“Ebru” o’quvchiga ishonch beradi
Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’at darslari ta’limiy fa’oliyatning asosiy qismi hisoblanadi.Chunki har qanday yo’nalishdagi darslarda beriladigan yangi ma’lumotlarni o’quvchi tasviriy san’at vositasida oson va qiziqarli o’rganadi.Demak 1-2-sinflarda tasviriy san’atning ham zamonaviy va noan’anaviy usullaridan keng foydalanish o’quvchining tasavvur va tafakkur rivoji uchun muhimdir. Shu ma’noda «Еbru usuli»da boshlang’ich sinflarda foydalanish usullari mavjud.
Ebru – suvga maxsus (reaksiya kirishib,aralashib ketmaydigan va yuzada turadiga) kraska tomizilib, mo’y qalam yordamida rang-barang rasmlar hosil qilish va ularni qog’ozga yoki matoga o’tkazib hosil qilinadigan tasviriy san’at asaridir. Buning uchun maxsus kraskadan kerakli ranglar va mo’yqalamni harakatlantirish orqali turli tasvirlar yaratiladi.Bunda bir rang ustiga tanlangan boshqa ranglarni ham tomizish yoki shu tomchi atrofga alohida boshqa ranglarni tomizib ularni birlashtirib tasvir hosil qilish mumkin. Еbru mashg’uloti o’rta sinflardan boshlagan ma’qul. Sababi masalan 1-2-sinflarda o’qituvchi yordamida tasvir hosil qilib va uni qog’ozga ko’chirish mumkin. Qog’ozga tushurilgan tasvir va lozim bo’lsa ertangi mashg’ulotlarda rangli qalam yoki akvarel yordamida davom ettiriladi misol uchun ebru vositasida o’quvchi kapalak tasvirini hosil qilgan bo’lsa .Ebru yordamida chiziladigan rasmga fon ham tanlansa bo’ladi .Ya’ni Ebru usulida asosiy rasmdan oldin fon uchun rang tanlanadi va butun suv yuzasiga yoyib yuboriladi.Jarayon vaqtida iloji boricha har bir bolaga alohida suv uchun idish (qog’oz shakliga mos ravishda to’g’ri to’rtburchak bo’lgani ma’qul) va mo’y qalam berish lozim.Chunki bir idishda rasm solinadigan bo’lsa, birgina o’quvchi mashg’ulotni bajaradi va boshqa o’quvchilar tamoshabin bo’lib qoladi.Aksincha mashg’ulotni har bir o’quvchi alohida bajarsa,o’z mehnatini samarasini ko’radi.
Ebruni o’quvchilarga yoqadigan tomoni bu usul rasm chizishni xoxlamaydigan o’quvchini ham o’ziga sehrlab qo’yadi va ajoyib qiziqarli tasvirlarni chizishga yaratishga imkon beradi. Ebru usulida mutahasislarning ta’kidlashicha intelliktni hamda nostandart fikrlash qobilyatini rivojlantiradi. .O’quvchining o’zi mustaqil ravishda ijodkorlikni namoyon qiladi.Ayni bu usul o’ziga ishonchi past o’quvchilar bilan ishlash ayni muddao.Ebru usulida rasm chizgan o’quvchining o’ziga ichki ishonchi bilan birga xatolarni to’g’irlash mumkinligini o’rganadi.Giperaktiv bolalar esa tinchlanadi.
Xulosa.
Shuningdek xulosa qilib aytganda “Ebru”da ijod qilgan har bir o’quvchilar o’z erkin fikriga ega bo’ladi, estetik didlarini o’stiradi va go’zallikni ko’ra olishni rivojlantiradi. Shu sababdan ham bu san’at o’z individualligini bugungacha saqlab qolgan. Ebru o’tmish merosi emas, balki ichki his tuyg’ularini va fikrlari aks etadigan zamonaviy san’atdir.
Adabiyotlar ro’yxati
I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. “Ma’naviyat” nashriyoti, -T.:2008 y
Ne’mat Abdullayev “San’at tarixi” kitobi 2000
Nursaid Oydinov”Rassom o’qituvchilar”.”O’qituvchi-ziyo-noshir “nashiriyoti.
1997.
4.Rahim Hasanov”Tasviriy san’at asoslari””O”qituvchi”.Toshkent-2009.
Shukurova Ruxsora Raxmatullayevna
Ishtixon tuman 12-maktab tasviriy san’at o’qituvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |