505-sonli buyruq bo‘yicha Navbatchilikka kirishish vaqtida smena boshlig‘i quyidagilarning holatini tekshirilishini taʼminlashi shart:
-yong‘in qutqarvchilarning kiyimi va anjomlari;
-yuqori nafas olish yo‘llarini himoyalovchi shaxsiy vositalar;
-yong‘in qutqaruv texnikasi va yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari;
-yong‘in qutqaruv avtomobillaridagi va YOQQ bo‘linmalaridagi birinchi yordam ko‘rsatish tibbiy qutilari;
-avtomobil turar joyi darbozalarining avtomatik va mexanik to‘xtatish moslamalarining sozligi va zich yopilishi (sovuq kunlarda);
-yong‘in xatar xabari bo‘yicha smenadagi shaxsiy tarkibning harkatlanish yo‘lida to‘siqlarning bo‘lmasligi.
-navbatchilikka kirishish vaqtida smena boshlig‘i tomonidan, shaxsiy tarkibni, shu jumladan soqchilar va kuzatuvchilarni ushbu Qoidalar bo‘yicha bilimlari tanlov asosida tekshirib ko‘riladi.
-navbatchi smena xizmatiga boshchilik qilib yo‘lga chiqqan smena boshlig‘i yo‘l harakati qoidalarini bilishi, haydovchi tomonidan ularning bajarilishini taʼminlashi hamda quyidagilarni amalga oshirishi shart:
-topshiriqni o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun atrofdagilarga xavf tug‘dirmagan holda tezlik bilan harakatlanishi;
-svetoforning signali qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar, boshqa haydovchilar unga yo‘l berganiga ishonch hosil qilgan holda (DAN xodimining ishorasi uni to‘xtashga majbur qilmasa) harakatni davom ettirishi;
-operativ ishlarni bajarayotganda joylarda o‘rnatilgan belgilar, ko‘rsatgich va xavfsizlik chiziqlaridan (burilish, avtomabilni to‘xtatish va h.k.) qatʼiy nazar o‘tish (harakatga qarama-qarshi yo‘nalishda yurishdan tashqari).
Navbatchi smena boshlig‘i quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: -navbatchilikni qabul qilib olishda yong‘in qutqaruv avtomobillari va yong‘in-texnik anjomlarni texnik holatini tekshirib olishni tashkil qilish;
-xizmatga kirishdan oldin yong‘in qutqaruv avtomobili haydovchilari bilan harakat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘tishi va ularda avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini tekshirish;
-yong‘in qutqaruv texnikasidan to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish;
-yong‘in qutqaruv texnikasi va yong‘in-texnik asbob-anjomlarni belgilangan muddatlarda sinovdan o‘tkazilishini tashkil qilish;
-yoqilg‘i-moy mahsulotlari va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflanish hisobini yuritish hamda tegishli hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini tashkil qilish;
-yong‘in qutqaruv avtomobillari, yong‘in-texnik asbob-anjomlariga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlanishini tashkil qilish;
-haydovchilar bilan yong‘in o‘chirish avtomobillarining taktik-texnik xususiyatlari va ulardan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
-yong‘in qutqaruv texnikasidan foydalanishda mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasining qoida va yo‘riqnomalari talablarini bajarilishini taʼminlash;
-yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish.