xo‘jalik hayvonlari orasida uchrab turadigan parazitar kasalliklar orasida, ayrim
gelmintozlar tarqalishi va keltiradigan iqtisodiy zarari bo‘yicha muhim o‘rin
egallaydi. Ushbu kasalliklarga qishloq xo‘jalik hayvonlarining trematodozlarini misol
keltirish mumkin. Ushbu kasalliklarga fassiolyoz, dikroselioz, paramfistomatoz va
oriyentobilxarsioz kabi kasalliklarni ko‘rsatish mumkin.
Trematodalar-parazit
gelmintlar
hisoblanib,
yassi
chuvalchanglar-
Plathelminthes
tipi, so‘rg‘ichlilar
Trematoda
sinfiga mansub.
Barcha trematodalar
parazitlik hayot tarzida rivojlanib, hayvon va odamlarning turli organ va
to‘qimalarida joylashadi. Trematoda sinfiga mansub so‘rg‘ichli gelmintlar tomonidan
qo‘zg‘atiladigan kasalliklar guruhi-trematodozlar deb nomlanadi[8]. Trematodalar
barg yoki lansetnik shaklidagi yassi gelmintlardir. Ularning kattaligi turlariga qarab
0,1 mm dan 15 sm gacha bo‘lishi mumkin. Ular turiga fassiolalar, dikroselliylar,
paramfistomalar va boshqalar kiradi[6].
Trematodalarning bialogiyasi.
Barcha trematodalar biogelmint bo‘lib, asosiy,
oraliq va qo‘shimcha oraliq xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Barcha trematodalar
jinsiy va partenogenetik yo‘llar bilan ko‘payadi va xo‘jayin almashtirish yo‘li
bilan
rivojlanadi. Shunga ko‘ra ular ikki, uch va to‘rt xo‘jayinli bo‘ladi. O‘zbekiston
hududidagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida ikki va uch xo‘jayinli trematodalar
uchraydi[9]
.
Fassiolyoz -
surunkali yoki o‘tkir shaklda kechadigan, qoramol, qo‘y-echki va
boshqa tur uy va yovvoyi hayvonlar (asosan kavsh qaytaruvchilar) ning jigarida
Fasciola hepatica
va
Fasciola gigantica
trematodalarining parazitlik qilib yashashi
natijasida yuzaga keladigan invazion kassalik bo‘lib,
hayvon organizimida
kamqonlik, sarg‘ayish, keskin oriqlash va kassalikning surunkali davrida jag‘osti va
ko‘krakda shish paydo bo‘lishi, o‘tkir davrida esa qorinda 5-10 l.gacha qizg‘ish sariq
suyuqlik to‘planishi bilan tavsiflanadi[11]
.
Dikroselioz -
qoramol, qo‘y, yovvoyi kavsh qaytaruvchi, bir tuyoqli va yirtqich
hayvonlar, shuningdek, kemiruvchilarning kassaligidir. Bu kasallikni
Dicrocoellidae
oilasi vakili
Dicrocoelium lanceatum
trematodi chaqiradi. Trematodaning rivojlanish
davri
Helicella, Chodrula, Zonitodes
va boshqa avlod mollyuskalari (oraliq
xo‘jayinlari) va
Formika
va
Proformika
avlodi chumolilari (qo‘shimcha xo‘jayinlari)
ishtirokida o‘tadi. Hayvonlar yetilgan lichinkalar - metatserkariylarni yeb
kasallanadilar. Trematodalar asosiy xo‘jayinlarining jigarida, o‘t yo‘llarida 55-77
kunda jinsiy voyaga yetadi. Ular to‘rt yildan ko‘proq yashashi mumkin[1].
Paramfistomatoz -
qoramol va boshqa kavsh qaytaruvchi hayvonlarga xos
invazion
kasallik
bo‘lib,
Paramphistomatata
kenja
turkumiga
kiruvchi
trematodalarning ingichka ichakda, katta qorinda, bazan to‘r qorinda parazitlik qilishi
oqibatida kelib chiqadi. Kasallikning o‘tkir kechishida 50-100% buzoqlar nobud
bo‘ladi, surunkali shaklida hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. Epizootologik
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
98
holatining keskinlashib borishi yer osti sizot suvlarining ko‘tarilishi
natijasida zax
joylarning kengayib borishi, qoramollarni yaylovda uzoq ushlab turilishi,
hududlarning ekologo-geografik muhitining o‘zgarishi, Zarafshon daryosining yuqori
va quyi qismlaridagi to‘qayzorlarni kengayib borishi bilan bog‘liq. Bularning
barchasi kasallik qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayini-
Planorbidae
oilasiga mansub
mollyuskalarni tarqalishi uchun qulay ekologik sharoit yaratadi[2,7].
Orientobilxarsioz -
bu yigirmaga yaqin tur sut emizuvchi hayvonlarning
surunkali oqimda kechuvchi trematodoz kasalligi bo‘lib, uni
Schistomatidae
oilasiga
mansub
Orientobilharzia turcestanica-
ning ichak tutqichlari va jigar qon tomirlarida
parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik holsizlanish, tana haroratining
ko‘tarilishi, hazm organ
faoliyatining izdan chiqishi, kuchli hatto qon aralash ich
o‘tishi, oriqlanish, mahsuldorlikni keskin kamayishi va yosh hayvonlar orasida o‘lim
kuzatilishi bilan xarakterlanadi, ushbu kasallik hozirgi paytda Samarqand
viloyatining ayrim tumanlarida avj olgan. Bundan tashqari kasallik qo‘zg‘atuvchisini
respublikaning shimoli-g‘arbiy mintaqasida va Toshkent viloyatining ayrim
tumanlarida uchrashi qayd qilingan[4,10].
So‘ngi yillarda O‘zbekistonning sug‘oriladigan va tog‘ oldi, tog‘ hududlarida,
shimoliy mintaqadan tashqari, qishloq xo‘jalik hayvonlar orasida jigar trematodalari
Fasciola hepatica, Fasciola gigantica
va
Dicrocoelium lanceatum
hamda oshqozon-
ichak trematodalari
Calicophoron calicophorum, Gastrothylax crumenifer
va
Liorchis scotiae
paramfistomatidlari juda keng tarqalmoqda.
Ushbu kasallikdan
dehqon va fermer xo‘jaliklari katta iqtisodiy zarar ko‘rmoqda[5].
Trematodalarning oraliq xo‘jayinlari.
Mollyuskalar yaylovlarda nafaqat
o‘simliklarni istemol qilib zarar keltiradi, balki u yerda o‘tlab yuruvchi hayvonlar
uchun og‘ir kechuvchi gelmintoz (dikroselioz, fassiolyoz, paramfistomatidoz)
kasalliklarini keltirib chiqaruvchilar hisoblanadi[3]
.
Xulosa.
Biz oldimizga o‘rganish uchun maqsad qilib qo‘ygan tremadodozlar
adabiyot ma’lumotlarini urganish bilan shunday xulosaga keldikki bu tur parazitlar
bilan kurashish bugungi kunda ham juda muhim bo‘lib parazitlar rivojlanish
bosqichida moslashuvchanlik xususiyatini namoyon etmoqda va yosh olimlar uchun
uni doimiy o‘rganib borish dolzarb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: