Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz — o‘tkir zoonoz kasallik bo‘lib, haroratning yuqori ko‘tarilishi va tarqalgan rozeolez—papulez toshmalar bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi — Muzer rikketsiyalari — kokksimon yoki tayoqchasimon shaklda bo‘lib, ularning o‘lchami
2—0,3 mkm kenglikda va 0,7—0,8 mkm uzunlikda bo‘ladi. Termo- labil antigenga ega. Zararlangan tajriba hayvonlari organizmida ular mezoteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Muzer rikketsiyalari tovuq embrioni xorionallantois qobig‘ida yaxshi ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |