32-rasm. Vaboning algid bosqichidagi bemorning ko‘rinishi.
Davo kursi o‘tkazilmasa yoki bemor yetarlicha davolanmasa 1,5—2 sutkadan keyin vabo algidi (algidus—sovuq) rivojlanadi (32-rasm), gastroenterit kuchayadi, bemor ahvoli juda og‘irla- shadi, kuchli suvsizlanish kuzatiladi. Nafas olish tezlashadi, tomir urishi- ning to‘laligi kamayadi, tezlashadi, nihoyat sezilmay qoladi, yurak tovush- lari bo‘g‘iq bo‘lib, arterial bosim tushishda davom etadi. Talvasa tarqalgan xarakterda bo‘lib, oyoq-qo‘llardan tashqari, qorin, ko‘krak, yuz, diafragma mushaklariga ham tarqaladi. Es-hush saqlangan. Tana harorati kasallik boshida normal bo‘lib, so‘ngra asta- sekin subnormagacha (algid vaqtida 35—34°C va undan ham past) tushadi.
Algid bosqichi ko‘karish, talvasa, ongning xiralashishi, kollaps, koma rivojlanishi bilan kechadigan va o‘limga olib keladigan asfiksik bosqichga o‘tadi. Bu bosqich rivojlanganda o‘lim hollari ko‘p kuzatiladi, ammo to‘g‘ri davo bemorning sog‘ayishiga olib kelishi mumkin.
Kasallikning og‘irligi odatda organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bunda asosan kasallikning yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shakllari farqlanadi.
Kasallikning yengil shakli sust rivojlangan ichak sindromi, kamroq chanqash va shilliq qavatlar qurishi bilan namoyon bo‘ladi va bu belgilar 1—2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Bunda organizmning suvsizlanishi tana vaznining 3—5% idan oshmaydi. O‘rta og‘irlikdagi shaklida enterit, gastroenterit hamda gemodinamik o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bunday o‘zgarishlar tana og‘irligining 5—8% ga yaqin suv yo‘qotishi vaqtida namoyon bo‘ladi.
Vaboning og‘ir shakli kuchli rivojlangan gastroenterit va algid bosqich rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday vaqtda suv yo‘qotish tana vaznining 8—12%ini tashkil qiladi. Yuz so‘lg‘in bo‘lib, ko‘z olmalari ichiga botadi, teri va shilliq qavatlar ko‘karadi, qo‘l-oyoqlar muzdek bo‘lib, skleralar quruqlashadi va ovoz yo‘qoladi. Bemor go‘yo o‘likni eslatadi.
Kasallikning atipik va uncha bilinmaydigan shakllari farq qilinadi. Atipik shakllariga yashin tezligida rivojlanuvchi va quruq vabo shakllari kiradi. Vabo bunday shakllarda kechganda ich ketishi va qusish rivojlangunga qadar kuchli intoksikatsiya natijasida ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Tashxisi. Vaboga gumon qilinganda puxta yig‘ilgan epidemiologik anamnez zarur. Tipik holatlarda, ayniqsa epidemiya vaqtida tashxis qo‘yish qiyin emas. Xarakterli xususiyatlari bilan enterit belgi- larining paydo bo‘lishi tashxis qo‘yishga asos bo‘ladi. Epidemiya bo‘lmagan paytda kasallikning yengil, uncha bilinmaydigan va atipik shakllari qiyinchilik tug‘diradi. Bunday holatlar kech aniqlanadi va vaboning tarqalish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lekin har qanday holatda ham yakuniy tashxis laboratoriya tekshiruvlariga asoslangan holda qo‘yiladi.
Umumklinik va biokimyoviy tashxis usullari. Ma’lumki, vaboda qon quyuqlashadi, eritrositlar soni ayrim vaqtda 7,5—8x1012// gacha oshadi. ECHT oshishi mumkin yoki normada bo‘ladi. Leykositlar soni 20x109// gacha ko‘payadi. Trombositlar 140—150x109 /1 gacha kamayadi.
Gipokaliyemiya (normada 3,8—4,6 mmol//) va gipoxloremiya (normada 95 — 103 mmol//) kuzatiladi, qonning yopishqoqligi oshadi (normada 4—5 birlikda).
Do'stlaringiz bilan baham: |