86
Organizmning ovqatga bo'lgan ehtiyoji ortib hazm
tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me'da-ichak yo'llarida shira ajralib
chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o'tayotgan butun hazm jarayonlariga
ijobiy ta'sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko'rsatadigan ta'siri
hamma vaqtda ham ijobiy bo'la olmaydi. Ovqat iste'mol qilingandan key in jismoniy
ish bajarishi, aksincha hazm a'zolari faoliyatiga salbiy ta'sir yetkazishi ham mumkin;
me'da-ichakda shira chiqaruvchi bezlarning faoliyati pasayib ketadi va hatto
tormozlanadi.
Hayvonlar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida
hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo'l bilan sekretsiya bo'ladigan
hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi.
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining
tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan
bog'liq bo'lishi mumkin. Bu funksional o'zgarishlar markaziy asab tizimida
qo'zg'algan harakat markazlariga manfiy induksiyaning paydo bo'lishi bilan
asoslanadi.
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta'sirot yetkazadigan yana bir
omil, bu qonni qayta taqsimlanisnidir, buning natijasida hazm bezlarning qonga
ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste'mol
qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug'ullanish man etiladi.
Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak faoliyati nafaqat
hazm jarayonlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish
faolligiga hamda mushaklarning harakat faoliyatiga halaqit beradi. Hazm
markazlarining qo'zg'alishi, qonning mushaklardan qorin bo'shlig'iga oqib borishi
jismoniy mehnatga salbiy ta'sir yetkazadi. Bundan tashqari, me'dada ovqatning ko'p
yig'ilishi diafragmani ko'tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga
salbiy ta'sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste'mol qilish va jismoniy mashqlar
o'rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko'p vaqt bu qoidaga
rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste'mol qilish va
jismoniy mashqlarning bajarilishi o'rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo'lmasligi kerak.
Hazm a'zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va
sport mashqlari bilan bog'liq faoliyatini yo'lga qo'yishlari ahamiyatga ega. Masalan,
tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. O'zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda +40-47° gacha
ko'tariladi. Bunday sharoitda organizm a'zolari faoliyati keskin o'zgaradi, nafas olish
va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida
ham o'zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko'p suv yo'qotadi, qon
quyuqlashadi,mushak-asab qo'zg'aluvchanligi o'zgaradi. Shuning uchun issiq
sharoitda odam organizmining chidamli bo'lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini
oshirishi va turli sport turlari bo'yicha muvoffaqqiyatlarga erishish uchun organizm
adaptatsiyasining chora tadbirlarini o'ylab topish zaruriyati tug'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: