Ku-isitma (gueri — noaniq) — o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va o‘pkada kuzatiladigan o‘ziga xos o‘zgarishlar (atipik pnevmoniya) bilan kechadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Bernet rikketsiyalaridir. Ular mayda, ya’ni 0,3—1 mkm kattalikdagi mikroorganizmlar bo‘lib, toza kulturada kokksimon yoki tayoqchasimon shakllarda uchraydi. Ku-isitmaning qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, grammanfiy, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitga chidam- liligi bilan ajralib turadi. Infeksiya yuqtirgan kanalarning qurigan fekaliyalarida 1,5-yilgacha, hayvonlar junida — 9—12 oygacha, go‘shtda — 1 oygacha o‘zining hayot faoliyatini saqlay oladi. Ular ultrabinafsha nurlar, formalin, fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli bo‘lib, lekin 90°C gacha qiz- dirilganda 1 soatgacha, qaynatilganda esa 1 minutdan keyin o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |