Ikki bosqichli tarif
- ikki bosqichli tariflar qabul qilingan maksimal
quvvati S>750 kVA dan katta bo‗lgan sanoat va unga tenglashtirilgan
korxonalarda ishlatiladi.
Tarif preyskuranti
– preyskurant elektr energiyasi tarifini va issiklik
energiyasi tarifini ifodalaydi.
Grafikni to‘ldirish koeffitsienti
– ma‘lum vaqt oralig‗idagi o‗rtacha
quvvatning maksimal quvvatga nisbatidan xosil bo‗ladi.
Maksimal koeffitsient
– grafikning to‗ldirish koeffitsientiga teskari
bo‗lgan miqdor.
Koeffitsient
formasi
– yuklamaning effektiv qiymatining uning
o‗rtacha qiymatiga nisbatidan xosil bo‗ladi.
Yuklanish koefitsienti
– ma‘lum vaqt davomida iste‘molchining
xaqiqiy o‗rtacha quvvatining uning nominal quvvatiga nisbatidan xosil
bo‗ladi.
Talab koeffitsienti –
iste‘molchilar guruhiga tegishli bo‗lib, u hisobiy
yuklamani iste‘molchilarning nominal qiymatiga nisbati orqali xosil
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |