3.8. Optik port orqali so‘rov o‘tkazishi bilan ENHAT ni
tashkil etish
Optik port orqali hisoblagichlarda so‗rov o‗tkazish yordamida
ENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda
ko‗rinishi bo‗lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‗zaro
bog‗lanmagan. Hisoblagichlar va ma‘lumotlarni yig‗ish markazi orasida
aloqa
yo‗q.
Barcha
hisoblagichlardagi
ma‘lumotlar
operator
hisoblagichlarni ko‗rib chiqish jarayonida ularga so‗rov berish orqali
amalga oshiriladi.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‗chma kompyuter vaqti bilan
so‗rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‗chma kompyuter vaqti
ma‘lumotlarni yig‗ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‗roviga
topshiriqlar
fayllarini
qabul
qilish
paytida
amalga
oshadi.
Avtomatlashtirilgan tizim qurishning bu sxemasi boshqa sxemalarga
155
nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish davomida
qurilma va vositalarni qo‗llashni maksimal tejash maqsadida
ma‘lumotlarni yig‗ish markazi rolini ko‗chma kompyuterga yuklash
mumkin. So‗rov optik port orqali so‗rov natijalari faylini shakllantiradigan
ko‗chma kompyuterda joylashgan maxsus dasturiy ta‘minot yordamida
bajariladi. Ma‘lumotlarni yig‗ish markazi kompyuteri berilgan so‗rovga
fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma‘lumotlar
omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta‘minlangan bo‗lishi
lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari bo‗lib,
hisoblagichlardan ma‘lumotlarni yig‗ishning murakkabligi va tizimda
impuls chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni
yo‗qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga
olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida
axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida
hisobga olish tizimi interfeysi bo‗lgan qimmat uncha ko‗p bo‗lmagan sonli
tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‗rovni o‗tkazilishi bilan ENHAT
ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste‘mol parametrlarini aniq o‗lchash:
korxona va uning ob‘ektlari bo‗yicha energiya resurslari iste‘molini
tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar,
sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar)
hisobga olish nuqtalari va
ob‘yektlari bo‗yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‗yicha ma‘lumotlarga qayta
ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
ma‘lumotlarning to‗liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |