The experience of other countries in the development of the
legislative and judicial system and the prospects for their
implementation in Uzbekistan
Sobitkhon Obidkhon oglu Usmanov
Akmaljon Akramjon oglu Mirzarakhmonov
Customs Institute of State Customs Committee of Republic of Uzbekistan
Abstract:
At present, measures are being taken to develop the legislative and
judicial system in our country. This article focuses on the experience of other countries
in the development of the judicial system and the prospects for their implementation in
Uzbekistan. The legislation and judicial system of several foreign countries, in
particular the United Arab Emirates and the Federal Republic of Germany, have been
studied and a number of proposals have been made.
Keywords:
Muslim law, Romano-Germanic legal system, judiciary, legal norm,
legal culture, legal consciousness, federal state, democracy, democratic civil society,
sanctions, crime rate, legal mechanism, strict sanctions, religious organization , social
security, corruption.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
574
KIRISH
Barchamizga ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda har tomonlama chuqur
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning birinchi debochasi 2017- 2021
yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi bo’ldi.
Unda belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlardan andoza olgan holda barcha soha va
yo’nalishlarda keng ko’lamli yangiliklar amalga oshirildi. Bundan ko’zlangan bosh
maqsad birinchi navbatda, yurtimizda demokratik fuqarlik jamiyatini barpo etish va
mamlakatimini jahon miqyosiga olib chiqishdir. Bu yo’lda qabul qilingan har bir
normativ-huquqiy hujjat bu islohotlarni to’ldirib, takomillashtirib bordi. Ularning har
birida fuqarolarning huquq va erkinliklari oldingi planga qo’yilib ularning manfaatlari
uchun xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Endi esa o’ylab ko’raylik, jahonning rivojlangan
davlatlarida ham sud-huquq tizimining juda ham taraqqiy etgan ko’rinishlaridan
foydalaniladi. Har bir davlat albatta bu tizimni hududi, aholisi, diniy qarashlari, tarixan
rivojlanish bosqichlarini inobatga olgan holda joriy etiladi. Ularning o’ziga xos
jihatlari nimada? Ularning muvaffaqqiyati nimaga asoslanadi? Ularni bizning milliy
huquq tizimimizda joriy etishda qanday yutuqlarga erishishimiz mumkin? Yoki qaysi
tajribalar bizning milliy huquq tizimimizga mos tushmaydi? Quyida mazkur savollarni
jahon davlatlari misolida ko’rib chiqamiz.
Birinchi navbatda nafaqat Yaqin Sharqda, balki dunyoda o’z mavqeyiga ega
bo’lgan Birlashgan Arab Amirligiga to’xtalamiz. O’zining dunyodagi eng qattiqqo’l
qonunlari va qat’iyatli sud tizimi bilan dong taratgan mazkur davlatdagi sud-huquq
tizimi musulmon huquqiy tizimiga asoslangan. Mamlakat fuqarolari sal kam 10 million
va ularning deyarli barchasi musulmon bo’lsada yiliga o’rtacha 16-17 million sayyoh
bu mamakatga tashrif buyurishini inobatga oladigan bo’lsak bir qarashda mamlakatda
dunyoviy huquqiy tizimlardan andoza olgan yaxshiroq bo’lardi degan fikr uyg’onadi.
Lekin shuni ham unutmaslik kerakki mamlakatda o’rnatiladigan huquq tizimi va
undagi normalar mahalliy aholi manfaatlarini ko’zlashi kerak. Mamlakatga tashrif
buyurgan sayyohlar esa endi xohlaydilarmi yo’qmi baribir o’rnatilgan qonunlarga
rioya etishga majburlar. O’ta qattiqqo’l qonunlar va ularni buzganlik uchun
belgilangan sanksiyalarga qaramasdan amirliklarga, xususan, uning markaziy
shaharlariga kirib kelayotgan sayyohlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Ho’sh, bu
huquq tizimining o’ziga xosligi nimada? Nima uchun butun mamlakatda millionlab
aholi uchun ham, sayyohlar uchun ham bir xil huquqiy normalar amal qiladiyu lekin
hech qanday konfliktlar yuzaga kelmaydi? Buning asosiy sababi sanksiyalarda ekanligi
ko’rinib turadi. Oddiy tartibbuzarlik uchun ham belgilanadigan og’ir jarimalar va
jazolar albatta qonunlarga og’ishmay bo’ysunishga barchani majbur qila oladigan
kuchdir. Misol uchun, Arab amirligida kiyinish odobi bo’yicha shunday normalar
mavjudki, ularni buzganlik uchun hatto qamoqqa tushish ham mumkin. Bunday
normalarda hatto kiyim turlari ham aniq ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari bu davlatda
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
575
hatto ijtimoiy tarmoqlar ham nazoratga olingan bo’lib hatto ular orqali haqorat qilish
nomaqbul so’zlarni ishlatish 1000 dollargacha jarimaga tortilish uchun asos bo’la
oladi. Bundan tashqari fuqarolarning umuman barcha shaxslar uchun o’zaro
munosabatlar shu darajada ikir-chirikigacha tartibga solinganki, ularning orasida hatto
ayollar bilan qo’l berish so’rashish yoki jamoat joyida qo’l ushashib yurishgacha
ta’qiqlangan bo’lib ularni buzganlik uchun juda og’ir jazolar mavjud. Yana, suratga
tushish, jamoat joyida ovqatlanish, o’zini tutish, avtomobilda harakatlanish borasida
shunday cheklovlar o’rnatilganki, hatto fuqarolar ularni buzib ko’rishga qo’rqishadi.
1
Endi o’ylab ko’raylik, eng oddiy huquqbuzarliklar uchun shunday jazolar
belgangan davlatda inson joniga suiqasd qilish, o’g’irlik, korruppsiya, nomusga tegish,
davlatga hiyonat kabi jinoyatlar uchun qanday jazolar belgilangan bo’lishi mumkin.
Davlatda o’rnatilgan huquq tizimini ishlab chiqishda diniy normalar asos qilib olingani
yaqqol ko’rinib turadi. Bu mamlakatning shiorida ham o’z aksini topgan. “Alloh, xalq
va prezident”. Bu Birlashgan arab amirligining mamlakat shiori, bosh g’oyasi desak
ham bo’ladi.
2
Bundan ko’rinib turadiki, mamlakatdagi qonunlar yuqorida aytilganidek
barcha uchun, yiliga tashrif buyuradigan millionlab g’ayridin sayyohlar uchun ham
majburiy. Zero, mamlakat bosh vaziri Anvar Gargash aytganidek, “Bizning
mamlakatga tashrif buyurganlar uchun alohida normalar ishlab chiqish va ularga
alohida sharoitlar yaratib berish bu muqaddas dinimizni toptalishini anglatadi”.
Sayyohlar qonunlarga faqatgina qattiq sanksiyalar uchun bo’ysinsalar, mamlakat
fuqarolari bu normalarga e’tidoq nuqtai nazaridan bo’ysunadilar. Mana shuning uchun
ham aqlga sig’mas darajadagi sanksiyalar belgilangan. Aytmoqchi bo’lganimiz,
fuqarolardan deyarli hech kim qonunni buzmaydi. Huquqbuzarlar ham asosan
sayyohlar orasidan chiqadi. Lekin mamlakatda qat’iy o’rnatilgan qonunlar va huquqni
muhofaza qiluvchi organarning faoliyati natijasi o’laroq mamlakat jahonning eng
xavfsiz hududlaridan biri hisoblanadi. Xususan undagi xavfsizlik darajasi 2018 yilda
81,9%ni, 2019 yilda esa 84,5%ni tashkil etadi va Singapur, Malaziya, Qatar kabi
davlatlardan keying o’rinda jahonning eng xavfsiz davlatlari sirasiga kiradi.
3
Bundan
tashqari mamlakatda og’ir jinoyatlarni sodir etish darajasi 0,8%ni tashkil etib, jahonda
19 o’rinni anglatadi. Bu natijalarning asosiy kaliti esa yuqorida takidlanganidek, avvalo
og’ir sanksiyalar. Bu tajriba tarixdagi ba’zi davlatlar tomonidan tadbiq etilgan va
albatta o’zining ijobiy samarasini bergan. Masalan, Hammurapi qonunlari, Drakont
qonunlari, amir Nasrullo davridagi qonunchilik davrida aholi o’rtasida huquqbuzarlik
va jinoyatchilik shu darajada kamayganki, hatto zindonlarning bo’shab qolgan haqida
tarixiy manbalar mavjud. Ikkinchidan, huquq tartibot organi xodimlari va sudyalar
uchun lavozim yoki kasbni suiistemol qilganlik uchun belgilangan uzoq muddatli og’ir
1
“Суровые законы ОАЭ”-Dubai:. “Walton Consultants” -2019
2
Zaid Sulton Al-Nahayyan-Birlashgan arab amirligi konstitutsiyasi qabul qilinishidagi nutqidan-1971
3
“The safest countries”-WHO:.“Global Health Estimates”-2019
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
576
qamoq jazolari. Bu orqali ularning o’z kasblariga professional tarzda yondashishga
majbur qilishga erishish mumkin. To’g’ri gap yana sanksiyalarga borib taqaladi, lekin
aynan shu orqali ularning faoliyatining soatday bexato ishlaydigan mexanizmi
yaratilgan. Har qanday jinoyatga qarshi murosasiz kayfiyat, har qanday
huquqbuzarlikni darxol bartaraf etish, qonunlarning ustuvorligi so’zsiz ta’minlash ular
faoliyatining asosiy prinsiplari sirasiga kiradi. Bir qarashda bunday tartib eski feodal
zamon qonunchiligi, yoki inson huquqlarini poymol qilishdek ko’rinadi. Xususan
“Novate” nashriyoti maqolalaridan birida “Mamlakatda hech qanday demokratiya
unsurlari yo’q, barcha qonunlar zo’rlik va qiynoqqa asoslangan. Bu bilan bugungi
jamiyatda hech qanday natijaga erishib bo’lmaydi” kabi so’zlar yangragan edi.
4
Lekin
aynan mana shu qonunlar arab amirligida jamoat tartibi va huquqbuzarlikni oldini olish
borasidagi o’ziga xos yechim sifatida maydonga chiqadi. Shu o’rinda bu huquqiy
tizimdan sanksiyalar borasidagi tajribalarni o’zlashtirish maqsadga muvofiq bo’lgan
bo’lar edi. Albatta, barcha sohalarga emas, ijtimoiy xavfi yuqori bo’lgan jinoyatlar
uchun og’ir sanksiyalarni qo’llash bu jinoyatlar sonini keskin kamaytirishi aniq.
Ma’lumki, so’nggi yillarda yurtimizda jinoiy jazolarni liberallashtirish chora-tadbirlari
qo’llanmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad inson manfaatlari. Lekin masalaning
ikkinchi tomoni ham bor. Bir shaxsning jinoyati ikkinchi shaxsning yoki shaxslarning
huquq va manfaatlari buzilishiga olib keladi. Qonunchilikda shunday tartib o’rnatilishi
kerakki, ikkala tomon ham zarar ko’rmasligi kerak. Og’ir sanksiyalar bilan tahdid
qilish esa huquqbuzarlik sodir qilish niyatida bo’lgan shaxsning fikrini mutlaqo
o’zartirib yuborishi mumkin. Tasavvur qilib ko’raylik, kimningdir joniga suiqasd
qilmoqchi bo’lgan shaxs buning uchun o’zi ham o’lim jazosiga tortilishi mumkinligi
o’ylab ko’rsa, albatta bundan o’zini tiyadi. Bu jazo turi jahonning AQSH, Xitoy, Eron
kabi rivojlangan va o’ziga xos davlatlarida amalda. Va bu albatta jinoyatlarning aynan
shu sanksiya bilan tahdid qilinadigan turlari boshqa davlalar bilan solishtirganda
keskin farq qiladi Ko’p miqdordagi jarimalar, jarimani to’lamaganlik uchun mol-mulk
musodarasi, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish va hatto o’lim jazosi kabi
sanksiyalarni ijtimoiy xavfliligi yuqori bo’lgan jinoyat turlariga keng tadbiq etish bu
jinoyat turlarining kamayishiga olib keladi. Bunda e’tibor bu jazoni qo’llashga emas,
balki bu jazolar bilan tahdid qilinadigan jinoyat turlarini sodir etmaslikka undashga
qaratilishi kerak. Huddi Arab amirliklaridagi g’ayridin sayyohalar jazolardan
cho’chiganlari tarzda musulmon huquqiy tizimidagi qonunlarga beixtiyor
bo’ysunganlaridek. Jahon tajribalarida, xususan Birlashgan Arab Amirligidan aynan
shu jihatni o’zlashtirish mamlakatda qonun ustuvorlgini ta’minlash uchun keng zamin
yaratishi shubhasiz. Huquq avvalo inson manfaaatlarini himoya qilar ekan, inson
manfaaatlari boshqa inson tomonidan poymol qilinmasligi kerak. Keyin mana shu
qonunlarda belgilangan ta’qiq va cheklovlarni fuqarolarga yetkazish mexanizmini ham
4
“Страна строгости и роскоши” – “Novate”-2020
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
577
takomillashtirish kerak. Arab amirliklarida u yerga bormoqchi bo’lgan sayyohlar
mamlakat qonunchiligini o’zlari ixtiyoriy o’rganadilar. Maqsad esa yuqorida
ta’kidlanganidek, noqulay vaziyatlarga tushib qolmaslikdir. Qonunchilik ham shu
darajada bo’lishi kerakki, fuqarolar o’zlari uchun kerakli bo’lgan qonunlarni o’zlari
mustaqil ravishda o’rganish tashabbusi bilan chiqishlari kerak. Shunda mamlakatda
fuqarolarning huquqiy madaniyati ortadi. Huquqiy madaniyat esa ma’lumki, qonun
ustuvorligini ta’minlash uchun asosdir. Yana bir narsani aniq ta’kidlashimiz kerakki,
BAAning qonunchilik tizimida gipoteza va dispozitsiya juda ham aniq ko’rsatib
qo’yilgan, ya’ni qanday holatdan qanday huquq buzilishi bo’yicha aniq ko’rsatmalar
mavjud. Hatto jamoat joyida qanday kiyim kiyish yoki qanday harakatlar jamoat
tartibini buzish darajalari ekanligi aniq ko’rsatilgan. Bu yo’nalishda esa bizda mavjud
kamchiliklar uchrab turadi. Misol uchun, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida”gi qonunning yangi tahririda fuqarolarning jamoat joylarida ibodat
liboslarida yurishlari taqiqlanishi haqidagi norma mavjud. Lekin e’tiborga olinmagan
jihat qanday liboslar ibodat libosi ekanligi haqida qonunchilikgimizda hech qanday
ko’rsatma yo’q. Yoki bo’lmasa O’zbekiston Respublikasida bosh prokurori
Nig’matilla Yo’ldoshev ta’kidlaganidek, “Qonunchiligimizda korrupsiya uchun
jazolar belgilangan, lekin qanday harakatlar va qanday darajalarda ularni sodir etish
korrupsiya ekanligini ko’rsatuvchi aniq normalar mavjud emas”. Mana shu
kamchilikni to’g’irlash uchun Birlashgan Arab Amirligidan namunalar olsak
maqsadga muvofiq bo’lardi. Zero, qonunlar qanchalar aniq bo’lsa ularning ijrosi
yuzasidan ham muammolar kamroq bo’ladi.
Germaniya Federativ Respublikasi deyilganda birinchi navbatda ko’z oldimizga
ikkita jahon urushiga sababchi davlat kelsa, ikkinchi navbatda u qat’iy qonunlarga ega,
qattiqqo’l va intizomli davlat sifatida namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, Germaniya
fuqarolarining qonunlarga itoat etishi va intizomi bilan g’ururlansa arziydi. Chunki,
buni samarali yo’lga qo’ya olgan davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimiga ega. Jahon
urushlariga to’xtalsak esa bunda bugungi Germaniya Federatsiyasining daxli yo’q.
Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi Germaniya imperiyasi va Uchinchi Reyx deb atalgan
Gitler Germaniyasining qilmishi edi, shunday ekan bunga to’xtalmaymiz.
Avvalo Germaniyada tashkil etilgan sud-huquq tizimi haqida gapirsak, u
qadimdan rivojlangan va taraqqiy etib kelgan “roman-german” huquqiy tizimiga
asoslangan. Germaniya fuqarolari uchun sud o’ziga xos organ bo’lib, u fuqarolarning
huquq va manfaatlarining haqiqiy himoyachisi va adolatning asl timsoli hisoblanadi.
Ko’pchilik olimlar buni nemis xalqining mintaliteti bilan bog’lasalar, ayrimlari
Germaniya sud tizimini yurisdiksiyaning o’chog’i bo’lmish Rim imperiyasidan meros
qilib olgani bilan izohlashadi. Nima bo’lgan taqdirda ham Germaniyadagi sud tizimi
dunyodagi mustaqil davlatlar orasida sud tizimi eng yaxshi tashkil etilgan 15ta davlat
sirasiga kiradi. Germaniyada sudyalar tarkibi professional sudyalar va xalq
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
578
maslahatchilaridan iborat. Ularning soni ko’rilayotgan ishning ko’lamiga qarab
bittadan 5 nafargacha bo’lishi mumkin. Germaniyada federal organlarda xizmat
qilayotgan sudyalar qoida tariqasida butun umrga davlat xizmatiga yollangan
professional tayyorlangan ekspertlar hisoblanadi. Xalq maslahatchilari esa ma’lum
muddatga saylangan oddiy fuqarolar bo’lib ulardan oliy ixtisoslashgan yuridik
ma’lumot talab qilinadi va ular professional yurist yoki advokat bo’lishlari shart. Bu
sudlarda ishlarni professional ravishda ko’rilishi va shaffoflikning yuqori darajada
bo’lishiga xizmat qiladi. Germaniya sud tizimi quyidagilarga bo’linadi:
konstitutsiyaviy sudlar, umumiy sudlar (fuqarolik va jinoyat ishlari sudlarini o’z ichiga
oladi), ma’muriy sudlar, mehnat sudlari, ijtimoiy sudlar, moliyaviy sudlar.
5
Germaniya
sudlarining o’ziga xosligi ularning ixtisoslashganligidadir. Misol uchun ma’muriy
sudlar moliyaviy, itimoiy va konstitutsiyaviy huquqbuzarliklarda boshqa barcha
huquqiy munosabatlar bo’yicha ishlarnni ko’rib chiqadi, umumiy sudlar esa jinoiy,
fuqarolik, oilaviy va mulkiy masalarga oid isharni ko’radi, mehnat sudlari ishchilar va
korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni hal qiladi, ijtimoiy sudlar ijtimoiy xavfsizlikka
oid ishlar, xususan, sog’liqni saqlash, sug’urta, pensiya va boshqa ijtimoiy ta’minotga
oid masalarni hal etadi, moliyaviy sudlar esa soliq va yig’imlarga taaluqli ishlarni
ko’radi. Aynan Germaniyada tashkil qilingan murakkab tarmoqli va ixtisoslashtirilgan
sudlar tizimi uning bugungi mavqeyining garovi bo’lib to’ribdi. Bundan tashqari
yuqorida ta’kidlaganimizdek, sudyalarning butun umrga davlat xizmatchisi bo’lib
qolishi qoida tariqasida belgilangani va hatto xalq maslahatchilaridan ular
qatnashayotgan sud ishi bo’yicha professional ixtisoslasgan yuridik ma’lumotning
talab etilishi Germaniya fuqarolarining sudlarga bo’lgan ishonchini sezilarli ravishda
oshirgani shubhasiz. O’zbekiston sud tizimiga Germaniyadan yuqoridagi takidlangan
sud tarmoqlarini kengaytirish va ixtisoslashtirish hamda ishni ko’rib chiqayotgan
sudya va xalq maslahatchilarining mavqeyi hamda professional bilimiga qo’yladigan
talablar yanana oshirishni tadbiq etishimiz mumkin.
Endi esa nemis qonunchiligiga to’xtalib o’tsak. Germaniya qonunlari hayotning
deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan bo’lib ulardan milliy tajriba asosida
o’zlashtirishimiz mumkin bo’lganlarini ko’rib chiqamiz. Avvalo, Germaniyada
huquqni muhofaza qiluvchi organ hamda mudofaa ofitser va xizmatchilariga nisbatan
shunday munosabat yuzaga keltirilganki, ularning qonuniy faoliyatiga, shaxsiy
manfaati va shaxsiyatiga fuqarolar tomonidan aralashish qat’iyan taqiqlanadi va og’ir
jazolanadi. Misol uchun, politsiya ofitseriga “Du” ya’ni “sen” deb murojaat qilgan
fuqaro 600 yevro jarimaga tortiladi. Ofitserlarga faqat “Sie” ya’ni “siz” deb murojaat
etish talab etiladi. Shu kabi oddiy qonunlar orqali fuqarolarda ixtiyoriy emas, majburiy
ravishda huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlariga nisbatan xurmatni
shakllantirilgan. Aynan shu jihat o’ziga xosdir. Fuqarolar va davlat xizmatchilar
5
Grundgesetz-GFR konstitutsiyasi. 92-93-moddalar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
579
o’rtasida ma’lum chegaraning saqlannishi va bu chegara o’zaro xurmat asosida
qurilishi juda muhim. Nemis siyosatchisi Xorst Zeehofer ta’kidlaganidek: “Davlat
xizmatchilariga fuqarolarning munosabatlari har doim muhim masala hisoblanadi”.
Xurmatga ongli ravishda erishish murakkab bo’lgan vaziyatda majburlash chorasini
ko’rish maqsadga muvofiq. Nemis xalqini hamma barcha ishlarni tartib bilan qiluvchi
ozoda xalq deb hisoblaydi. Bu hatto qonuniylashtirib qo’yilgan, xususan har qanday
ish kabineti osmon ko’rinib turadigan derazaga ega bo’lishi kerakligi, yoki “tinchlik
kuni” qonuni kabilarni misol keltirishimiz mumkin.
6
“Tinchlik kuni” butun mamlakat
bo’ylab dam olish kunida shovqin solish, bayramlar o’tkazish, har qanday baland ovoz
chiqaruvchi uskunalarni ishlatishni ta’qiqlovchi qonun hisoblanadi va bu qonundan
ko’zlangan maqsad fuqarolarning dam olish kuninni mazmunli va o’zgalarning xalaqit
berishidan saqlangan holda o’tkazishini ta’minlashdir. Chunki mazmunli xordiq ish
faoliyatining samarasini oshiradi. Aytmoqchi bo’lganimiz shundan iboratki, biz bilgan
nemis xalqining tartib va intizomga oid odatlari barchasi qonunlashtirib qo’yilgan va
ularni buzganlik uchun katta jarimalar belgilangan va hatto undan og’ir jazolar ham
qo’llanishi mumkin. Aynan mana shu jihatni o’zlashtirish mumkin, ya’ni biz ahloq
normalari asosida tartibga solinishi kerak deb hisoblagan munosabatlarni ham qonun
tartibga solishi kerak. Chunki huquqqa itoat etishni fuqarolarning o’z irodasiga qo’yib
qo’yish samara bermaydi.
Huquq qachon aniq normalar asosida qonuniylashtiriladi va talab qilinadi
shundagina harakatga keladi. 2014 yilda Angela Merkel ilgari surgan “ochiq eshiklar”
siyosati tufayli Germaniya federal hududlariga janubdan millionlab muhojirlar ko’chib
kela boshladi. Bu siyosat kutilmaganda o’zining aks ta’sirini ko’rsata boshladi. 2018
yilga qadar mamlakatdagi jinoyatchilik darajasi muttasil o’sib bordi, va shu yili qayd
etilgan huquqbuzarliklar soni 5.76 millionni tashkil etdi, 2019 yilda esa bu ko’rsatkich
5.4 milliongacha tushdi, va ulardan 30% holatda jinoiy jazo belgilangan. Qayd etilishi
kerak bo’lgan holat shundan iboratki, huquqbuzarliklarning katta qismi migrantlar
tomonidan sodir etilgan. Xo’sh unday bo’lsa hukumat qanday qilib bu jinoyatlar
salmog’ini kamaytira oldi. Bu yerda asosiy motiv nemis xalqining o’zi tomonidan
bo’lgan, ular “ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko’chib kelib qonunlarni
mensimayotgan huquqbuzarlarni o’zlari jazolashni boshlaganlar. O’g’irlik, nomusga
tegish, bosqinchilik kabi jinoyatlarni sodir etgan migrantlarni ayovsiz jazolash
harakatlari avj olgan. Mazkur siyosatdan keyingi yuqori darajadagi ko’rsatkichlar ham
shu bilan izohlanadi. Vaqt o’tib migrantlar agar Germaniyada yashashni istasalar
qonunlarga so’zsiz itoat etish kerakligini tushunib yetdilar. Hukumatning politsiya
shtatlarini kengaytirish, politsiyaga keng vakolatlar berilishi, muhojirlar uchun
personal raqamlar berilishi kabi siyosatlari ham o’z samarasini bermay qolmadi.
7
Lekin
6
A. Uspeshnaya. “Необычные законы ФРГ”-“Germania One”-2020
7
X. Zeehofer. Huquqbuzarlikni oldini olishga qarshi ishlab chiqqan davlat dasturi asosida.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
580
bunda urg’u berilishi kerak bo’lgan narsa nemis xalqining milliy ongi va mintalitetida,
chunki ular nafaqat qonunlarga bo’ysunadilar, balki o’zgalarni ham qonunlarga
bo’ysunishga majbur qila oladilar. Grotsiy ta’biri bilan aytganda “Qonunlarga
bo’ysunish fuqarolarning o’z xohish-irodasi asosida amalga oshsa har qanday huquqiy
tizim ham muvaffaqiyatlidir”. Buni xohish-iroda darajasiga ko’tarishda esa nemis
tajribasining o’ziga xos va samarali ekanligini ko’rib chiqdik. Germaniyadagi kabi
qonunlarga hurmat hissini yurtimizda ham yoshlar ongiga singdira olsak, kelajak
avlod, albatta yuqori darajada rivojlangan davlatning fuqarolari bo’la oladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, qonunlarni hurmat qilishning oliy darajasi qonun
ustuvorligini ta’minlashda asosiy prinsip hisoblanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni keltirishimiz mumkinki, har bir davlat sud-huquq tizimi
o’ziga yarasha kamchilik va yutuqlariga ega. Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi
takliflarni bildirgan bo’lar edik. Birlashgan Arab Amirligidan huquqbuzarliklar uchun
sanksiyalarni kuchaytirish, aholiga yangi qabul qilinganlar qonunlarni o’z vaqtida
yetkazishning o’ziga xos mexanizmini ishlab chiqish, qonunlar qabul qilishda unda
himoya qilinayotgan yoki taqiqlanayotgan huquqiy munosabatni yanada aniqlashtirish
tajribalarini, Germaniya Federativ Respublikasidan esa sud tizimidagi sudyalar va xalq
maslahatchilari uchun o’ziga xos imtiyoz va talablar masalasidagi tajribalarni,
sudlarning yanada murakkab tarmoqli tizimini yaratish va ularning ixtisoslik bo’yicha
faoliyat yuritish tajribalarini, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va fuqarolar
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmini, shuningdek, alkogol va
“tinchlik kuni” haqidagi qonunlari namunalarini, huquq asosida tartibga solinadigan
munosabatlar ko’lamini kengaytirish tajribasini va eng asosiysi, qonunlarga xurmat
hissini aholining ong va shuuriga singdirishning izchil mexanizmini ishlab chiqish
tajribasini o’zlashtirish masalarini ko’rib chiqish kerak.
Bu tajribalarni milliy sud-huquq tizimiga joriy etishda, albatta mamlakatning
rivojanish darajasi va xalq mintalitetidan kelib chiqqan holda yondashish zarur (ko’r-
ko’rona emas, albatta). Bundan tashqari, yuqorida tahlil qilingan davlatlarda bu sud-
huquq tizimlari jinoyatchilikning oldini olish borasida katta yutuqlarga ershish
imkonini bergan. Zero bu natijalarga erishishda mamlakatda o’rnatilgan huquq tizimi,
odil sudlov instituti, qonun ustuvorligining amaliy ifodasi va albatta huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning samarali faoliyatining roli kattadir. Xorijiy tajribalarni o’rganish
va ularni mamlakatda joriy qilish istiqbollarini organishdan asosiy maqsad dunyodagi
rivojlangan davlatlarning sud-huquq tizimidan andoza olgan holda amaliyotga tadbiq
etish va buning natijasida huquqiy demokratik davlat barpo etish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |