Nazorat savollari
Ostritsalarga ta’rif bering.
Enterobioz qanday yuqadi?
Enterobiozda qanday klinik belgilar kuzatiladi?
Enteribiozga tashxis qo‘yishda tekshirish materiali nima va u qanday olinadi?
Enteribiozda degelmintizatsiya qanday o‘tkaziladi?
Askaridoz (ascaridosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — askarida (Ascaris lumbricoides) — ayrim jinsli yirik nematoda. Urg‘ochisining uzunligi 20—40 sm, erkaginiki
15—25 sm. Tanasi uchida o‘tkirlashgan, qattiq kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida uchta yirik labi mavjud. Erkagining dum qismi odatda ilmoq shaklida bukilgan. Askaridalar tuxumi 0,05—0,07 mm, qattiq notekis (g‘adir-budur) qobiq bilan qoplangan. Tuxumi urug‘langan va urug‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Urug‘langan tuxumda tashqi qobiq sarg‘ish-och qizil rangda. Tuxum ichida yumaloq embrion hujayra joylashgan bo‘lib, u to‘q rangda bo‘ladi. Urug‘lanmagan tuxumlar yirikroq, butun bo‘shlig‘i sariqlik hujay- ralari bilan to‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |