39
Qon bosimi darajasi quyidagi asosiy uch omilga bog'liq: yurak qisqarishining tezligi
va kuchi, umumiy periferik qarshilik, ya'ni tomirlar devorlarining tonusi; aylanishda
bo'lgan umumiy qon hajmi.
Odatda qon bosimi arterial, venoz, kapillarlar qon tomirlarida o'lchalanadi-
Sistolik (maksimal) bosimi chap qorinchadagi miokard holatini aks etadi, 13,3-16,0
kPa (100-120 mm simob ustuni) ga teng.
• Diastolik (minimal) bosimi arteriya devorining tonusi darajasini ifodalaydi,
7,8-10,7 kPa (60-80 mm simob ustuni)ga teng.
Puls bosimi - sistola va diastola bosimlarining farqini ko'rsatib, qprinchalar. sistolasi
fazasida aortal va pulmonar klapanlarining ochilishi uchun xizmat qiladi. Me'yorda
bu bosim 4,7-7,3 kPa (35-55 mm simob ustuni) ga teng. Sistolik bosirn diastolik
bosim bilan teng bo'lgan hollarda qon harakatsiz qoladi va o'lim.sodir bo'ladi.
O'rta dinamik bosim diastolik bosimining yig'indisiga va puls bosimining 1/3- ga teng
bo'lib, qonning muntazam harakati energiyasini ifodalaydi va maxsus shu qon tomiri
yoki shu organizm uchun xos ekanligini ko'rsatadi.
Qon bosimi darajasiga quyidagi omillar ta'sir etadi: odam yoshi, kecha kunduz,
organizmning umumiy fiziologik holati, markaziy asab tizimining funksional holati
va hokazo. Yangi tug'ilgan bolalarda maksimal arterial qon bosimi 5,3 kPa (40 mm
simob ustuni)ga teng, bir oylik yoshdagi bolalarda - 10,7 kPa (80 mm simob usluni),
10-14 yoshda - 13,3 - 14,7 kPa (100-110 mm simob ustuni)ga, 20-40 yoshda - 14,7-
17,3 kPa (110-130 mm simob ustuni)ga teng. Keksalik chog'ida maksimal bosim
minimal bosimga nisbatan ko'proq oshadi. Kecha kunduz davomida arterial bosim
o'zgaradi: uning dinamikasi kunduzi kechasiga qaraganda balandroq bo'ladi.Arterial
qon bosimi og'ir jismoniy tarbiya mashqlari natijasida keskin oshib ketadi - 150-200
mm ga yetadi. Lekin yurakning ish faoliyati 3-5 daqiqa odam dam olgandan keyin
yana o'z me'yoriga qaytadi.
Odam arterial qon boismining me'yorga nisbatan ortishi - gipertoniya (gipertenziya),
pasayishi gipotoniya (gipotenziya) deyiladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek odamning
qon bosimi arteriyalar, venalar va kapillarlarda o'lchalanadi. Yelka arteriyasidagi
sistolik (maksimal) bosim 110-120 mm, diastolik (minimal) bosim esa 60-80 mm
simob ustuniga teng. Buni Riva-rochi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari
yordamida N.S.Korotkov usulida yelka arteriyasida o'lchanadi.
Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa maksimal arterial bosim 200-250 mm
gacha ko'tariladi, minimal arterial bosim esa keskin pasayadi. Yurakning ish faoliyati
kuchsizlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy mashqlarni bajarganda, arterial
bosimining o'zgarishi 5-10 daqiqada o'z me'yoriga qaytmaydi va yuragi tez urishi,
nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: