Urchitish usullari hayvonlarni ularning kelib chiqishi, qatorlarga mansubligi, zoti, turini inobatga olib urug‘lantirishga aytiladi. Quyidagi urchitish usullari qo‘llaniladi:
Sof zotli, chatishtirish va duragaylash.
Sof zotli urchitish – sof holda zotni takomillashtirish uchun qo‘llaniladi, shuning uchun gohida sof urchitish ham deyiladi.Turli belgilarni o‘zida mujassam qilgan zot saqlab q olinadi. Sof zotli urchitish ham gomogen va geterogen juftlash mumkin.
CHatishtirish – bir turga mansub ikki yoki bir necha zot hayvonlarini urug‘lantirishga aytiladi. CHatishtirishning quyidagi usullari mavjud:
Qon singdirish chatishtirish – yoki bir necha bo‘g‘in davomida bir zot urg‘ochi hayvonlarni ikkinchi zot erkak nasldor hayvonlari bilan urug‘lantiriladi.
Qon quyish chatishtirish – bir zotdagi alohida olingan kamchilikni to‘g‘rilash uchun boshqa zotning erkak hayvonlari bilan urug‘lantirilishiga aytiladi.
Zavod chatishtirishi – zot yaratish maqsadida ikki yoki bir necha zotlarning vakillari qatnashadi.
Almashlab chatishtirish – birinchi va ikkinchi zotning erkak nasldor hayvonlarining almashinib kelishiga aytiladi.
Sanoat chatishtirish – ikki yoki ko‘proq zotlar hayvonlarini sermahsul xo‘jalikda foydalanish uchun samarali hayvonlar olish maqsadida urug‘lantirishga aytiladi.
Duragaylash deb – yuqori mahsuldor hayvonlar olish, yangi zotlar yaratish maqsadida turli turga mansub urg‘ochi va erkak hayvonlarni juftlashga aytiladi.
Tizim – deb mashxur naslli erkak hayvonlarning xususiyatlarini davom ettirayotgan bolalar guruxiga aytiladi. Tizimli urchitishning asosiy maqsadi zotni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘lib, bu vazifa mashxur naslli erkak hayvonning xususiyatini bir gurux hayvonlarga o‘tkazish, zotni bir- biridan farq qiluvchi gruxlarga ajratish va liniyalarni o‘zaro birlashtirib, yangi tizimlarni yaratishdan iboratdir.
Tizimli – urchitishdan ongli va sistematik foydalanish. XVII asrda yangi ot va qoramol va qo‘y zotlarni yaratishdan boshlangan.
Rossiyada tizimli urchitish usullari dastlab A.G.Orlov va V.I.SHishkinlar tomonidan yo‘rtoqi va salt miniluvchi ot zotlarini keltirib chiqarishda qo‘llaniladi.
Tizimli urchitishning nazariy asoslarini ishlab chiqarishda rus olimlaridan P.A.Dubovskiy, M.M.SHepkin, E.A.Bagdanov, N.A.YUrasov, D.A.Kislovskiy, M.F.Ivanov, V.O.Vitt va boshqalar kata xissa qo‘shdilar.
E.A.Bagdanov fikricha tizimli urchitishda mashxur hayvonni ajratib, undan bir necha bo‘g‘in davomida qarindoshlik juftlash va tanlash yordamida o‘ziga o‘xshash avlodlarni olish ko‘zda tutildi.
E.A.Bagdonov tizim, zot ichidagi eng yaxshi hayvonlarni o‘z ichiga oladi va shuning uchun uni «Mikrozot» deb hisoblash mumkin degan edi.
D.A.Kislovskiy tizimli urchitishning moxiyati zot ichida o‘zgaruvchanlikni cheklab, uni har xil sifatli guruxlarga ajratish yordamida zotning tarkibini to‘zishdan iborat degan edi.
Zavod tizimlarining soni va sifati zotning progressiv rivojlanayotganini ko‘rsatuvchi asosiy belgidir. Zavod tizimlarini yaratish va takomillashtirish har bir naslchilik hujaligining asosiy vazifasidir.
Tizimli urchitish odatda 3-4 bo‘g‘in atrofida va ba’zi hollarda bundan o‘zoqroq davom etishi mumkin. Tizimli urchitishda dastlab bo‘lajak tizimning modeli yoki andozasi to‘ziladi, tizim boshlig‘i topiladi va unga mos keluvchi urg‘ochi hayvonlar tanlanib, keyin ular juftlanadi. So‘ngra avlodlar orasida tizimni davom ettiruvchi erkak hayvonlar aniqlanib, ularga mos keluvchi urg‘ochi hayvonlar juftlanadi, tizim ichida tarmoqlar va shaxobchalar ajratiladi, hamda bularda qarindoshlik juftlash qo‘llaniladi. Tizimli urchitishda to‘xtovsiz tanlash va juftlash yoki hayvonlarni maqsadga muvofiq tarbiyalash amalga oshiriladi.
Qora – ola zotning mashxur tizimlariga Annas – Adema, Xiltes – Adema, Rudolf- YAn, Lindberg, Niko tizimlari kiradi. Qizil cho‘l zotida Prem’era, Andalo‘z, Polet, Yirik oq cho‘chqa zotida Delfin, Drachun, Lafet, Svet, Orlov yo‘rtoqi ot zotida Letuchiy, Udaloy, qorako‘l qo‘y zotida Qoraqum-1, Nurota, Botir, Toshboy, Muborak, Moskvich, tuxumkor, Pamuq, Sayxon, Baxmal tizimlari mavjud.
Tizimli urchitishda yaqin qarindoshlik kam qo‘llanilib, ko‘pincha o‘rtacha yoki chamali inbriding qullaniladi. Bunday qarindoshlik juftlashda inbred depressiya yoki qarindoshlik juftlashning zarari ta’siri kam ro‘yobga chiqadi va avlodlar bilan ajdodlarning genetik o‘xshashligi ortib boradi.
Tizimli urchitishda oilali urchitishni ham hisobga olib borish lozim. Bunda ularning bir - biriga mos ya’ni o‘xshash xususiyatlariga e’tibor beriladi.
Oila deb mashxur urg‘ochi hayvonning qizlar gurihiga aytiladi. Oilali urchitish asosan tez ko‘payuvchan chorvachilik tarmoqlarida (cho‘chqachilik, parrandachilik) muxim axamiyatga ega. Tizim bir qancha xo‘jaliklarda tarqalgan bo‘lsa, oila birmuncha kam sonli bo‘lib ayrim xo‘jaliklarda tarqalgan bo‘ladi. Oilalar ham o‘rtacha 3-4 bo‘g‘in atrofida davom etadilar. Ko‘pgina zotlarning kelib chiqishida mashxur oilalar muhim rol o‘ynagshan. Masalan, Xolmogor, YAraslav, Bustujev, Kastroma, simmental qoramol zotlarida, yirik oq cho‘chqa zotida va hakozolarda oilalar muhim rol uo‘ynagan. Ko‘pgina tizimlar mashxur sigirlar oilasidan kelib chiqqanlar. Oila ham geneologik va zavod oilasiga bo‘linishi mumkin. Geneologik oilalardagi hayvonlarning nasl sifati va maxsuldorligi har xil bo‘lishi mumkin. Zavod oilalari maqsadga muvofiq tanlash, juftlash natijasida yaratilgan bo‘lib, ularda ayrim qimmatli xususiyatlar mustahkamlangan bo‘ladi.
Ko‘pgina oilalarga kiruvchi hayvonlarning maxsuldorligi juda yuqori bo‘lib, zot andozasi talabidan ancha baland bo‘ladi. Masalan: Vologda viloyatidagi «Molochnoe» naslchilik zavodida qora –ola zotli qoramollarning yuqori maxsuldor oilalari yaratilgan.
Oila boshlig‘ining laqabi
va raqami
|
Oiladagi sigirlar
soni
|
305 kunlik sog‘im, kg
|
Sutdagi yog‘ miqdori, %
|
Verovochka 4826
|
18
|
6699
|
3,62
|
Fanaberiya 4385
|
18
|
6563
|
3,86
|
Gitara 137
|
26
|
6556
|
3,79
|
Vestnitsa 4972
|
36
|
6522
|
3,71
|
Maslenaya 9098
|
21
|
6489
|
3,80
|
Kalsevaya 7888
|
30
|
6456
|
3,80
|
Lakomka 8342
|
12
|
6427
|
3,75
|
Truxa 3130
|
10
|
6418
|
3,70
|
Zapakovka 7340
|
14
|
6411
|
3,76
|
Utopka 3840
|
17
|
6364
|
3,75
|
Tyulpanka 2826
|
9
|
6313
|
3,96
|
Nega 2496
|
29
|
6291
|
3,83
|
Skripka 1804
|
13
|
6256
|
3,74
|
Favoritka 4520
|
17
|
6225
|
3,67
|
Georgina 123
|
25
|
6179
|
3,84
|
«Molochnoe» naslchilik zavodidagi qora- ola zotning oilalari.
Oilalar tarkibidan juda yuqori maxsuldor – rekordis hayvonlar kelib chiqadi. Toshkent viloyatidagi «CHinoz» naslchilik zavodida qora- ola zotning juda ko‘p oilalari yaratilgan. Bu oilalardan 7000 – 10000 kg sut beradigan 100 ga yaqin sigirlar kelib chiqqan.
Oilalarni ma’lum tizimdagi naslli erkak hayvonlar Bilan juftlash va naslchilik ishining samaradorligini oshiradi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |