E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ovqatni yutish 
 
Ovqatni  yutish  ham  murakkab  reflektor  jarayondan  iborat.  Ovqat  yutish  markazi 
uzunchoq  miyada  o'rnashgan.  Og'izda  ovqat  ezilib  va  so'lak  bilan  aralashib,  yutish 
uchun  tayyorlangan  ovqat  lo'qmasi  til  ustiga  olinadi, so'ngra  maxsus  mushaklarning 
qisqarishi natijasida til  yuqoriga ko'tarilib,  ovqatni  tanglayga  qaratib siqadi. Bundan 
keyin  tilning  o'rta  qismi  yuqoriga  ko'tarilib,  ovqatni  orqaga  itaradi.  Shu  vaqtda 
og'izdagi asab uchlari qitiqlanib, ta'sirot uzunchoq  miyadagi ovqat yutish markaziga 
boradi  va  undan  hiqildoqga  keladi,  natijada  traxeya  hiqildoq  ustligi  bilan  bekilib, 
qizilo'ngach yo'li ochiladi va ovqat qizilo'ngachgacha tushadi. 
Ovqat  yutish  markazining  ishi  uzunchoq  miyadagi  boshqa  markazlar  ishi  bilan 
bog'liq.  Shuning  uchun  ovqat  yutish  vaqtida  nafas  olish  markazining  ishi 
tormozlanadi,  yurak  ishini  boshqaruvchi  markaz  qo'zg'aladi  va  natijada,  nafas  olish 
to'xtaydi, yurak ishi tezlashadi. 


 
79 
Ovqat  qizilo'ngachga  o'tgandan  keyin  qizilo'rtgach  mushaklarining  birin-ketin 
qisqarishi natijasida u yuqoridan pastga qarab suriladi. Odam qizilo'ngachi 25-30 sm 
uzunligidagi  naydan  iborat  bo'lib,  uch  qavat  to'qimadan  -  shilimshiq  qavat,  mushak 
va  biriktiruvchi  to'qima  qavatlaridan  tuzilgan.  Qizilo'ngachning  ustki  qismi 
ko'ndalang  -  chiziqli,  ostki  qismi  esa  tekis  tolali  mushaklardan  tuzilgan.  Ovqat 
yutmagan  vaqtda  bu  mushaklar  bir  oz  qisqargan  holda  bo'ladi,  ovqat  yutish  vaqtida 
esa mushaklar bo'shashib, qizilo'ngach kengayadi. Agar suyuq narsa yutilsa, suyuqlik 
kengaygan  qizilo'ngachdan  2-3  soniyadan  o'tadi.  Quyuq  ovqat  yeganda  esa, 
qizilo'ngach devori to'lqinsimon (peristaltik) qisqarib ovqatni me'da tomonga itaradi. 
Qizilo'ngach adashgan asabdan innervatsiya oladi: bu asab ta'sirlanganda qizilo'ngach 
harakatga  keladi.  Ikkala  adashgan  asab  qisqarilganda  harakatlari  qisman  falajlanadi. 
Mushuklar  ustida  o'tkazilgan  tajribalar  shuni  ko'rsatdiki,  adashgan  asablar 
qisqargandan 9-24 soat keyin qizilo'ngachning silliq mushak tolalaridan tarkib topgan 
o'rta va pastki qismlari yana harakatga keladi, uning ko'ndalang-targ'il mushaklardan 
tuzilgan  yuqori  qismi  esa  falajlanganicha  qoladi.  Ehtimol,  qizilo'ngachning  pastki 
qismidagi  silliq  mushaklar  orasida  asab  hujayralari  borligi  tufayli  bu  qismi  yana 
harakatga  kelib  ketsa  kerak.  Simpatik  asablarning  ta'sirlanishi  ham  qizilo'ngach 
mushaklarini qo'zg'atadi. 
Yutish  harakatlari  bo'lmaganda  me'daning  kirish  qismi  (kardial  qismi)  berk  turadi. 
Ovqat qizilo'ngachdan o'tayotganda uni cho'zadi va me'dani kirish qismi refleks yo'li 
bilan  ochiladi.  Odam  qusganda  me'da,  qorin  mushaklari  va  diafragmaning  keskin 
qisqarishi tufayli ham kardial mushaklari bo'shashadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish