Bu korroziya jarayoni haydash kolonnasining bosh qismi texnologik zanjirida
ro'y berib, ajralib chiquvchi agressiv gazsimon moddalar H
2
S
va HCl uning
sababchilaridir.
a)
H
2
S ning ta'siri. Vodorod sulfid gazi bir tomondan neft tarkibidan, ikkinchi
tomondan atmosfera pechida oltingugurt saqlagan moddalar krekingi tufayli ajralib
chiqadi. Uning miqdori neft tarkibidagi H
2
S va S-li
modda miqdori va ishchi
haroratiga bog'liq bo'lib, 975
o
S da barcha oltingugurtning 2% H
2
S holida bo'ladi. Past
haroratda gaz holatidagi H
2
S ning korrozion aktivligi ancha past bo'lib, suyuq holga
o'tganda sulfid kislotaga aylanib, yuqori korrozion aktivlikka ega muhit hosil qiladi.
Haydash kolonnnasining bosh qismi texnologik zanjirida suv bug'larining
shudring (rosa) nuqtasida kondensatsiyalanishi sababli hosil bo'lgan suvda H
2
S ning
erishi sababli ham aktiv korrozion muhit yuzaga keladi. Lekin bu muhitda H
2
S ning
eruvchanligi eritma pH - ga bog'liq bo'ladi. pH = 5 da eruvchanlik deyarli nolga teng
bo'lsa, pH = 7 atrofida yuqori qiymatga ega bo'ladi. Shu yuqori pH-qiymatida
muhitning korrozion aktivligi ham yuqori bo'ladi, yemirilish maxsuloti sifatida
"boshak " da FeS yig'iladi. (1-rasm).
1- rasm. Atmosferali haydash kolonnasidagi korroziyalanish sxemasi.
b)
Gaz holatidagi HCL ning hosil bo'lishiga asosy sabab xom-ashyo holidagi
neft tarkibidagi mineral tuzlardir. Mineral tuzlar neftni qazib olish jarayonida va uni
naqliyo qilishda (asosan dengiz orqali ) neft tarkibiga o'tib qoladi. Neft yer ostidan
qazib olinayotganda g'ovak tuproq qatlami orqali erigan
tuzlar bosim va harorat
o'zgarishi sababli tuzlarning suvda eruvchanligi kamayadi;
Suvning qisman bug'lanishi tufayli va neft qatlamida quvurlarning ulash-gan
joylarida tuzlarning kristallanishi sodir bo'ladi va naqliyo jarayonida ‘bug'langan suv
+ tuz kristallari + neft’ emultsiyalarini hosil qilib quvurning ichki devorlarida
agressiv muhitni yuzaga keltiradi. Bu holatlarning barchasida mineral tuzlar ishtirok
etadilar. Ular qatoriga:
•
Natriy xlorid NaCl (barcha tuzning 70%-ni )
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
192
•
Magniy xlorid (MgCl
2
, 20 % ga yaqin )
•
Kaltsiy xlorid (CaCl
2
, 10 % ga yaqin )
Qayta ishlashga yuboriladigan neftda hajm jihatidan 0,1dan 0,6% gacha suv
bo'ladi. Neft tarkibidagi mineral tuzlarning miqdori qazib olinadigan konlar va
sharoitga ko'ra o'zgaruvchan bo'ladi. Bu mineral tuzlar
quyidagi salbiy xossalarga
ega:
•
neftni dastlabki qizdiruv jihozlari (issiqlik almashtirgichlar)ning sirti
ifloslanishiga olib keladi:
•
yuqori t
o
da gidrolizlanib HCl gazini yosil qiladi:
MgCL
2
+ 2H
2
O → Mg (OH)
2
+ 2 HCl (70 % gidroliz)
CaCl
2
+ 2H
2
O → Ca (OH)
2
+ 2 HCl(20 % gidroliz)
Hosil bo'lgan HCl gazi suv bug'lari bilan birgalikda korrozion muhit hosil qilib
qurilmaning ichki yuza sirtini va payvandlangan joylarni kuchli korroziyaga
uchratadi:
Fe + 2HCl → FeCl
2
+ H
2
↑
Bu jarayonni oldini olish uchun:
- deminerallash va qayta neytrallash bilan tuzlarning miqdorini kamaytirib, hosil
bo'ladigan HCl miqdorini kamaytirish;
- kolonnada H
2
S ham borligini e'tiborga olib, HCl ning qoldiq qismini
neytrallash;
- metall jihozlar sirtini ingibitorlar bilan himoyalash choralari qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: