K
d
– 1/
K
b
, bu erda
K
b
– amaldagi tarif o‘rnaltilgan kunida
o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursi qiymati).
O‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursining o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘lgan bazaviy (asosiy) tarifning tashkil etuvchilariga quyidagilar
kiradi:
yoqilg‘i mahsulotlari (gaz, mazut, dizel, yoqilg‘i va h.k.);
sotib olinadigan energiyaga ketadigan barcha xarajatlar;
respublikada
ishlab-chiqarilmaydigan,
texnalogik
asbob-
uskunalarni tamirlashdagi xizmatlar
uchun
ketgan
qo‘shimcha
mablag‘lar;
rezident bo‘lmaganlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab-chiqarish
harakteriga ega bo‘lgan xizmatlar.
Bazaviy tariflarni hisoblaganda, qolgan xarajatlarni tashkil etuvchilari
(ish haki, amortizatsion chegirma, boshqa pul sarflari va h.k.) bilan birga,
tariflarning indeksatsiya qilinmaydigan ulushini aniqlaydigan, o‘zbek
83
so‘mining AQSH dollariga nisbatan bo‘lgan kursini o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan, bu esa tashkil etuvchilarning rejaviy ulushini aniqlaydilar.
Elektr energiyaga bo‘lgan tariflar tizimining asosiy ko‘rinishlari
qo‘yidagilardir:
elektr energiya hisoblashi bo‘yicha bir stavkali tarif;
tirkalgan elektr qabul qiluvchilar quvvati uchun asosiy stavka bilan
ikki stavkali tarif;
maksimal yuklanishni to‘laydigan ikki stavkali tarif;
energiya tizimining maksimumda ishtirok etadigan iste`molchining
quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif;
kecha – kunduz, hafta kunlari, yil fasllari vaqti bo‘yicha
differentsiallangan, bir stavkali tarif.
Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko‗r-ko‗rona
foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo‗llash amaliyoti
qonunchilikda belgilab qo‗yilmagani bebaho ne'matning iste'molchilar
tomonidan huda-behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi
chiroq yoqib qo‗yish, televizorning ko‗rilsa-ko‗rilmasa muntazam yoniq
turishi va hokazo...
Hozirgi kunda Respublikamizda elektr energiyasi uchun o‗rnatilgan
tariflar yaqin va uzoq xorijdagi davlatlarga nisbatan ancha pastdir.
Masalan, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi Qozog‗istonda 5,1 sent,
Rossiyada 5,8 sent, Hindistonda 5 sent, Xitoyda 5,6 sent, Yevropa Ittifoqi
mamlakatlarida 9-14 yevrosent bo‗lgani holda yurtimizda 2,8 sentdir.
Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko‗r-ko‗rona
foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo‗llash amaliyoti
qonunchilikda belgilab qo‗yilmagani bebaho ne'matning iste'molchilar
tomonidan huda-behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi
chiroq yoqib qo‗yish, televizorning ko‗rilsa-ko‗rilmasa muntazam yoniq
turishi va hokazo...
Elektr energiyaga bir stavkali tarif bo‘yicha berilgan elektr energiya
miqdoriga to‘lash bilan, iste`molchidan elektr energiya tizimi (EET) uchun
birmuncha o‘rtacha narx bo‘yicha hisoblagichda hisobga olinib, iste`mol
qilingan elektr energiya uchun to‘lov olinadi. Elektr energiyani kelajak
yillik iste`moli yetarli darajada aniq bashorat qilingani uchun, elektr
84
energiyadan foydalanganligi uchun barcha to‘lovlar, EET barcha sarflarni
yopadi va rejali tushumlarni ta`minlaydi.
Bir stavkali tarif, iste`molchini elektr energiyani ishlab-chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lmagan narxlarga sarfini qisqartirishni, elektr qabul
qiluvchilarni ishlash rejimini va elektr ta`minotini rasional tizimini
yaratishni rag‘batlantiradi, chunki ushbu korxona xarajatlarini pasaytirish
imkonini beradi. Lekin elektr energiya narxini kecha – kunduz vaqti
bo‘yicha differentsiallashning bo‘lmaganligi, iste`molchini maksimum
soatlarda yuklamani tushirish va kechasida pasayish soatlarida yuklamani
ko‘tarishni rag‘batlantirmaydi, ya`ni EET yuklama grafigini tekislashga
ta`sir qilmaydi, va natijada elektr energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan
xarajatni pasaytirmaydi.
Tirkalgan elektr qabul qiluvchi quvvatiga asosiy stavka bilan ikki
stavkali tarif, tirkalgan elektr energiya qabul qiluvchilarning ja`mi quvvati
uchun to‘lovni va hisoblagich hisobga olgan iste`mol qilingan elektr
energiya (W), kVt.s uchun to‘lovni ko‘zda tutadi.
Bunday tarifni amal qilishining zarurligi, zamonaviy yirik sanoat
korxonalarining o‘rnalgan quvvati yuz va ming megavolt – amperni tashkil
etganligi bilan bog‘liq, qator hollarda elektr jihozlar va elektr ta`minotiga
bo‘lgan xarajatlar korxona narxining 50% ni tashkil etadi. Elektr ta`minoti
tizimini qurish uchun katta miqdordagi kabel mahsuloti va qurilmalar sarf
bo‘ladi.
Sanoat sohalaridagi elektr jihozlarning o‘rnalgan quvvati elektr
stansiyalarining o‘rnalgan quvvatidan ortiq va yildan-yilga o‘sib
bormoqda. Bu texnologik jarayonlarni keng elektrlashtirish, shaxsiy elektr
yuritmalardan foydalanish bilan aniqlanadi. Elektr ta`minoti tizimini
rasionalizatsiya qilish va ularni energiya sarfini pasaytirish uchun ularda
bevosita elektr qabul qiluvchilar oldida energiyani ishchi kuchlanishga
aylantirish va uzatishni amalga oshiradigan ta`minot liniyalarining chuqur
kirishlarini qo‘llab amalga oshiradigan elektr energiyani taqsimlash,
transformatsiyalashni o‘zgartirish va kommutatsiyalashni markazlashtir-
maslik qabul qilingan. Bunda transformatsiyalash zinalari qisqartiriladi.
Nimstantsiyalarni yiriklashtirmaslik toklarni kamaytiradi, bu o‘z
navbatida, elektr yo‘qotishlarni pasaytirishga olib keladi. Lekin
85
transformatsiyani
markazlashtirmaslik,
odatda
markazlashgan
transformatsiyadagi zarur bo‘lgan transformator quvvatiga nisbatan chuqur
qirishli nimstantsiyalarda o‘rnatilgan trasformatorlarning ja`mi quvvatini
ortishiga olib keladi.
Bunday tarifda iste`molchi korxona elektr ta`minotining eng ratsional
sxemasini tanlash xuquqiga ega bo‘ladi, EET maksimumida ishtirok
etuvchi quvvatni pasaytirishga manfaatdor (chunki shunga mos ravishda
uning xarajatlari kamayadi) va elektr energiyani noishlab chiqarishga
sarfini qisqartirishga harakat qiladi. Yuklama maksimumining kamaytirish
va iste`mol grafigining boshqa tomonga surish, grafikni tekislaydi va
natijada ishlab chiqarilayotgan elektr energiya sarfini pasaytiradi.
YoER lardan ratsional foydalanish tabiiy gazga mavsumiy narxlarni
va issiqlik hamda elektr energiyalarga mavsumiy tariflarni o‘rnatish bilan
rag‘batlantiriladi.
Qishloq va shahar aholisi uchun elektr energiyaga differentsiyalangan
tarmoqlar mavjud. Elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi
shahar aholisi uchun elektr energiyaga bo‘lgan tariflar, boshqa hamma
shahar aholisi uchun bo‘lgan tariflardan pastdir.
Gaz hisoblagichi mavjud bo‘lgan yashash uylarida 1m3 iste`mol
etilayotgan gaz uchun tarif o‘rnatilgan bo‘lib, isitish mavsumida bu tarif
past (agar gaz bilan isitish mavjud bo‘lsa) va yozgi davrda yuqori bo‘ladi.
Agar gaz bilan isitish mavjud bo‘lmasa tarif barcha vaqtda bir xil bo‘ladi.
Gaz hisoblagich bo‘lmagan uylarda to‘lov har oyga kishi boshiga tarif
o‘rnatiladi. Bunda bu tarif xonada gaz plitalari mavjudligiga bog‘liq holda
differentsatsiya qilinadi va:
issiq suvlarning markazlashgan hududiy ta‘minotida;
tabiiy gaz yordamida suv isitgich moslamalari (markazlashgan issiq
suv ta`minoti mavjud bo‘lmaganda);
issiq suvlarning markazlashgan hududiy ta‘minotida va tabiiy gaz
yordamida suv isitkich moslamalari bo‘lmaganda;
Aholining yashamaydigan xonalarini teplitsa (issiqxona), texnikani
ta`mirlaydigan ustaxona, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish xonalari va h.k.)
isitish uchun gaz berish sanoat iste`molchilari uchun o‘rnatilgan narxlar
bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda bu imoratlarda gaz hisoblagichi bo‘lsa
86
to‘lov hisoblagichni ko‘rsatkichi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi, agar gaz
hisoblagich bo‘lmasa isitilayotgan xonaning 1 kv.m ga gaz ketishining
tasdiqlangan normasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |