Ushbu vaziyatdan gid va turistlar qanday qilib chiqib ketishi mumkin? Navoi hududidagi Qizilqum Cho’li bo’ylab sayohat mobaynida ob-havoning noqulayligi va ushbu hududda turistlar dam olishi uchun hech qanday qulayliklarning yo’qligi ko’pgina muammolarni kelitirib chiqardi. Navoi hududidagi Qizilqum Cho’li bo’ylab sayohat mobaynida ob-havoning noqulayligi va ushbu hududda turistlar dam olishi uchun hech qanday qulayliklarning yo’qligi ko’pgina muammolarni kelitirib chiqardi. qanaqa qulayliklar tashkil qilish kerak deb hisoblaysiz. O‘zbekistonda ekoturizm istiqbollari keng Forish tumani mamlakatimizning so‘lim tabiati bilan ajralib turadigan noyob hududlaridan. Bu yerdagi “Nurota” davlat qo‘riqxonasida qushlarning 200, sut emizuvchilarning 34 turi yashaydi, 800 dan ziyod xildagi o‘simliklar mavjud. Shu hududga xos dilband lolasi, alqor, oq dumli burgut kabi o‘simlik va jonivorlarning endemik turlarini ko‘rish niyatida tashrif buyurayotgan sayyohlar safi tobora kengayib bormoqda. Xorijlik sayyohlar yurtimizning go‘zal tabiatidan bahra olganliklari, ko‘rsatilayotgan xizmatlari haqida qanaqa fikrda ekanliklarini uzlaridan tinglaymiz. Turone Leye( Yangi Zelandiya): Turone Leye( Yangi Zelandiya): – Men Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalarni tomosha qilib, ular asrab-avaylanayotganini ko‘rib, g‘oyat ta’sirlandim. Forishning Uxum, Sintob qishloqlarida bo‘lganimda esa tabiat go‘zalligi meni maftun etdi. Yurtingizda ajdodlaringizdan qolgan boy madaniy-ma’naviy meros qatorida tabiat ne’matlarini ham ko‘z qorachig‘iday asrashga alohida e’tibor qaratilayotganiga guvoh bo‘ldim. Georg Mars (Germaniya): – Forishda xalqaro “Qizil kitob“ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni ko‘rdim. “Qizilqum qo‘yi” deb ataladigan alqor va o‘simliklarning bir necha endemik turlarini ochiq tabiat qo‘ynida ko‘rish kishiga boshqacha zavq bag‘ishlar ekan. Meni qishloq odamlarining ochiq ko‘ngilligi, mehmondo‘stligi hayratga soldi. Bag‘rikeng, ezgu niyatli, faqat yaxshilik istovchi insonlargina ona tabiatga mana shunday mehr bilan qaraydilar. Salmon Albane (Fransiya): – O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud hamda ulardan samarali foydalanilmoqda. Ekoturizm rivoji odamlarning tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini taqozo etadi. Mamlakatingizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof va ibratga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |