Vitaminlar almashinuvi
Vitaminlar (lot.vita-hayot) deb organizm uchun zarur bo'lgan va nisbatan oz
miqdorda uchraydigan kimyoviy organik birikinalarga aytiladi. Bu moddalar
ko'pincha odam va hayvonlar organizmiga ovqat bilan kiradi, ba'zilari esa
organizmning o'zida sintezlanadi, Ular organizmning o'sishiga, modda almashinuviga
ta'sir ko'rsatib, organizmning turli fiziologik jarayonlarida ishtirok etadi.
Vitaminlarning asosiy manbai-o'simliklar hisoblanadi, ularga vitaminlar yoki
organizmda vitaminlarga aylanuvchi moddalar, ya'ni pro vitaminlar sinte/.Sanadi.
Odamga vitaminlar o'simlik yoki hayvon mahsulotlari orqali kirib keladi.
Vitaminlarni 1880 yilda rus olimi N.I.Lunin kashf etgan. Keyinchalik bu muhim
moddalarni 1912 yilda K.Funk tomonidan vitamin deb nomlangan. Uning fikricha
organizmdagi normal fiziologik holatning kechishi uchun ovqat bilan oqsil, yog',
karbonsuvlar,1 mineral tuzli-lr bilan birga vitaminlar ham kirib turishi kerak (6l-
rasm).
Turli vitaminlarning kimyoviy tuzilishi vd biologik ta'siri har xil. Vitaminlar
organizmda fermentlarning faol (prostetik) guruhlari vazifasini bajaradi.
Organizmda biror vitamin umuman etishmasa, avitaminoz deb nomlangan patologik
holat ro'y beradi, ovqat tarkibida biroz vitamin yetishmaganda, gipovitaminoz paydo
bo'ladi va vitaminning miqdori me'yordan oshib ketganda esa gipervitaminoz
kuzatiladi.61-rasm. Ovqat tarkibidagi turli vitaminlarning mavjudligi. А, В, С, D
guruhlar vitaminlari.
Turli avitaminozlar va gipovitaminozlar (masalan, polinevrit, raxit, pellagra, lavsha
va boshqalar) klinik belgilari bilan farq qiladi va butunlay boshqa-boshqa kasalliklar
hisoblanadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan u yoki bu vitaminni kiritish
yo'li bilan tegishli avitaminoz yoki gipovitaminoz kasalliklarining oldini olish yoki
tuzatish mumkin.
Vitaminlarni lotin alifbosi harflari bilan ko'rsatiladi va kimyoviy yoki fiziologik
nomlari bilan alashadi (fiziologik nomi vitaminning ta'siriga qarab beriladi).
Hamma vitaminlar ikkita kata guruhga bo'linadi: 1) suvda eriydigan vitaminlar; 2)
yog'da eriydigan vitaminlar,
Suvda eriydigan vitaminlarga vitamin В guruhiga kiruvchi katia guruh, vitamin С va
vitamin P lar kiradi. Vitamin В guruhiga: vitamin B, (tiamin), vitamin B2
(riboflavin), vitamin Be (piridoksin), vitamin B12 (siankobalamin), vitamin PP
(nikotinamid), pantoten kislota, biotin, fol kislotasi, xolin va boshqa ba'zi moddalar
kiradi.
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, (retinol) bilan vitamin A2 (degidroretinol),
D guruh vitaminlariga (ergokalsiferol), vitamin E (tokoferol), vitamin К (filloxinon)
lar kiradi. Ko'pchilik vitaminlar odam organizmida tez parchalanib ketadi va
organizmda to'planmaydi, shuning uchun ular odam organizmiga doim ovqat bilan
kirib turishi kerak. Ayniqsa A, D, B,, B2, PP va С vitaminlar shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |