E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet309/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Nazorat savollari

  1. Ankilostomalar ichakning qaysi bo‘limida parazitlik qiladi?

  2. Ankilostomidozda anemiya holatining rivojlanishiga asosiy sabab nima?

  3. Ankilostomidozni davolashda qanday preparatlar qo‘llanadi?

  4. Ankilostomidoz profilaktikasini gapirib bering.

Strongiloidoz (strongyloidosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — strongiloid yoki ichak ugritsasi (Strongyloides stercoralis) — mayda tiniq ipsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi

  1. 3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida ichak kriptalari (liberkun bezlari) bo‘shlig‘i hamda o‘t va pankreatik yo‘llarga kirib yashaydi. Har bir urg‘ochi parazit bir sutkada 50 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumlardan ichakda rabditsimon (invaziv bo‘lmagan) lichinkalar chiqadi, ularning kattaligi 0,1—0,3 mm ni tashkil qilib, oldingi uchi — to‘mtoq, orqa uchi esa o‘tkir bo‘ladi.

Strongiloidoz — geogelmintoz bo‘lib, invaziya manbai odam hisoblanadi. Rabditsimon lichinkalar odam najasi bilan tuproqqa tushib, 1—4 kundan so‘ng filariysimon (invazion) lichinkalarga aylanadi. Ko‘pincha rabditsimon lichinkalar erkin harakatlanuvchi urg‘ochi va erkak parazitlarga aylanadi, ular esa tuproqda uzoq vaqt yashashi va rabditsimon lichinkalarning yangi avlodlarini paydo qilishi mumkin, ular ham filariysimon shakllarga aylanadi. Odam ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalarni iste’mol qilish orqali filyariysimon lichinkalarni yutib yuborganda hamda ularning teri orqali faol kirishi natijasida kasallik yuqtiradi. Filariysimon lichinkalar odam organizmiga tushgandan so‘ng qon oqimi bilan migratsiya qiladi va o‘pkaga kiradi. Bu yerda kapillarlarni yorib, ular alveolalar bo‘shlig‘iga, so‘ngra — bronxlar va shilimshiq bilan og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak bilan yutilgandan keyin ichakka yetib borib, jinsiy yetilish davrigacha rivojlanadi. Odam organizmidagi

  1. Yuqumli kasalliklar strongiloid 17—27 sutka davomida rivojlanadi. Invaziyaga barcha yoshdagi kishilar beriluvchandir.

Invaziya patogenezida, ayniqsa dastlabki migratsion bosqichda parazit almashinuvi mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Katta urg‘ochi gelmint yopishib, parazitlik qilishi natijasida ingichka ichak mexanik jarohatlanadi. Oshqozon- ichak yo‘llarida qon quyilishlar, eroziyalar va hatto yaralar aniq­lanadi. O‘pkada parazitar o‘choqlar, jigar va oshqozon osti bezida distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi.

Kasallikning dastlabki bosqichida holsizlik, bosh og‘rig‘i, terming qichishishi, tana haroratining biroz ko‘tarilishi va toshmalar toshishi mumkin. Bronxit va pnevmoniya simptomlari kuzatiladi. Kasallikning ichak bosqichida ishtaha pasayib, og‘izda achchiq ta’m seziladi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, qorin, o‘ng qovurg‘a soha­sida og‘riq va qabziyat (ayrim bemorlarda esa aksincha — ich ketishi) qayd etiladi. Ko‘pincha oshqozon osti bezi zararlanishi (pankreatit) belgilari kuzatiladi.

Strongiloidoz uchun qonda eozinofiliya xos. ECHT 40—60 mm/ soatgacha oshishi mumkin.

Kasallikka erta tashxis qo‘yishda qondagi ko‘rsatkichlarda bo‘lgan eozinofiliyaga e’tibor beriladi. Migratsiya qilayotgan lichinkalarni topish uchun mikroskopda balg‘am tekshiriladi. Ichak bosqichida tashxis duodenal suyuqlik va najasni tekshirish orqali lichinkalarni topishga asoslangan. Najas asosan yangiligida, iloji boricha ich suruvchi dorilar qabul qilgandan so‘ng tekshiriladi. Strongiloidozga gumon qilinganda birinchi laboratoriya natijasi ijobiy bo‘lmasa, 5— 7 kunlik interval bilan 3—5 marta takroran tekshiriladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish