21
Odam qonida bir necha xil limfotsitlar uchraydi. Ular ko'mikdagi limfoid
hujayralardan rivojlanib, qon orqali o'zlari yetiladigan to'qimalarga yetkaziladi.
Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko'paya boshlaydi.
Timusda
yetilgan
limfotsitlar
T-limfotsitlar
deb
ataladi.
ular
qondagi
limfositlarning 60% ni tashkil qiladi. T-limfotsitlar o'z navbatida T-killerlar va
T-xelperlarga bo'linadi. T-killerlar «qotil» hujayralar ham deyiiadi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra odam organizmi fagositoz yo'li bilangina emas, balki
gumoral omillar yordami bilan, ya'ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati
natijasida
vujudga
keladigan
mahsulotlarni
zararsizlantiruvchi
moddalarni
hujayralarda hosil qilish yo'li bilan infeksiyalardan saqlanadi.
Masalan, mikroblar qo'zg'aydigan ba'zi kasalliklarda (yuqumli kasalliklarda)
organizm bakteriya zaharlari-toksinlarini biriktirish yo'li bilan zararsizlantiruvchi-
antitoksinlar ishlab chiqaradi. Qonga toksinlar qayta-qayta yuborilgandan so'ng
organizmda tegishli antitoksinlar to'planadi, bunday qon zardobi kasalliklarni
davolash maqsadida ishlatiladi.
Leykotsitlarning ayrim turlari o'rtasidagi nisbati leykotsitar formula deb
ataladi (3-jadval).Leykotsitar formulani aniqlash klinikada katta ahamiyatga
egadir. Muayyan kasalliklarda leykotsitlarning ayrim turlari o'rtasidagi nisbat
xarakterli ravishda o'zgaradi. Masalan, ba'zi bir kasalliklarda, jumladan gijja
kasalliklarida eozinofillar miqdori oshib ketadi. Organizmda yallig'lanish jarayoni
bo'lsa neytrofillar ko'payib ketadi. Anginaning ba'zi o'smalari paydo bo'lganda
yosh leykotsitlar ko'payib ketadi. Shunga qaramay, kasallikr.i oxirigacha aniqlash
uchun albatta leykotsitar formulaning o'zini aniqlash kamlik qiladi.
Trombotsitlar (qon plastinkalari) suyaklarning ko'mik qismida va taloqda
hosil bo'Iadi. Odam trombotsitlarining asosiy vazifasi qonning ivishini
ta'minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday
odam jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to'xtatish qiyin bo'Iadi.
Salgina urilish, turtinish natijasida badanda ko'karish (qon quyilish) yuzaga
keladi, o'z-o'zidan burundan qon kelishi mumkin.
Trombotsitlarning deametri 1-4 mkm, dumaloq shakldagi plazmatik tuzilmalardir.
Odam va sut emizuvchilarning qon plastinkalari yadrosiz, shuning uchun
ko'pchilik tadqiqotchilar qon plastinkalarini hujayrasiz
tuzilmalar deb
hisoblashadi. Odamnirig 1 mm qonida 200-400 ming trombosit bor. Bu miqdor
kecha-kunduz davomida ancha o'zgarib turishi mumkin. Periferik qonda kunduzi
ko'proq, kechasi kamroq bo'Iadi. Bu jismoniy mashqlar mehnat va dam olish
rejimiga bog'liq. Masalan, og'ir jismoniy ishdan so'ng odamning qon plastinkalari
3-5 baravar ko'payib ketadi. Qon plastinkalari 8 kun davomida yettshib oladi. Qon
tomirlaridan chiqqan qondagi qon plastinkalari tez parchalanib, 5-11 kunda
yangilanib turadi. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra ular 2-5 kun yashaydi.
Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta
davomida og'ir jismoniy mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi
kasalliklarda trombotsitlarning soni kamayadi. Bu esa organizmning nihoyatda
kuchsizlanganidan dalolat beradi.
Trombotsit tarkibida serotonin moddasi bo'lib, u qon tomirlarini toraytirish va
qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: