan ikki maqsadga e’tibor qaratadi. Ular badiiy tajriba 
orttirish va axborotni olish va undan foydalanishdan iborat. Bundan tashqari, 
PIRLS baholash tadqiqoti yuqorida aytib o‘tilgan ikki maqsad bilan uyg‘unlashgan 
to‘rtta tushunish jarayonini birlashtiradi. Bu to‘rt jarayonlar diqqatni jamlash 
va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish; to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish
kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash; g‘oyalar va ma’lumotni 
talqin qilish va uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga oladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, 
o‘qish savodxonligidan ko‘zlangan asosiy maqsad va tushunish jarayoni bir-
birlaridan yoki o‘quvchilar yashab, o‘rganadigan vaziyatdan ayro holda mavjud 
bo‘lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligidan ko‘zlangan maqsad va tushunish 
jarayoni
O’qishdan ko’zlnagan maqsad Tushunish jarayoni
Badiiy tajriba orttirish
Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish
Axborotni olish va undan foydalanish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish
G‘oyalar va ma’lumotlarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish
Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash
O‘qishdan ko‘zlangan maqsadlar
Ma’lumki, o‘qish savodxonligi insonlarning o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari 
bilan bevosita bog‘liqdir. Masalaga yanada kengroq yondashadigan bo‘lsak, 
mazkur sabab yoki maqsadlarga zavqlanish uchun, shaxsiy qiziqish tufayli 
o‘rganish va jamiyatda ishtirok etish kabilar kiradi. Ko‘pgina yosh o‘quvchilar 



Download 7,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish