Edagogik mahorat va unga erishish yo'llari. Reja


Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari



Download 61,4 Kb.
bet3/5
Sana31.03.2023
Hajmi61,4 Kb.
#923593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Сағындикова А

2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
Har bir talaba uchun dolzarb bo'lgan hayotiy mazmun rivojlanishini, talabaning shu rivojlanish kesmasida, harakat qila olishida, uning hayot mamunining ochilishi va amalga oshishida o’qituvchi qanday bilim bilan unga yordam ko'rsata olishini bila olish» qobiltyati;
ayrim o’qituvchilar rivojlanish mazmuni va kesmasi integrasiyasi hisoblangan hamdajonli organizm sifatida talabalar (auditoriya va b.) guruhini uning rivojlanish va mazmun kasb eta borish jarayonida «ko'ra olish»qobiliyati;
integral mazmuni va integral rivojlanish kesmasini idrok etish malakasi;
o'zining organizmini yuksak darajada anglash. Auditoriya, talaba o'z istaklari, motivlari, afzal ko'rishi jihatidan ular uchun zarur bo'lgan haqiqiy axborotlarni ajrata olish malakasi;
shaxsiy xususiyatlar oqibati sifatida vujudga keladigan turli buzilish vaziyatlaridan idrokni chal?itish;
o'z sezgilarining nozik farqilanish imkoniyatlari vositasida yuqori his bilan boshqarish;
keng boshqaruv repertuari, boshqarishning xilma-xil uslublari, axborotlarni uzatish «qurollari»: ovoz, hatti-harakat, mimika va boshqalarni egallash;
kasbiy usullar va metodlarning keng jamg’armasi;
metodologiyani egallash.
3. Pedagogik qobiliyat
O’qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlaiga bog’liq bo'ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
obektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik;
perseptiv qobiliyatlar — kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik tuyg’u;
shaxs dinamikasi — irodaga ta 'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
hissiy barqarorlik - o'zini boshqara olish;
kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
O’qitish, o'iganish va o'igatish bo'yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
talabani tushunishini ko'rish va sezish hamda bunday tushunishning darajasini va xarakterini o'rnatish qobiliyati;
o’quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o’qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
materialni etarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga tushunarliligini ta'minlash qobiliyati;
talabalarning individualligini hisobga olgan holda o’qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati;
o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
o'zining tajribasini boshqalar bilan baham ko'rish qobiliyati;
mustaqil ta'lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
boshqa insonning ichki holatini to'gri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo'la olish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
tahlid qilish uchun namuna bo'lish qobiliyati;
tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
muloqotning lozim topilgan uslubini hamda o'z o'rnini topish, kelisha olish qobiliyati;
hurmat qozonish, ya'ni talabalar o'rtasida obro'ga ega bo'lish qobiliyati.
Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo'lgan qobiliyat alohida ajralib turadi.
Kommunikativ qobiliyat — bu pedagogik o'zaro aloqalar doirasidagi o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladigan muloqot qobiliyatidir.
Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi:
1. Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va hatti-harakatlariga baho berish, kishining tashqi ko'rinishi, hulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berish; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o'qiy» olish kabilar qamrab olinadi.
2. Kishining o'z-o'zini bilishi. U o'z bilimlarini, qobiliyatlarini o'z xarakteri va o'z shaxsining boshqa ?irralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo'lsa, shunday baho berishni ko'zda tutadi.
3. Muloqot vaziyatini to’g’ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko’proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to’g’ri idrok etish va baholash qobiliyatidir.

Download 61,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish