E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Luminessent mikroskop ML-2



Download 1,2 Mb.
bet54/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

23-rasm. Luminessent mikroskop ML-2.




gokokklarni topish), qaytalama tif (qonda spiroxetalarni top ish), parazitar kasalliklar (siydik, najas, o‘t suyuqligidan tayyorlangan preparatlarda sodda organizmlar, gelmintlar va ularning tuxumlarini topish) va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi.

Bakteriologik usul. Bakteriologik usulda bemordan olingan material oziq muhitlariga ekiladi va qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi ajratib olinadi (24-rasm). Bu esa infeksiya manbaini aniqlashda katta epidemiologik ahamiyatga egadir.

Bundan tashqari mikrob qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi orqali uning antibiotiklar va kimyoviy preparatlarga sezgirligini aniqlash mumkin.

Bakteriologik usul salmonelloz, dizenteriya, ovqat toksikoin- feksiyalari, esherixioz, qorin tifi, A va B paratiflar, sil, leptospiroz, o‘lat, tularemiya, meningit va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.

Bakteriologik tekshirish uchun material etiotrop dorilarni qo‘llashdan oldin olinishi va zudlik bilan oziq muhitga ekma qilinishi

zarur. Material tez orada labo- ratoriyaga yetkaziladi. Qaysi kasal- likka gumon qilinsa (bemorni kli- nik tekshirish orqali aniqlanadi), shunga yarasha oziq muhitlari tanlanadi va shularga ekiladi.

24-rasm. Oziq muhitga material ekish. Ayrim hollarda bir necha oziq

muhitlariga bir vaqtda bir nechta ekma qilinadi. Odatda yakuniy natija

  1. 4 kundan keyin (brusellyoz va sil kasalligida esa 3—4 haftadan keyin) olinadi. Tahlil natijasi mikroorganizm o'sib chiqishi uchun zarur bo'lgan muddatga bog'liq: bir xillari tez o'sib chiqsa, boshqalari uzoq muddatda o'sadi. Oziq muhitlariga ekish uchun qon, najas, siydik, o't suyuqligi, oshqozon yuvilgan suv, tomoq yoki burundan olingan shilliq va boshqalar tekshirish materiali sifatida olinishi mumkin.

Qonni kasallikning boshlanishida yoki avjiga chiqqan davrida ekma qilgan ma’qul. Qon asosan muhitlar (shakarli, zardoblar, o't suyuqligi qo'shilgan bulonlar) ga ekiladi. Qonning bakterisid xususiyatini to'xtatish uchun taxminan 1:10 nisbatda olinadi (muhit qonga nisbatan taxminan 10 baravar ko'p). Odatda 10—20 ml qon ishlatiladi. Ekma qilish uchun qon venadan steril shpris orqali olinadi. Inyeksiya joyi dastlab spirt bilan dezinfeksiya qilinadi. Spirt olovi ustida ignasi olingan shprisdan qon kolbaga solinadi va shu olov ustida kolba og'zi yopiladi. Ekmali kolba laboratoriyada termo- statga qo'yiladi. Oziq muhiti bo'lmagan taqdirda ham steril probirkaga shunday qoidalarga rioya qilgan holda olinadi.

Najas ichak infeksiyalarida yoki ichak infeksiyalariga gumon qilinganda hamda oshqozon-ichak yo'llarida o'zgarishlar aniq- langanda ekma qilinadi. Steril yog'och shpatel yoki shisha tayoqcha yordamida tuvakdan, maxsus lotokdan yoki paxta tamponlar, metall ilgak yoki rektoskop nayi orqali to'g'ri ichakdan najas (2—3 g) olinadi. Najas olishdan oldin tuvakda dezinfeksiyalovchi moddalar qolmasligi uchun tuvak issiq suvda yaxshilab yuvilgan bo'lishi kerak. Material olishda shilliq, yiring, fibrinli pardalarni olishga harakat qilish kerak. To'g'ri ichakdan material olish defekatsiya soniga bog'liq emas, uni istalgan vaqtda amalga oshirish mumkin.

Ilgak (tampon) yordamida material olish uchun bemordan tizzalarini qorniga bukib yon tomoniga yotish va dumbasini ochib turish so'raladi. Ilgak ehtiyotkorona harakatlantirib orqa teshikka 5— 6 sm chuqurlikka kiritiladi va ehtiyotlik bilan chiqariladi. So'ngra ilgak steril probirkaga solinib laboratoriyaga yuboriladi va shu zahotiyoq oziq muhitiga ekiladi.

Siydik (20—30 ml) steril kateter yordamida yaxshi yopiladigan steril idishga solinadi. Buning uchun avval jinsiy a’zolar sovun bilan yuviladi va steril fiziologik eritma bilan chayiladi. Erkaklarda tashqi

  1. Yuqumli kasalliklar

  2. jinsiy a’zolar tozalangandan keyin siydik yig'ish mumkin (ekish uchun siydikning ikkinchi porsiyasi ishlatiladi).

O't suyuqlig'i (10—20 ml) duodenal zondlash vaqtida olinadi. Tif-paratif kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni shifoxonadan chiqarishdan oldin duodenal zondlash o'tkaziladi va o't suyuqlig'i olinib tekshiriladi. Buning uchun uzunligi 1,5 m dan kam bo'lmagan ingichka zonddan foydalaniladi. Zondlash odatda ertalab saharda tayinlanadi. Zond bemorga o'tirgan holda kiritiladi. So'ngra bemorni kushetkaga o'ng tomoni bilan yostiqsiz yotqiziladi. Jigar sohasiga iliq isitgich (grelka) qo'yiladi va gavdaning pastki qismi ko'tarilgan





Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish