128.Mezozoy erasi (era)
(yunoncha mesos– o’rtacha, oraliq va
zae-hayot)-Yerning geologik tarixiga to’g’ri keladigan fanerozoy
zonasi (guruhi)ning ikkinchi eratemasi. 230 mln. yil avval
boshlanib, 163 mln. yil davom etgan (7-bob).
129.Bur davri –
mezozoy eratemasi (erasi)ning uchinchi (eng
yuqori) tizimi. 135-137 mln. yil avval boshlanib, 70 mln. yil
davom etgan(7-bob).
130.Merkaptan -
(tiospirtlar)-RSH, uglevodorodli radikallar
(R=CH
3
, C
2
H
5
va boshq.) bilan bog’liq, tarkibini sulfigidril
(merkapto) guruhlari-S-H tashkil etgan organik birikmalar. Juda
yoqimsiz hidga ega bo’lgan maishiy gaz.
131.Metagalaktika –
Koinotning bir qismi sanaladi, zamonaviy
astronomiyaning tadqiqot usullariga ko’ra, uni bir necha mlrd.
galaktikalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |