80
qiladi. Odam me'dasining toza shirasi tiniq, rangsiz, kislota reaksiyali suyuqlikdir.
Kislota reaksiyasi uning tarkibida xlorid kislota borligiga bog'liq. Odamning me'da
shirasida 0,4-0,5% HC1 bor, toza^ shiraning pH 1,5-1,8 ga teng. Me'dada ovqat
turganda me'da suyuqligidagi HC1 konsentratsiyasi biroz past, ya'ni pH 1,5-2,5 ga
teng bo'ladi.
I.P.Pavlovning fikricha, normal sharoitda me'da bezlaridan ishlanib chiqadigan
kislota konsentratsiyasining pasayishiga o'n ikki barmoqli ichakdan kiradigan
ishqoriy shira va me'daning o'zida ishlanib chiqadiganbilan me'daning sekretor
hujayralariga ta'sir etadi. Gistamin esa me'daning shilliq qavatida hosil bo'lib,
me'daning sekretor hujayralariga parakrin yo'li bilan va N2 - gistamin retseptorlari
orqali ta'sir etadi.
Me'da
bezlari
sekretsiyasining
kimyoviy
qo'zg'atuvchilaridan
yana
bir
guruhi
oqsillarning gidroliz mahsulotlari
polipeptidlar va
aminokislotalar hisoblanadi. Bu ta'sirlovchilar ham gastrin sekretsiyasini
qo'zg'atuvchi omillar hisobiga kiradi. Gastrin ishlab chiqaradigan hujayralarda me'da
bo'shlig'iga qaratilgan mikrovorsinkalar mavjud bo'lib, ular yordamida bu hujayralar
kimyoviy qitiqlagichlar ta'sirini qabul qilishadi. Gastrin me'daning qoplovchi
hujayralari faoliyatini kuchaytirib xlorid kislotani ishlab chiqarishga ishtirok etadi,
Lekin me'da shirasining muhiti faqat - pH 3,0 dan pastroq bo'lganida gastrinning
sekretsiya tizimida manfiy qaytarma aloqa borligidan dalolat beradi.
Me'da shirasida me'da sekretsiyasini tormozlanuvchi somatostatin peptidi borligi
haqida ham ma'lumotlar bor. Me'da sekretsiyasining ichakka taalluqli fazasida o'n
ikki barmoq ichakning shilliq qavatidan ishlab chiqadigan sekretin HC1
sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadi, lekin pepsinogen sekretsiyasini
qo'zg'atadi. Me'da shirasi sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadigan yana bir
omil - yog'dir. Yog'ning bunday tormozlovchi samarasi me'da bezlari faoliyatiga
xolesistokinin va gastroingibitor peptidlarining ta'siri orqali amalga oshiriladi degan
taxminlar bor.
Me'da sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi omillardan yana biri - emotsiya va stress
hisoblanadi. Bu vaqtda adrenergik ta'siri yaqqol kuzatiladi, chunki simpatoadrenal
tizimining faollanishi xlorid kislota sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir baxsh etadi.
Shuningdek, emotsional hayajonlanish (qo'rquv, g'am-g'ussa) me'dada shira ishlab
chiqarishini pasaytirsa, achchiqlanish, qahru-g'azab, qattiq asabiylik, aksincha, me'da
sekretsiyasini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: