1.2.Rasm. Gidroelektr stansiyasining ishlash prinsipi
Gidroelektr stansiyalarning FIK yuqori bo‗lib, elektr stansiyalar ichida
FIK eng yuqorisidir. Gidroelektr stansiyalarning o‘rtacha FIK = 93 % ni
tashkil etadi. Issiqlik elektr stansiyalarida esa bu kursatkich 40 % dan
oshmaydi. Gidroelektr stansiyalarda boshqa elektr stansiyalardagiga
nisbatan quvvatini rostlash oson amalga oshiriladi. Bu elektr stansiyalarni
ishga tushirish, to‘xtatish, quvvatini rostlash jarayonida turbinaga
kelayotgan suvning tezligini o‗zgartirishning hojati yo‗q va ishlashining
ishonshlilik darajasi juda yuqori. Shuning uchun ham quvvatini
45
rostlashning tezkorligi va arzon elektr energiya manbai sifatida GES lar
g‘oyat ahamiyatlidir.
GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan,
ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr
stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv
omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES qurilishi nisbatan ko‗p
mablag‗ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona
ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi.
Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (ko‗mir, yoqilg‗i) bir kun
kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda
har yili qayta to‗planadi.
So‗ngi hisob-kitoblarga qaraganda, gidroenergetika jahonda ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyaning 63 foizini yetkazib beradi. Aholi jon
boshiga hisoblaganda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‗yicha
Norvegiya, Islandiya va Kanada yuqori o‗rinlarni egallaydi. Ularning
safiga Xitoy ham qo‗shilyapti. Chunki bu mamlakatda 2000 yildan
e‘tiboran keng ko‗lamda GES qurilishi boshlandi. Hozir Xitoy dunyodagi
kichik gidroelektr stansiyalarining deyarli yarmiga egalik qiladi.
Dunyodagi eng yirik GES Xitoyning Yanzi daryosidagi 1997 yilda
qurilishi boshlangan va 2011 yilda qurib bitkazilgan quvvati 700 MVt dan
bo‗lgan 26 ta agregatli, umumiy quvvati 22,4 GVt ni tashkil etuvchi ―Uch
dara‖ GESi hisoblanadi.
Dunyodagi gidravlik energiyaning iqtisodiy potensiali 8100 TVt.s ga
baholanadi. Barcha gidrostansiyalarning o‗rnatilgan quvvati 669 TVt ni
tashkil etadi, ishlab chiqariladigan elektr energiya esa-2691 TV.s.ni tashkil
etadi. Kichik gidroenergetikadagi dunyo bo‗yicha etakchi Xitoy
hisoblanib, u yerda 1950 yildan 1996 yilgacha kichik GESlarning umumiy
quvvati 5,9 dan 19200 MVt gacha o‗sdi. Hindistonda 1998 yil yakunida
kichik GESlar (3 MVt gacha birlamchi quvvatli)ning o‗rnatilgan quvvati
173 MVt ni tashkil etgan; qurilish bosqichida umumiy quvvati 188 MVt
bo‗lgan GESlar mavjud.
Energiya resurslari narxlarini umumiy oshirish kichik va o‗rtacha
GESlar elektr energiyasini raqobatbardoshligi uchun zamin yaratadi.
Tajribalarning ko‗rsatishicha mikroGESlarning turli ko‗rinishlari (engli,
46
engsiz, tirgakli va h.q.)dan foydalanish samaradorligini ko‗rsatadi. Suv
oqimlari energiyasidan kompleksli foydalanish mutloq energiya iste‘mol
qilish kattaligi bo‗yicha kam quvvatli, lekin ishlab chiqarish natijalari
bo‗yicha juda samarali chiqarilgan iste‘molchilarni energiya bilan
ta‘minlash muammosini yechishga yordam beradi. Markazlashgan
energiya ta‘minoti tumanlarida, lokal avtonom energiya manbalaridan
foydalanish energetik bozorning raqobatchi muhitni yaratishiga imkon
beradi. Kichik va o‗rta suv oqimlari energiyasi bilan birga, bunday
raqobatda noan‘anaviy energiya manbalari (Shamol, quyosh, biogaz
energiyasi) ham qatnashishi mumkin. Dastlabki hisoblar bo‘yicha kichik
va o‗rtacha suv oqimlari, mahalliy va noan‘anaviy energiya manbalari
potensiali mutloq qiymati bo‗yicha birlamchi energiyadan umumiy
foydalanishdan 1 dan 1,5% gacha tashkil etadi. Undan ijtimoiy samarasi,
kichik va o‗rta biznes uchun muhitni yaratish, respublikaning cheka
tumanlaridagi yashash sharoitlari qulayligi oshirish uchun natijasida
yuqoriroq o‗lchanmaydi.
O‗zbekistonning tabiiy yer tuzilishi va relefidan kelib chiqqan holda
gidroelektr stansiyalar qurilgan. Shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda
kichik daryolarning tabiiy suv oqimi kuchidan foydalanib, o‘sha
hududlarnini elektr energiya bilan ta‘minlash uchun uncha katta quvvatli
bo‘lmagan kichik gidroelektr stansiyalarni qurish iqtisodiy jihatdan ma‘qul
bo‗lgani sababli amaliyotga kirib bormoqda.
O‗zbekiston sharoitida GES larni qurishda suvning ma‘lum bosim
kuchini hosil qilish hamda suv ta‘minotinig uzluksizligini ta‘minlash
maqsadida barpo etiladigan sun‘iy suv omborlari, qishloq xo‘jaligida
ekinzorlarni sug‘orishda kafolatlangan suv ta‘minoti bo‗lishini ham
ta‘minlaydi.
Respublikada energetikaning ravnaqi Toshkent shahri yaqinida
joylashgan Bo‗zsuv GES i qurilishidan boshlangan. Quvvati 4 ming kVt
bo‗lgan bu stansiya 1926 yilning may oyida ishga tushirilgan edi.
1.3-rasmda Bo‗zsuv GESning umumiy ko‗rinishi va elektr energiya
ishlab chiqaruvchi generatorlari joylashtirilgan zalning umumiy ko‗rinishi
tasvirlangan. Chirchiq-Bo‗zsuv traktida elektr stansiyalarining qurilishi tez
47
sur‘atlar bilan davom ettirilib, 1926 yildan 1940 yilga qadar mazkur
yo‗nalishda 67 ming kVt quvvat ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |