Musiqashunoslik va uning rivojlanish davrlari
Nargiza Narimanovna Allayarova
Og’abek Ilxomovich Allabrgennov
Urganch Davlat Universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada nazariy musiqashunoslikning tarixiy ildizlari,
asosi, rivojlanish bosqichlari, nazariy musiqashunoslikning naqadar ahamiyatli
ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, musiqa ta’limi, musiqashunoslik, musiqa
madaniyati darslarida nazariy musiqashunoslikning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
nazariya, musiqashunoslik, ta’lim va tarbiya, musiqa asboblari,
lad, san’at, Sharq xalqlari
Musical science and its development periods
Nargiza Narimanovna Allayarova
Ogabek Ilhomovich Allabrgennov
Urgench State University
Abstract:
This article provides the historical roots, foundations, stages of
development of theoretical musicology, the importance of theoretical musicology.
The educational and pedagogical significance of theoretical musicology is also
highlighted in music education, musicology, and music culture classes.
Keywords:
theory, musicology, education, musical instruments, fret, art,
Oriental peoples
Musiqiy ta’lim taraqqiyoti bosqichidagi jamiki o’zgarishlar, yangilanishlar
bevosita ta’lim rivoji bilan bog’liq. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev iborasi bilan
aytganda, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi
zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchili darajali vazifamiz
deb bilamiz”
1
. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini, tub negizini
ta’lim jarayoni va uni to’g’ri tashkil etish masalasi tashkil etadi. Yoshlarni bilim
olishi va ta’lim-tarbiya jarayonida ularni barkamol shaxs etib tarbiyalash
masalasining dolzarb ekanligi ham bejiz emas.
1
Sh. Mirziyoyev. Milliy taraqiyot va yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1 – jild. – T.:
“O’zbekiston” HMИУ. 2017, 124 – б.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
588
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yozilgan “Erkin va farovon demokratik
O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” nomli asarlarida mamlakatimizning
birinchi prezidenti I.Karimovning
“
Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono
va albatta, baxtli bo’lishlari shart
”
2
deb yozilgan fikrlari zaminida ham yoshlar ta’lim
va tarbiyasi masalasi yotadi.
Buning uchun mamlakatimizning oliy ta’lim soxasida ham ulkan islohotlar olib
borilmoqda. Pedagogik oliy ta’limda bo’lajak o’qituvchining kasbiy tayyorligini
shakllantirish davlat va jamiyatning muhim vazifasidir.
Oliy ta’limda bo’lajak musiqa o’qituvchisini tayyorlash tizimi murakkab bir
qator (musiqa pedagogikasi, amaliy va nazariy, uslubiy, dirijyor, vokal - xor, cholg’u
ijrochiligi bo’yicha ta’lim) komponentlarni o’z ichiga oladi. Pedagogik ilm - fanning
zamonaviy darajasi bo’lgan bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchisining kasbiy
tayyorgarlik jarayonining alohida jihatlarini o’rganish uchun integral yondoshuv
zarur.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan 5 tashabbusning
birinchisi - “” ya’ni san’atga musiqa ilmiga tegishli ekanligi, bo’lajak musiqa
o’qituvchilarini shu sohada amalga oshirilayotgan yangilik va islohotlarni o’rganish
va tushunib yetishga undaydi. Tashabbus mohiyatiga ko’ra, musiqa va san’at
sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko’paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Bu
esa o’z-o’zidan musiqa, uning tarixi va nazariyasini o’rganish ehtiyojini yuzaga
keltirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-sonli, 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat
hayotidagi o’rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6000-
sonli farmoni, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan
barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi
bosqichga ko’tarish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3907-sonli qarorlari,
shuningdek sohaga oid boshqa normativ-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
bajarishga ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.
- Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbga tayyorlashda musiqiy nazariy fanlarni
o’qitish texnologiyalari mavzusiga doir ilmiy - uslubiy manbalarni o’rganish;
-
Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbga tayyorlashda musiqiy - nazariy
fanlarni o’qitish texnologiyalarini aks ettirgan “Musiqa o’qituvchisi modeli”ni
takomillashtirish;
-
Musiqiy - nazariy fanlarni o’qitish uchun mos metodika ishlab chiqish;
-
Tadqiqotning aniqlovchi va yakunlovchi bosqichlarida eksperimental ishlarni
tahlil qilish va aniqlangan ilmiy natijalar asosida xulosa tayyorlash.
2
Sh.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ”T.:”O’zbekiston” 2016
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
589
-
Kuzatish, suhbat, kontent - taxlil (faoliyat maxsulini taxlil qilish),
-
empirik hamda nazariy metodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |