E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet249/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Balantidiylar (grekcha balantidium — xalta) — odamda parazitlik qiluvchi sodda organizmlar ichida eng yirik vakildir. Vegetativ shakli tuxumsimon cho‘zinchoq bo‘lib 30—150 mkm kattalikka ega.

Balantidiylar ko‘p sonli kiprikchalari hisobiga faol harakat qiladi. Har xil oziq zarralari bilan oziqlanadi. Bularga bakteriyalar, zam- burug‘lar va qon shaklli elementlari ham kiradi. Sitoplazmasi hazm va ikkita ajratish vakuolalariga ega. Najasda 3 soatgacha saqlanadi. Sistalari shar shaklida bo‘lib, qalin qobiq bilan o‘ralgan. Kattaligi 50—60 mkm.

Balantidiylar cho‘chqalar ichagida yashaydi. Cho‘chqalar najasi bilan parazit sistalari tashqi muhitga ajralib chiqadi, u yerda bir necha hafta saqlanadi. Zararlangan suv yoki oziq moddalar bilan sistalar og‘izga tushadi va odamning yo‘g‘on ichagida vegetativ bosqichga o‘tib ko‘paya boshlaydi. Bemor yoki sista tashuvchi faqat kam hollardagina balantidiylarning tarqalish manbai bo‘lishi mum- kin, chunki odamda ba’zan va juda oz miqdorda paydo bo‘ladi, vegetativ bosqichlari bilan esa zararlanish deyarli mumkin emas.

Bemorda ich ketishi, qorin og‘rishi, intoksikatsiya, qusish va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Najas esa shilimshiq va qon aralash bo‘ladi. Kasallik subklinik, o‘tkir yoki surunkali shakllarda o‘tadi, ba’zan o‘lim bilan tugashi mumkin.

Balantidiylarni aniqlash uchun yangi ajralgan najas tomchisi natriy xloridning izotonik eritmasi bilan buyum oynachasida aralashtiriladi va mikroskopda tekshiriladi. Balantidiylar faol harakati tufayli yaxshi ko‘rinadi. Ular tashqariga vaqti-vaqti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun ijobiy natija olinmagan holda ham bir necha bor qayta tekshirish o‘tkazish zarur. Sista tashuvchilarda faqat ozroq miqdorda sistalar topilishi mumkin.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kasallik profilaktikasining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Bu ayniqsa cho‘chqalarni par- varishlashda o‘ta muhimdir. Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishdan saqlash zarur. Balantidiaz ko‘pincha janubiy tuman- larda uchrasa-da, sporadik ravishda hamma joyda, ayniqsa cho‘ch- qachilik xo‘jaliklarida ko‘proq uchraydi.

Nazorat savollari



  1. Balantidiaz nima?

  2. Balantidiylar odatda qayerlarda hayot kechiradi?

  3. Bemorlarda balantidiylarni qanday usulda aniqlanadi?

  4. Balantidiaz profilaktikasi haqida gapirib bering.

Xivchinlilar qo‘zg‘atadigan kasalliklar

Xivchinlilarning xarakterli belgilaridan biri ularda bir yoki bir nechta xivchinlar mavjudligidir. Xivchinlilar tanasida xivchin asosida maxsus organoid — kinetoplast mavjud bo‘lib, u xivchin harakati uchun energiya ishlab chiqaradi. Ayrim turlarida xivchinlarining bittasi tana bo‘ylab va u bilan mayda parda orqali qo‘shiladi. Buning natijasida to‘lqinsimon (undulatsiyalanuvchi) membrana hosil qiladi va bu sodda organizmning oldinga harakatlanishini ta’minlaydi.

Bu sinfning ko‘p sonli turlaridan odam uchun patogen ahami­yatga ega bo‘lganlari — leyshmaniyalar va tripanosomalardir. Ular odamga qon so‘ruvchi hasharotlar orqali yuqadi. Xivchinlilarning boshqa vakillari — lyambliyalar ichakda hayot kechiradi, tri- xomonadalarning har xil turlari — ichakda, og‘iz bo‘shlig‘i va siydik-tanosil yo‘llarida yashaydi. Bu sodda organizmlar juda keng tarqalgan.

Leyshmaniozlar (leishmanioses)




Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish