E nuritdinov


Me'daning harakat (motor) funksiyasi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Me'daning harakat (motor) funksiyasi 
 
Me'dadagi  ovqatni  shira  bilan  aralashishi,  harakati  me'daning  chiqish  qismiga  qarab 
siljishi  uning  motor  funksiyasi  tufayli  amalga  oshiriladi.  Me'da  devorida  silliq 
mushaklar  bo'lib,  ular  kuchsiz  taranglangan  holatda  (tonusda)  turadi.  Bu  me'da 
bo'shlig'ida  doimo  bosim  bo'lishini  ta'minlaydi.  Me'dada  ovqat  bo'lmaganda  ham 
uning devori davriy harakatlanib turadi. Bunday harakat 10-15 daqiqa davom etadi va 
har 1,5-2,0 soatda takrorlanadi. 
Shunday  qilib,  me'da  devoridagi  shilliq  mushak  tolalarining  qisqarishi  me'daning 
motor  funksiyasini,  ya'ni  harakat  funksiyasini  ta'minlaydi.Buning  ahamiyati 
me'dadagi ovqatni aralashtirib undan ichakka o'tkazishdan iborat. 


 
81 
Ovqatning ichakka o'tishini boshqarishda pilorik sfinktcr muhim rol o'ynaydi. Pilorik 
sfinkter  me'daning  pilorik  qismi  oxirida  bo'lib,  me'dadan  chiqish  qismini  berkitib 
turadi.  Prepilorik  sfinkter  esa  me'daning  fundal  qismi  bilan  pilorik  qismi  orasida 
bo'ladi. 
Me'da devorining to'lqinsimop (peristaltik) harakati natijasida ovqat me'daning kirish 
qismidan  chiqish  (pilorik)  qismi  tomon  suriladi  va  ovqat  luqmalari  holida  o'n  ikki 
barmoq ichakga o'tadi. 
Me'da  devorining  harakati  asab  va  gumoral  yo'l  bilan  boshqariladi.  Asab  yo'li  bilan 
boshqarilishda simpatik asab tolalari qo'zg'alishi me'da devori harakatini susaytiradi, 
adashgan  tolalar  qo'zg'alishi  esa  kuchaytiradi.  Me'da  devorining  harakatini 
boshqaradigan markazlar markaziy asab tizimining turli bo'limlarida uzunchoq miya, 
gipotalamus, limbika gumbazida joylashgan. 
Me'da  devori  harakatining  gumoral  yo'l  bilan  boshqarilishida  gastrointestinal 
gormonlar  katta  ahamiyatga  ega.  Gormonlardan  gastrin,  motilin,  serotonin,  insulin, 
gistamin, xolin me'da harakatini kuchaytiradi, sekretin, xolesistokinin, pankreozimin 
esa, sekinlashtiradi. 
 
Qusish 
 
Qusish  -  organizmga  kirgan  zarrali  moddalaming  organizmdan  chiqib  ketishiga 
yordam beradigan himoya jarayonidir. Qusish vaqtida avval ingichka ichak devorlari 
qisqarib,  ularning  ichidagi  aralashma  massa  orqaga  qarab  (antiperistaltik  harakat) 
qaytadi  va  me'daga  qayta  chiqadi.  So'ngra  me'daning  kirish  qismi  keng  ochiladi  va 
diafragma  bilan  qorin  devorining  zo'r  berib  qisqarishi  tufayli  me'da  ichidagi  massa 
qizilo'ngachga otilib chiqadi, u yerdan esa og'izga o'tib, tashqariga chiqadi. 
Qusish  reflektor  jarayon  bo'lib,  tomoq,  til  ildizi,  me'da,  ichak  shilliq  pardasi  va 
shunga  o'xshashlarning  ta'sirlanishi  kelib  chiqadi.  Retseptorlar  ta'sirlanganda  paydo 
bo'ladigan  qo'zg'alish  uzunchoq  miyadagi  qusish  markaziga  boradi  va  u  yerdan 
makkazdan  qochuvchi  asablar  orqali  mushaklarga  (qusish  vaqtida  qisqaradigan 
mushaklarga) keladi. 
Qonga yoki terining ostiga apmorfin yuborib, kishi yoki hayvonni qustirish mumkin. 
Uzunchoq  miyani  aylanib  o'tadigan  qonda  shu  modda  paydo  bo'lsa,  qusish  markazi 
qo'zg'aladi. 
Odam nafas chiqarib turib qusadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish