E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet117/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Gripp — o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Gripp filtrlanuvchi virusning bir necha turlari (A, A1, B, C) bilan chaqirilishi mumkin. Ular RNK li viruslarga kiradi. Gripp viruslarining elementar bo‘laklari yumaloq shaklga ega bo‘lib, 90—100 nm ga teng (elektron mikroskop ostida). Gripp viruslari toksik, infeksion va antigen faollikka ega. Virus oq sich- qonlar o‘pka to‘qimasida va tovuq tuxumidagi embrionning xori- onallantoisida o‘sishi mumkin. Sentrifugalash orqali bu yerdan virusning toza kulturasini ajratib olish mumkin. Gripp virusiga o‘zgaruvchanlik xosdir. Bu o‘zgaruvchanlik organizmda tabiiy sharoitlarda aylanib yurishida va tajribada ham namoyon bo‘ladi. Natijada virusning yangi ko‘rinishlari shakllanadi.

Gripp viruslari tashqi muhitga chidamsizroq. Ular odatda past, manfiy haroratga yaxshi bardosh beradi.Qizdirganda va qaynatganda tez o‘ladi. Ultrabinafsha nurlar va odatdagi dezinfeksiyalovchi moddalar (formalin, spirt, ishqorlar, kislotalar va hokazolar) ta’siriga o‘ta sezgir.

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemordir. Isitmasiz va kuchli intoksikatsiya belgilarisiz kechadigan atipik grippga chalingan bemorlar ham kasallik manbai hisoblanadi. Bemorlar kasallikning boshlanish davrida ancha yuqumlidirlar. Virus gaplashganda, yo‘talganda va aksa urganda kasallikning 4—7-kunlarigacha ajralib chiqadi. Sog‘lom odamlarga gripp infeksiya manbai bo‘lgan bino- larda, transportda, ishlab chiqarishda havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Gripp epidemiya shaklida o‘tadi, to‘satdan rivojlanadi va tez tarqaladi. Shuni ham esda tutish kerakki, sovqotish, nafas yo‘l- larining shamollash kasalliklari virusning organizmga kirishini osonlashtiradi va ular gripp yuqtirishda asosiy omillar hisoblanadi.

Gripp epidemiyasi ko‘pincha yilning sovuq vaqtlarida kuzatiladi va tez tarqaladi. Epidemiyalar orasidagi davrda gripp sporadik holatlar shaklida uchraydi.

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiyaning kirish darvozasi respirator yo‘llarining yuqori bo‘limi hisoblanadi. Gripp virusi nafas yo‘llari epiteliylari (halqum, burun-tomoq va traxeya shilliq pardalari) ni tanlab zararlaydi. Virus epiteliy hujayralarida ko‘payib, ularda degenerativ o‘zgarishlar (kiprikchalarning yo‘qolishi, shish) ga sabab bo‘ladi. Epiteliy ostidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni (shish, ko‘p miqdorda ekssudat hosil bo‘li- shi) kuzatiladi. Gripp virusining toksik mahsulotlari markaziy nerv hamda yurak-qon tomirlar sistemasining turli bo‘limlariga ta’sir qiladi. Gripp infeksiyasi organizm immunitetini pasaytiradi, natijada ikkilamchi bakterial asoratlar rivojlanishi va qo‘shimcha surunkali kasalliklar yana zo‘rayishiga sabab bo‘ladi. Dastlabki soatlardayoq zararlangan (infeksiya kirgan) hujayralarda interferon hosil bo‘la boshlaydi va gripp virusining tarqalishini cheklaydi. Hafta oxirida antitelolar paydo bo‘lib, uning titri orta boradi.

Grippning toksik shaklidan o‘lgan kishilarda ko‘pincha fibrinoz- gemorragik xarakterga ega bo‘lgan o‘tkir kataral laringotraxeitning patalogoanatomik manzarasi aniqlanadi. Bosh miya va uning qobiq- larida shish, barcha a’zolarning qonga to‘lishi, seroz va shilliq qavatlarda mayda qon quyilishlar kuzatiladi. Venoz sistemada trombotik jarayonlar, nerv hujayralarida va parenximatoz a’zolarda distrofik o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Buyrak usti bezlariga qon qu- yiladi.

Klinikasi. Grippda yashirin davr odatda 1—2 kunni tashkil qiladi, lekin bir necha soatlar (12) gacha qisqarishi va 3 kungacha cho‘zi- lishi mumkin. Gripp tipik va atipik kechadi. Og‘irligi bo‘yicha — yengil, o‘rtacha og‘irlikda va og‘ir shakllari farqlanadi. Ayrim mualliflar kasallikning o‘ta og‘ir — yashin tezligida (gipertoksik) shaklini ajratadilar.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish