279
Echish
. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er)
narxi uning
pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni
Erning puldagi chekli mahsuloti:
Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun
so`m.
Demak, fermer har bir gektar er uchun 5600 so`m renta to`laydi.
Fermerning umumiy daromadi:
Er narxi=ijara to`lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so`m bir gektari
uchun.
Tayanch so`z va iboralar:
ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish
funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli
mahsulot qiymati kapital.
XVII
BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Reja
17.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
17.2.Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
17.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
Ushbu bo`limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir
ko`rsatishini o`rganish uchun farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu
tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga
olib kelishini aniq ko`rsatadi.
Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor
muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli
yo`llarni ko`rib chiqamiz.
Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz.
Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko`rib
chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko`rsatadi.
Agar eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar
va daromadlar haqida
muhim ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i
d Q
d X
M P
X
x
4 0 0
4
.
M R P
X
8 0 0 0
8 0
.
M R P
X
8 0 0 0
8 0
8 0 0 0
8 0 3 0
8 0 0 0
2 4 0 0
5 6 0 0
.
204000
20
2
400
2
X
X
R
280
iste'molchilar to`lashga tayyor narxlarda o`lchanadigan alyuminiy miqdorini aks
ettiradi. Har qanday
berilgan miqdorda, talab chizig`i
balandligi chekli xaridor
to`lashga tayyor bo`lgan narxni ko`rsatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, u
iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko`rsatadi. Xuddi
shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har
qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni
ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi
uchun oxirgi sotilgan
alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi.
Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab
muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning
bozordagi miqdori 1-rasmdagi Q
bozor
sifatida ko`rsatilgan
bozor muvozanatida u
ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi
ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday
taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun
umumiy qiymatidan ishlab
chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat –
harajat) maksimal darajaga yetadi.