Etiologiyasi. Toksoplazmoz qo‘zg‘atuvchisi — Toxoplasma gondii hisoblanib, u tana tuzilishi bo‘yicha yarim oy yoki apelsin bo‘lagini eslatadi (grekcha toxon — arka). Bitta uchi o‘tkir bo‘lib, ikkinchisi to‘mtoq holda ko‘rinadi. Uzunligi — 4—7 mkm. Roma- novskiy usulida bo‘yalganda sitoplazma zangori-qo‘ng‘ir, yadro esa — qizil-binafsha rangga bo‘yaladi. Sistalari qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, o‘lchami 100 mkm gacha kattalikda. Ularning ichida 3000— 5000 tagacha va undan ham ortiq miqdorda parazitlar mavjud. Xo‘jayinining organizmida sistalar o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Proliferativ shakllari tashqi muhitga chidamsiz; ular quritilganda, qizdirilganda yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Toksoplazmalar laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, den- giz cho‘chqalari, quyonlar, olmaxonlar va rivojlanayotgan tovuq embrionlarini zararlash yo‘li bilan hamda to‘qima kulturalarida o‘stiriladi. 3—6 kundan keyin o‘lgan hayvonlar qorin bo‘shlig‘ida katta miqdordagi parazitlarga ega bo‘lgan ekssudat aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |